5-mavzu: korxonaning aylanma mablag’lari reja


Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish



Download 56,86 Kb.
bet5/7
Sana08.04.2022
Hajmi56,86 Kb.
#536626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-mavzu

5.4. Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish
Korxona aylanma mablag’lariga omborda va ishlab chiqarishda ishlab chiqarish zaxiralarini yaratish, resurs yetkazib beruvchilar bilan hisob – kitob qilish, ish haqi to’lash, byudjet bilan aloqa qilish va boshqalar uchun kerakli pul mablag’lari kiradi. Aylanma mablag’lar tarkibi va strukturasi bir – biridan farq qiladi.
Aylanma mablag’larning aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlariga bo’linishi ulardan mahsulot ishlab chiqarish va sotish doirasida foydalanish xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Ishlab chiqarishda band bo’lgan aylanma mablag’lar miqdori asosan mahsulot tayyorlashdagi ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi, texnika darajasi, mehnatni tashkil etish va texnologiyaning holati bilan belgilanadi. Muomala fondlari summasi esa birinchi navbatda mahsulotni sotish st – soitlari va taominot hamda sotishni tashkil etish tizimlari darajasiga bog’liq.
Mahsulot aylanishi bilan bog’liq jarayonlarga xizmat ko’rsatuvchi aylanma mablag’lar muomala fondlarini tashkil etadi. Muomala fondlari tarkibiga korxona omboridagi sotishga tayyor mahsulot, isteomolchilarga jo’natilgan lekin to’lanmagan mahsulot, korxonaning pul mablag’lari, hisob – kitoblardagi mablag’lar kiradi.
Sanoat tarmoqlari aylanma mablag’lari tuzilmalari orasidagi farq ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlari, taominot va sotish soitlari, resurs yetkazib beruvchilar va isteomolchilar joylashgan o’rni, ishlab chiqarish harajatlari tarkibidan kelib chiqadi. Sanoat korxonalari aylanma mablag’alarining eng katta ulushini tovar moddiy ne’matlar egallaydi – 75-87%. Turli tarmoqlarda tovar moddiy neomatlar strukturasi ham turlichadir. Jumladan, yengil sanoat korxonalarida eng salmoqli ulushni ishlab chiqarish zaxiralari hosil qilib 70% ni egallaydi. Kimyo sanoatida kelasi davr harajatalari ulushi katta bo’lib, 9% ni tashkil etadi.
Mashinasozlik korxonalarida esa sanoatga nisbatan ishlab chiqarish zaxiralari kichikroq, tugallanmagan ishlab chiqarish va o’z yarim tayyor mahsulotlari kattaroq ulushga egadir, chunki sanoatga qaraganda mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarish tsikli birmuncha uzundir.
SHu sababdan, og’ir, energetika va transport mashinasozligida tugallanmagan ishlab chiqarish ulushi avtomobil va traktor sanoatiga qaraganda ancha yuqori bo’ladi.
Turli tarmoqlarda xom-ashyo va materiallar shaklidagi ishlab chiqarish zaxiralari tarkibidagi aylanma mablag’lar summasi ham turlicha bo’lib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning texnik – iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqadi.
SHakllanish manbalariga ko’ra aylanma mablag’lar o’z va qarzga olingan turlarga bo’linadi.
O’z aylanma mablag’lari – korxona ixtiyorida doim mavjud bo’lgan va o’z resurslari evaziga (foyda va b.) shakllanadigan mablag’lardir. Harakat jarayonida o’z aylanma mablag’lari ish haqi to’lashga avanslangan lekin vaqtincha bo’sh (ish haqi bir vaqtli to’lov bo’lgani sababli) mablag’lar bilan almashtirilishi mumkin. Ushbu mablag’lar o’zinikiga tenglashtirilgan aylanma mablag’lar deb ataladi.
Qarzga olinadigan aylanma mablag’larga bank kreditlari, kreditorlik qarzlari va boshqa passivlar kiradi.
Korxonaning samarali faoliyati – minimal harajat qilgan holda maksimal natijalarga erishishdir.
Harajatlarni minimallashtirish – korxona aylanma mablag’larining shakllanish manbalarini optimallashtirishni o’z ichiga oladi.
Aylanma mablag’lar doimo harakatda bo’lib, aylanib turadi. Muomala sohasidan ular ishlab chiqarish sohasiga, so’ng yana muomala sohasiga va h.k. o’tib turadi. Pul mablag’lari aylanishi korxona tomonidan resurslar va boshqa elementlar uchun to’lovlarni amalga oshirishdan boshlanib, mahsulotni sotishdan olingan tushum tarzida qaytib kelish bilan tugallanadi. So’ngra pul mablag’lari yana korxona tomonidan resurslar sotib olish va ularni ishlab chiqarishga kiritish uchun ishlatiladi. Aylanma mablag’larning to’liq aylanishi uchun sarflangan vaqt aylanma mablag’larning aylanish vaqti deb ataladi va u aloxida tur mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish vaqti bilan mos kelmaydi. Ushbu ko’rsatkich tarmoq yoki korxonadagi mablag’larning o’rtacha akat tezligini akterlaynadi.
Aylanma mablag’larni boshqarish, ishlab chiqarishning uzluksizligini va mahsulotni sotish jarayonlariga kichik hajmdagi aylanma mablag’lar jalb etilishini taominlashdan iborat.
Bu korxona aylanma mablag’lari aylanishning barcha bosqichlari bo’yicha tegishli shaklda, minimal, lekin yetarli miqdorlarda taqsimlanishi kerak demakdir.
Korxonaning normal faoliyati uchun aylanma mablag’larning iqtisodiy jihatdan asoslangan kattaliklarini ishlab chiqish jarayoni aylanma mablag’larni meoyorlashtirish deyiladi.
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish ichki rezervlarni ochib berish, ishlab chiqarish tsikli uzunligini qisqartirish, tayyor mahsulotni tezroq sotilishiga imkon yaratadi.
Odatda ishlab chiqarish zaxiralaridagi, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi, korxona omborlaridagi tayyor mahsulot qoldiqlari tarkibidagi aylanma mablag’lar meoyorlashtiriladi. Aylanma mablag’larning qolgan elementlari esa me’yorlashtilrimaydi. Me’yorlashtirish jarayonida norma va normativlar ishlatiladi.
Aylanma mablag’lar normasi korxonadagi tovar moddiy ne’matlarning eng minimal zaxiralari bilan harakterlanadi.
Aylanma mablag’lar normativlari esa aylanma mablag’lar normasini ishlab chiqarish ko’rsatkichiga ko’paytmasi bo’lib, so’mda hisoblanadi. Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish quyidagicha ifodalanadi:



Download 56,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish