5-мавзу: Коммунал инфратузилма ва уй-жой коммунал хўжалиги корхоналарининг тузилиши ва таркиби Режа


Kommunal xo`jaligi korxonalarini ishlab chiqarish quvvatlari bilan ta`minlash



Download 0,69 Mb.
bet12/13
Sana24.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#184348
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-mavzu 2

5.4. Kommunal xo`jaligi korxonalarini ishlab chiqarish quvvatlari bilan ta`minlash.

Кommunal xizmatlar aholi uchun hayotiy muhim masalalardan biri ekanidan dalolat beradi. Mustaqillik yillarida kommunal xo‘jaligini isloh etish, sohada huquqiy munosabatlarni tartibga solish, uy-joy fondidan foydalanish va xizmat ko‘rsatish tizimiga bozor mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha yuzdan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilindi. Amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar, avvalo, aholi turmush farovonligini yuksaltirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 15-iyulda qabul qilingan “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishning mantiqiy davomi bo‘lib, kommunal xizmatlar ko‘rsatish mexanizmi va uning iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlar tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Mazkur qarorda ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, shuningdek, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishning yangi qoidalari tasdiqlangan. “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining o‘rinbosari Olimjon Ahmedov O‘zA muxbiriga ushbu hujjat mazmun-mohiyati xususida so‘zlab berdi.

– Mazkur qoidalar kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi, ularning huquq va majburiyatlari, javobgarligi, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar miqdorini aniqlash tartibi va boshqa jihatlarni belgilab beradi, – deydi O.Ahmedov. – So‘nggi yillarda yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi va ularning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash yangi qoidalarning ishlab chiqilishini taqozo etdi. Xizmat ko‘rsatuvchilar endi yangi tartib-qoidalarga muvofiq faoliyat yuritmoqda. Soha xodimlarining bilimini oshirish maqsadida mamlakatimizning barcha joylarida maxsus kurslar tashkil etilmoqda. Jumladan, yaqinda Toshkent viloyatida 328 kishi shunday kurslarda o‘qitildi. Ayni paytda boshqa hududlarda ham o‘qitish jarayoni davom etmoqda.

Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida birday amal qiladi va issiqlik ta’minotining barcha tashkilotlari, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruvchi tashkilotlar va issiqlik energiyasi iste’molchilari uchun majburiydir. Ular iste’molchilar tomonidan kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun issiqlik energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etiladi.

Mazkur qoidalarda ta’minotchi iste’molchiga standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablari, tuzilgan issiqlik ta’minoti shartnomasining sanitariya normalari, qoidalari hamda shartlariga muvofiq bo‘lgan issiqlik ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatishi shartligi belgilangan. Jumladan, isitish mavsumi davrida xonalardagi harorat kamida 20 darajani (1995-yilgacha qurilgan va ichki isitish tizimlari rekonstruksiya qilinmagan bo‘lsa – kamida 18 daraja) tashkil etishi lozim. Foydalanilayotgan issiq suv harorati esa 50-75 daraja bo‘lishi kerak.

Tasdiqlangan talablarga ko‘ra, iste’molchi issiqlik energiyasi rejali asosda uzib qo‘yilishi va issiqlik ta’minotidagi tanaffus to‘g‘risida yozma shaklda ogohlantirilishi shart. Masalan, ko‘p kvartirali uyning barcha kirish yo‘laklari yoki ushbu uy atrofida, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali tanaffus vaqti ko‘rsatilgan e’lonlarni joylashtirish mumkin. Mabodo biror shoshilinch sababga ko‘ra issiqlik ta’minoti to‘xtatilsa yoxud cheklansa, iste’molchilar bu haqda zudlik bilan xabardor qilinishi zarur. Rejali-oldini oluvchi ta’mirlash ishlarini bajarishda issiqlik ta’minotini bir yilda 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga uzib qo‘yishga ruxsat berilgan va aholi bu haqda 7 kun avval ogohlantiriladi.

Mazkur hujjatga muvofiq uy ichidagi isitish va issiq suv ta’minoti tizimiga ulangan ko‘p kvartirali uyning alohida turar va noturar joylari isitish asboblarini demontaj qilish taqiqlangan. Bu isitish tizimini issiqlik va gidravlik qayta tartibga solishning oldini olish imkonini beradi. Bundan tashqari, isitish moslamalariga o‘zboshimchalik bilan qo‘shimcha seksiyalar ulash yoki ular sonini kamaytirish, shuningdek, isitish hamda sanitariya texnik uskunalarini qayta jihozlash, joyini o‘zgartirish talablariga rioya etmasdan isitish radiatorlari ustini qoplash taqiqlanadi.

Iste’molchilarning hisoblagich priborlarini sotib olish, o‘rnatish, davlat qiyoslovidan o‘tkazish, foydalanish (ta’mirlash, almashtirish) issiqlik energiyasi yetkazib beruvchi korxona yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan boshqa tashkilotlar tomonidan iste’molchi mablag‘lari hisobidan tarif asosida bajarilishi belgilangan. Hisoblagich pribori iste’molchi individual hisoblagich priborini sotib olish va o‘rnatish shartnomasida ko‘rsatilgan mablag‘ning 100 foizini oldindan to‘laganidan so‘ng bir oy ichida o‘rnatiladi. Bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan nafaqa oluvchi kam ta’minlangan oilalar hisoblagich pribori qiymatini keyingi 12 oy mobaynida to‘lashi mumkin. Uy bo‘yicha umumiy hisoblagich priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish oralig‘i 1-2-yil, individual hisoblagich pribori uchun 2-yilda 1-marta, jismoniy shaxslar uchun 4-yilda 1-marta etib belgilangan. Hisoblagich priborini o‘rnatish va yechish to‘g‘risidagi dalolatnomani tuzish, shuningdek, uni plombalash bepul amalga oshiriladi.

Issiqlik energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob tartibiga ko‘ra, jismoniy shaxslar issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovni har oyning 10 sanasiga qadar amalga oshirishi shart. Uch oydan ortiq muddatda to‘lov amalga oshirilmasa, xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi. Issiqlik ta’minoti xizmatlari tarifiga o‘zgartirishlar kiritilganda aholi bu haqida o‘n besh kun avval ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilinishi lozim. Jismoniy shaxs ushbu davrda tegishli tariflar oshgan taqdirda issiqlik ta’minoti xizmatlariga avans bilan to‘langan to‘lovlarga (to‘lov kunidan boshlab o‘n ikki oydan oshmaydigan muddatga) qo‘shimcha to‘lov to‘lashdan ozod etiladi. Yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligiga oid ma’lumotnomalar bepul taqdim etilishi kerak.

– Suv quvurlari va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlarining iste’molchilar bilan munosabatlari iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalari bilan tartibga solinadi. Ushbu qoidalarning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?

– Yangi qoidaga muvofiq, kommunal suv ta’minoti tizimidagi ichimlik suvi iste’molchilarning iste’mol va kommunal-maishiy ehtiyojlari, yong‘inlarni o‘chirish, shuningdek, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari uchun mo‘ljallangan. Markazlashtirilgan kommunal kanalizatsiya tizimlari iste’molchilardan maishiy oqova suvlarni qabul qilib olish, chiqarib yuborish va tozalash uchun xizmat qiladi.

Qoidaga ko‘ra, suv quvurlari va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlarining iste’molchilari uch guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga xususiy uy-joylar va ko‘p qavatli uylarda yashaydigan jismoniy shaxslar, ikkinchi guruhga issiqlik ta’minoti tashkilotlari, suv quvurlari va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa tashkilotlarning idoraviy uy-joy fondi va yotoqxonalari, byudjet tashkilotlari, diniy tashkilotlar, elchixonalar va diplomatik vakolatxonalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, uchinchi guruhga birinchi va ikkinchi guruhga kiritilmagan boshqa yuridik shaxslar kiradi.

Iste’molchilar ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari hamda inshootlarining kafolat pasportida ko‘rsatilgan muddat davomida (ob’ekt topshirilgan kundan boshlab kamida bir yilda) ishlash layoqati uchun javobgar bo‘ladi. Ularning kommunal suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga (jumladan, suv olish kolonkalari va o‘t o‘chirish gidrantlari, uyning kirish-chiqish joylariga) o‘zboshimchalik bilan ulanib olishi, ushbu tizimlardan o‘zboshimchalik bilan foydalanishi taqiqlanadi. Yuzaga keladigan texnik nosozliklar iste’molchilarning o‘z kuchi va mablag‘i hisobidan bartaraf etiladi.

Qoidaga muvofiq, markaziy kommunal suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimiga ulanish suv sarfini hisobga olish pribori o‘rnatilgan holda amalga oshiriladi. Ikkinchi va uchinchi guruhdagi iste’molchilar uchun jismoniy shaxslardan tashqari, maxsus loyihalashtirilgan va jihozlangan suv o‘lchash uzeli xonalarida suv sarfini hisobga olish priborlari o‘rnatiladi. Mazkur binolarga nisbatan talablar ham hujjatda o‘z aksini topgan.

Hisoblagich priborini tekshirish oralig‘i jismoniy shaxslar uchun 4-yil, yuridik shaxslar uchun 2-yil etib belgilangan. Bunda bosimning o‘zgaruvchan farqi sarflarini aniqlovchi elektron hisoblagichlar (difmanometrlar), ultratovushli, elektr magnitli, uyurmali va boshqa turdagi hisoblagichlar uchun tekshirishlar oralig‘i 1-yilni tashkil etadi. Hisoblagich priborlari tegishli shartnoma tuzilgandan keyin va shartnomada ko‘rsatilgan to‘lov summasi to‘liq to‘langach, iste’molchilar arizasiga ko‘ra 30 kun ichida o‘rnatiladi. Ushbu holatda kam ta’minlangan oilalarga imtyozlar ko‘zda tutilgan, ya’ni ular hisoblagich priborini o‘rnatish to‘lovini bir yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshirishi mumkin. Hisoblagich priborlarini tekshirish (ta’mirlash), o‘rnatish, yechish yoxud almashtirish iste’molchilar hisobidan amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslar ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni har oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan to‘lashi lozim. Agarda ular kommunal xizmatlar uchun 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘lovlarni avvaldan to‘lagan bo‘lsa, shu vaqt mobaynida tariflarning o‘zgarishi tufayli to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlardan ozod etiladi. Yuridik shaxslar esa ushbu xizmatlar uchun to‘lovni oy tugagandan keyin 30 kun ichida to‘liq amalga oshirishi shart. To‘lovlar iste’molchilarning tanloviga ko‘ra, naqd va pul o‘tkazish shaklida, jumladan, plastik kartochkadan foydalangan holda, pochta bo‘limlari va elektron to‘lovlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Suv quvurlari va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlarining kassa orqali o‘tkazmasdan, aholidan mustaqil ravishda naqd pul yig‘ishi qat’iy taqiqlanadi.

Texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lmaganda suv ta’minoti mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilishi belgilangan. Aholini markazlashtirilgan kommunal suv tarmog‘idan ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan holatlarda joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari mahalliy suv ta’minoti (alohida quduqlar, kam ishlab chiqarish quvvatiga ega suv tozalash qurilmalari, transport yordamida keltiriladigan ichimlik suvi ta’minoti) manbalaridan foydalangan holda yetkazib berilayotgan suv sifatini me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan darajada ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rishi shart.

– Joriy etilgan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatini ko‘rsatish qoidalariga muvofiq, chiqindilar bir necha turlarga saralanmoqda. Bunday tartibni amaliyotga joriy etish zarurati nima bilan bog‘liq? Hujjatda yana qanday talablar belgilangan?

– Qattiq maishiy chiqindilarni alohida to‘plash mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida navbatdagi qadam bo‘ldi. Masalan, plastik butilkaning to‘liq parchalanishi uchun kamida 700-yil talab etiladi. Plastik idishlar, polietilen paketlar va boshqa chiqindilar suv havzalariga tushib, atrof-muhit zararlanishiga sabab bo‘ladi va inson salomatligi uchun xavf tug‘diradi. Yoki energiya beradigan asboblar (batareya va akkumulyator) ni umumiy chiqindilarga qo‘shib yuboramiz. Vaholanki, birgina shunday element 20 kvadrat metr yerni zaharlaydi. Uning tarkibidagi og‘ir metallar esa tuproq va yerosti suvlariga singadi.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, qattiq maishiy chiqindilarni alohida to‘plash tizimini joriy etgan xorijiy mamlakatlarda qog‘oz, shisha, plastik chiqindilarning turli konteynerlarga joylashtirilishi ushbu materiallardan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod va fabrikalarda qiziqish uyg‘otmoqda. Saralangan oziq-ovqat chiqindilari biogaz ishlab chiqarish imkonini bersa, rangli metallar ikkilamchi ishlab chiqarishga yo‘naltirilmoqda. Bu qattiq maishiy chiqindilarni saralash, ularni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish va korxonalar uchun xomashyo tayyorlash manbalarini kengaytirish imkonini berayotir.

Mamlakatimizda iste’molchilar endi qattiq maishiy chiqindilarni alohida paketlarga joylashtirishi kerak. Plastmassa, metall (turlari bo‘yicha), shisha buyumlari, qog‘oz chiqindilari, shuningdek, biochiqindilar va qayta ishlanmaydigan hamda utilizatsiya qilinmaydigan boshqa chiqindilar alohida saralanishi lozim. Chiqindi to‘plash shoxobchalari chiqindilarni alohida to‘plash uchun rangi, belgisi va yozuvi bilan ajralib turadigan maxsus konteynerlar bilan jihozlanmoqda. Bundan tashqari, tarkibida simob bo‘lgan lampalar ham boshqa chiqindilardan alohida saqlanishi shart. Ular maishiy chiqindilarni qabul qilish shoxobchalaridagi maxsus konteynerlarga joylashtiriladi.

Aholining qattiq maishiy chiqindilarni ko‘chalar, suv yo‘li, ariq va qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va ko‘mish uchun ajratilmagan joylarga tashlashi qat’iyan taqiqlanadi. Kuz faslida to‘kilgan barglarni yoqish ham qat’iyan man etiladi. Fuqarolar va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan chiqindilarni aholi yashash joylarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan yerlarda, suvni himoya qilish zonalari va suv obyektlarining sanitariya-qo‘riqlash zonalari chegaralarida, shuningdek, fuqarolar hayoti va salomatligi uchun xavf vujudga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda hamda maxsus qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar va obyektlarda saqlash va ko‘mish taqiqlanadi.

Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning davriyligi sanitariya me’yorlari va kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar rivojlanishining oldini olish qoidalari hamda joylardagi iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, mahalliy hokimliklar tomonidan belgilanadi. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi yig‘ish punktlaridan har kuni va xususiy sektordan uch kunda bir marta amalga oshiriladi. Chiqindi va qattiq maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilishi ustidan jamoatchilik nazorati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan.

Mamlakatimiz sanoat korxonalari mahsulotni qabul qilib olishning maxsus mexanizmini ishlab chiqqan holda o‘zlari ishlab chiqargan, ma’naviy eskirgan va yaroqsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobidan utilizatsiya qilish uchun iste’molchilardan qabul qilib olishiga nisbatan talabning joriy etilishi ham qoidalarning muhim bandi hisoblanadi.

Qoidaga muvofiq, sanitariya-tozalash tashkilotlari belgilangan muddatda chiqindilarni olib chiqib ketishi, iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishi, aholini zarur miqdordagi chiqindi to‘plash shoxobchalari va konteynerlar bilan ta’minlashi, shuningdek, ularning holatini nazorat qilib borishi kerak. Mazkur tashkilotlar zimmasiga chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun elektron to‘lov tizimini tatbiq etish va shaxsiy hisob-varaqalari holatini doimiy kuzatib borish, xizmat ko‘rsatish tartibi va tariflarining o‘zgargani to‘g‘risida ushbu tariflar qonuniy kuchga kirishidan 15 kun avval abonentlik punktlarida e’lon osish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum qilish vazifalari yuklatilgan.

Jismoniy shaxslar to‘lovlarni keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay to‘laydi. Tariflar oshirilgan taqdirda o‘n ikki oydan ko‘p bo‘lmagan davr uchun majburiy to‘lovni avans tariqasida to‘laganida, qayta hisob-kitobdan ozod etiladi. Yuridik shaxslar to‘lovni qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmat qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida oldindan to‘laydi, ko‘rsatilgan xizmatlarning to‘liq hisob-kitobini esa oy tugagandan keyin 30 kun ichida amalga oshirishi shart. Muxtasar aytganda, kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarining me’yor va talablariga to‘liq rioya etish nafaqat mahalliy hokimiyat organlari, mas’ul tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, balki iste’molchilarning tashabbuskorligi va faolligiga ham bog‘liqdir. Bu borada har bir fuqaro mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, inson manfaatlarini himoya qilish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilganini anglab yetishi muhimdir.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish