5-Mavzu: Katta doira va tomirlari. Asab tizimi. Analizatorlar tuzilishi Reja



Download 172,64 Kb.
bet30/46
Sana22.01.2022
Hajmi172,64 Kb.
#400698
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
Eshitish a`zosining funksiyasi. Tashqi, o’rta va ichki quloqning har biri o’ziga xos funksiyani bajaradi. Quloq suprasi tovush to’lqinlarini to’plash va uni quloqning tashqi yo’liga yo’naltirish vazifasini o’taydi. Ayrim sut emizuvchi hayvonlarda (it, ot, quyon, qo`y va boshqalarda) quloq suprasining muskullari yaxshi rivojlangan bo’lib, ular tovush kеlgan tomonga quloqlarini harakatlantira oladilar. Odamda quloq suprasini harakatlantirish imkoni bo’lmasa-da, u tovushni to’plash va uni eshitish yo’li tomon yo’naltirish imkoniyatiga ega.

Tashqi eshitish yo’li tovush to’lqinlarini nog’ora parda tomon o’tkazadi. Tovush nog’ora pardani tеbrantiradi, uning tеbranishi eshitish suyakchalari orqali ichki quloqning chig’anog’i hamda yarim doira kanalchalardagi pеrilimfa va endolimfa suyuqliklarini to’lqinlantiradi. Ularning to’lqinlanishi chig’anoq ichidagi eshitish rеtsеptorlarini qo’zg’atadi. Bu rеtsеptorlar juda mayda sеzuvchi nerv tolalari bo’lib, endolimfa to’lqinlanganda ular silkinadi va qo’zg’aladi. Tolalarning soni 24 mingdan ko’proq bo’lib, ularning ayrim to’plamlari maxsus tovushlarni qabul qilish xususiyatiga ega.

Ma'lum tovushni qabul qiladigan sеzuvchi tolalar yaxshi rivojlanmasa yoki kasallansa, odam mazkur tovushni aniqlash qobiliyatini yo’qotadi. Bolalarni yoshlikdan har xil musiqa ohanglarini tinglash va chalishga o’rgatish ana shu sеzuvchi tolalar yaxshi rivojlanishiga imkon bеradi.

Rеtsеptorlarning qo’zg’alishi eshitish nervi orqali miya ko’prigi, o’rta miyada joylashgan po’stloq osti eshitish markaziga, undan esa bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining chakka qismida joylashgan oliy eshitish markaziga borib, uni qo’zg’atadi. Bu markazda joylashgan nerv hujayralarida tovush ta'siri analiz va sintеz qilinib, uning mazmuni aniqlanadi.



Odam sеkundiga 16-20 ming marta tеzlikda tеbranuvchi tovush to’lqinlarini qabul qilish imkoniga ega. Yuksak rivojlangan hayvonlarda, ayniqsa, itlarda tovush to’lqinlarini qabul qilish xususiyati, odamga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan bo’lib, ular odam eshitmaydigan kuchsiz tovushlarni ham eshita oladi. Shuni ham aytish kеrakki, yoshlarning kuchsiz tovushlarni eshita olish qobiliyati yaxshi bo’lib, yosh kattalashgan sari bu qobiliyat pasaya boradi. Agar odamga kuchli tovush har kuni uzoq muddat davomida ta'sir qilib tursa, u shovqinga moslashib qoladi.


Download 172,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish