XX asrda xo‘jalik hayotining baynalminallashuv yuz berdi. Baynalminallashuv natijasida jahon xo‘jaligi strukturasi shakllandi, u quyidagi tarkibdan iborat:
1) tovar va xizmatlar jahon bozori
2) jahon kapitallar bozori
3) jahon ish kuchi bozori
4) xalqaro valyuta tizimi
5) xalqaro kredit-moliya tizimi
6) xalqaro ilmiy-axborot tizimi
-
- -
Jahon xo‘jaligi sub'ektlari:
davlatlar o‘z xalq xo‘jaligi komplekslari bilan;
transmilliy korporatsiyalar;
xalqaro tashqilotlar va institutlar.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi — bu jahon iqtisodiyotining tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayonidir. Ushbu jarayon jahon iqtisodiyoti shakllana boshlagan davrdan boshlangan.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi asosan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanadi:
tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intellektual mulk ob'ektlari xalqaro savdosi;
ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati;
xalqaro moliyaviy operatsiyalar.
Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida ifodalash mumkin:
1) xalqaro tovarlar va xizmatlar shplab chiqarish hajmi hamda uning o‘sish sur'atlari;
2) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy iivestitsiyalar hajmi va dinamikasi;
3) yirik, murakkab, kompleks xalqaro investitsiya loyihalarining shu turdagi loyihalarning umumiy miqyosiga nisbatan hajmi va dinamikasining o‘zgarishi;
4) patentlar, litsenziyalar, nou-xau bilan bog‘liq xalqaro operatsiyalar miqyosi;
5) bank va boshqa kredit muassasalari xalqaro operatsiyalarining hajmi hamda dinamikasi;
6) kapitalning xalqaro markazlashuv hajmi va dinamikasi;
6) xalqaro fond bozorlari hajmi va dinamikasi;
6) valyuta bozorlari hajmi va dinamikasi.
Hududiy integratsiyalashuv, bir tomondan, turli mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan birlashish jarayonini rag‘batlantirsa, ikkinchi tomondan, alohida iqtisodiy guruhlar o‘rtasida qarama-qarshilik va raqobatni kuchaytirish orqali jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini sekinlashtiradi.
Globallashuv - bu ob’ektiv, murakkab va ziddiyatli jarayon bo’lib, uning asosini jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv, transmil-liylashuv va baynanminallashuv jarayonlari tashqil etadi.
Globallashuv jarayoni ichida turli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, turli xo’jalik sohalari, sanoat va moliya guruhlari, tarmoqlar va mamlakatlarning manfaatlari to’qnash keladi. Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyoti uchun quyidagi salbiy oqibatlarni yuzaga keltirishi mumkin:
globalllashuv milliy va jahon iqtisodiy rivojlanishining beqarorligi va notekisligini kuchaytiradi. Ushbu holat milliy xo‘jalik majmualarining global bozor sharoitlarida samarali faoliyat yurita olmaydigan eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish bo‘g‘inlariga bo‘linishi bilan bog‘liq;
globalashuv ishlab chikarish va iste'molda salbiy tashqi omillarning ommaviy tarqalishiga olib keladi. TMKlarning global jahon bozorlariga chiqishi va globallashuv jarayonidan foyda olishga intilishi borasidagi kuchli raqobat ularning atrof-muhitni ifloslantiruvchi ishlab chiqarish yoki sog‘liq uchun zararli transgen mahsulotlarni yaratish kabi jamiyat uchun zararli faoliyat bilan shutullanishlariga olib keladi.
globallashuv davlatning makroiqtisodiy darajada tartibga solish rolini sezilarli darjada cheklaydi va davlatning ichki, tashqi iqtisodiy aloqalarga ta'sir ko‘rsatishning an'anaviy dastaklarini o‘zgartirib yuboradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |