Hanbaliy mazhabi. Hanbaliylik asoschisi Imom Ahmad ibn Hanbaldir. U hijriy 164 – 241, milodiy 780- 855 yillarda hayot kechirgan. Ahmad ibn Hanbalning to‘liq ismi - Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal ibn Hilol ibn Asad az-Zuhaliy al-Marvaziy al-Bag‘dodiydir. Kelib chiqishi arablardan bo‘lmish Ahmad ibn Hanbalning naslu nasabi Robia Adnoniya ismli mashhur ayol mansub bo‘lgan SHaybon qabilasiga borib taqaladi. SHaybonning nasabi Nazzor ibn Ma’d ibn Adnonda Muhammad (a.s.)ning nasablari bilan tutashadi. Otasi Ahmadning yoshligida vafot etib ketdi va uning tarbiyasi bilan oilasi shug‘ullandi.
Abu Zahra shunday deydi: “Ahmad ibn Hanbal (r.h.) Bag‘dodda o‘sib voyaga etdi va u erda o‘zining ilk ta’lim tarbiyasini oldi. Bag‘dod o‘sha paytda fiqh, hadis, lug‘at, falsafa va boshqa ilm sohalarning ulamolari va insonlar bilan to‘lqinlanib turardi”. Ahmad ibn Hanbal Bag‘dod shayxlaridan ta’lim oldi. Keyin ko‘plab mamlakatlarga safar qildi: Hijozga, YAmanga, SHom mamlakatiga. Ahmad ibn Hanbal (r.h.)ning ustozlarini sanab adog‘iga etish qiyin: Hammod ibn Xolid, Usmon ibn Umar, Muhammad ibn YAzid, YAzid ibn Horun, Abdurahmon ibn Mahdiy, Vake’ ibn Jaroh, Muhammad ibn Idris ash - SHofeiy, Ibrohim ibn Sa’d az – Zuhriy. Imom Abu Hanifaning eng yaqin shogirdlaridan bo‘lmish Imom Abu YUsufdan hanafiy fiqhini o‘rgandi. Imom SHofeiyni ustoz deb bilib, undan ham fiqh ilmini o‘rgandi. Shuningdek, Yamanga borib Abdurazzoq ibn Xumordan ta’lim oldi. Mana shunday ilm muhitida o‘sgan Ahmad ibn Hanbal Allohning fazli bilan fiqh va hadis imomlaridan biriga hamda butun islom olamida unga ergashiladigan mazhab sohibiga aylandi. U husni xulq sohibi bo‘lib, o‘ziga ham, insonlarga ham rostgo‘y edi. Rivoyat qilinishicha, abbosiylar sulolasi vakili Mutavakkil o‘z xodimidan Ahmad ibn Hanbalga salom aytib, 10 ming dirham berib yuboradi. U xodimga: “Sen bularni hammasini ehson qilib yubor”, - deb pullarni qabul qilmaydi. SHunda xodim: “Ey, Abu Abdulloh, agar sen bu pullarni qaytarsang, hukmdor bilan o‘rtalaringga nizo tushib qolishidan qo‘rqaman. Senga maslahatim, bu pullarni qabul qil”,-deya ularni Imom Ahmadning oldiga qo‘ydi va o‘zi ketdi. Tun oxirlab qolganda Imom Ahmad o‘z ahli ayollarini, amakilarining o‘g‘illarini chaqirtirib, ularga shunday dedi: “Men bu kecha uxlay olmadim”. Ular birgalikda Basra va Bag‘doddagi ilm ahllaridan muhtoj kishilarning ismlarini yozib chiqdilar. Tong otgandan so‘ng Ahmad ibn Hanbal (r.h.) har bir kishiga ellik dirhamdan to yuz-ikki yuz dirhamgacha berib, pullarni tarqatib yubordi. O‘zida biror dirham ham qolmadi.
Ahmad ibn Hanbal ko‘plab shogirdlarga ustozlik qildi. Zero, undan katta bir jamoa hadis rivoyat qilgan. SHogirdlari sanalmish Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Muslimning o‘g‘li Abdulloh ibn Muslim. Yana Abu Dovud, Abu Zar’a, Abdulloh ibn Ahmad, Abulqosim, Muso ibn Xorun va hakozo ko‘plab kishilar Ahmad ibn Hanbal (r.h.)dan eshitgan va o‘rganganlarini rivoyat qilgan.
Ibn Nadim al-Bag‘dodiya Ahmad ibn Hanbal tasnif qilgan quyidagi asarlarni sanab o‘tgan:
Ahmad ibn Hanbalning eng mashhur asari “Musnad” bo‘lib, u o‘z ichiga o‘ttiz mingdan ortiq hadisni jamlagan.
Hanbaliy mazhabi ta’limoti. Ahmad ibn Hanbal hadisshunoslik bo‘yicha katta shuhrat qozondi. Bir guruh mashhur muhaddislar, jumladan, imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj undan hadis rivoyat qilganlar. U o‘ziga xos fiqxiy qarashlarga ega edi va ular bilan boshqa mazhab tarafdorlaridan ajralib turardi. Gunohi kabiralarga qo‘l urgan kishi haqida mo‘‘tazilaga qarshi turib, bunday gunoh qilgan kishi mo‘‘min emas, degan fikrni rad qildi. Ahmad ibn Hanbal (r.h.) o‘z uslubiga tayangan holda hanbaliy mazhabiga asos soldi va uni rivojlantirishda Makkada Ibn Abbos orqali kurtaklari o‘sa boshlagan ilk huquqiy maktabdan foydalandi. U Qur’on, sunnat, sahobalar so‘zlari va ijmoga asosiy e’tiborni qaratib, qat’iy zarurat bo‘lmasa qiyosdan foydalanmagan. Barcha hadislarni hatto xabari vohid va sahobalar qavlini qiyosdan ustun qo‘yardi.
Hanbaliylarga binoan fiqh asoslari beshta:
1.Qur’on va sunna matnlari.
2.Sahobalarning fatvolari.
3.Qur’on va sunnaga muvofiq bo‘lsa, ayrim sahobaning qavllari.
4. Isnodi zaif yoki ohod hadislar.
5. Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos bo‘yicha hukm chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |