5-mavzu: islоmdagi mazhablar va yo’nalishlar. Reja: Islоmdagi оqim va yo’nalishlarning hоzirgi kundagi ko’rinishlari va ularning islоm birligiga tahdidi



Download 70,81 Kb.
bet8/16
Sana06.07.2022
Hajmi70,81 Kb.
#749339
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
10-seminar

Birinchidan: mazhablar ixtilofi haqida: Musulmon yurtlaridagi fikriy mazhablar orasidagi mavjud ixtiloflar ikki xildir:
(a) Aqidaviy mazhablar orasidagi ixtilof.
(b) Fiqhiy mazhablar orasidagi ixtilof.
Birinchi xildagisi, e’tiqodga oid ixtilofdir. Bu ish voqe’likda Islom yurtlariga balo-ofatlar olib kelgan, musulmonlarning safini buzgan va tafriqaga solgan katta musibatdir. Bu juda ham afsuslanarli va bo`lmasligi vojib ishdir. Islom ummati Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlaridagi va roshid xalifalar davridagi salomat va pok islom fikrini tamsil qiluvchi «Ahli sunnat val jamoat» mazhabida jam bo`lmog`i lozimdir. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning O`zlari: «Sizlarga Mening sunnatimni va roshid xalifalarning sunnatini tutmoqlik lozimdir. Bas uni mahkam tutinglar», deb e’lon qilganlar.
Ikkinchisi, fiqhiy mazhablarning ba’zi masalalarga oid ixtilofidir. Buni taqozo qilgan ilmiy sabablari bor. Bu ishda Alloh Taoloning katta hikmati, jumladan, bandalariga rahmat va shar’iy dalillardan hukm chiqarishga keng yo`l ochish bordir. So`ngra bu narsa bir ne’mat va fiqhiy-qonuniy boylik bo`lib, Islom ummatiga diniy va shar’iy ishlarda kenglik yaratib beradi. Shunda birgina, boshqasiga o`tib bo`lmaydigan shar’iy tatbiq ila chegaralanib qolinmaydi. Balki, ummatga ba’zi vaqtlarda va ishlarda faqih imomlardan birlarining mazhabi torlik qilib qolsa, boshqa mazhabda kenglik, yumshoqlik va osonlik topiladi. Mazkur narsa ibodatga, muomalotga yoki oila, mahkama va jinoiy ishlarga hamda hayotning boshqa sohalariga oid bo`lishi mumkin.
Mazhablarning ushbu ikkinchi xildagi ixtilofi-fiqhiy ixtilofdir. Bu dinimizning kamchiligi ham, dinimizdagi qarama-qarshilik ham emas. Bundoq ixtilofning bo`lmasligi mumkin ham emas. O`zining komil fiqhi, ijtihodi va qonuniy nizomiga ega bo`lgan har bir ummatning fiqhiy ijtihodiy ixtilofi bo`lmay iloji yo`q.
Voqe’likdan kelib chiqib aytiladigan bo`lsa, ushbu xildagi ixtilof bo`lmasligi mumkin emas. Chunki asliy dalillar ko`pincha bir necha ma’noni o`z ichiga olgan bo`ladi. Shuningdek, dalil hamma muhtamal hodisalarni qamrab ololmaydi. Chunki ba’zi ulamolarimiz rahmatullohi alayhimlar aytganlaridek, dalillar chegaralangandir, hodisalar esa chegaralanmagandir. Bas, shundoq ekan, qiyosga murojaat qilish va hukmlarning illatiga, shariat sohibining g`araziga, shariatning umumiy maqsadlariga nazar solish hamda hodisalaru yangi paydo bo`lgan masalalarda uning hukmini joriy qilish lozim bo`ladi. Bundoq holatda ulamolarning fahmlari va bir necha ehtimoldan birini ustun qo`yishlari hamda shunga binoan bir masala bo`yicha chiqaradigan hukmlar har xil bo`lishi tabiiydir. Ulardan har birlari haqni qasd qiladi va uni izlaydi. Bas, ulardan kim to`g`ri topsa ikki ajr, kim xato qilsa, bir ajr oladi. Xuddi shu joydan kengchilik chiqib, torchilik yo`qoladi.
Ushbu mazhabiy ixtilofning nimasi kamchilik bo`lishi mumkin?! Avval ochiqlab o`tganimizdek bunda faqat yaxshilik va rahmatdan boshqa narsa yo`q. Voqe’likda bu narsa Allohning mo`min bandalariga ne’mat va rahmatidir. Shu bilan bir vaqtda bu narsa qonunshunoslik bo`yicha ulkan boylik va Islom ummati faxrlansa arziydigan ustunlikdir. Lekin ba’zi musulmon yoshlarning, xususan, ulardan chet ellarda dars olayotganlarining islomiy madaniyati zaifligidan foydalangan ajnabiy zalolatga boshlovchilar, ularga fiqhiy mazhablar ixtilofini zulm va bo`hton ila e’tiqodiy ixtiloflarga teng qilib ko`rsatmoqdalar. Ular mazkur ikki xil ixtilofni farqlamay, shariatda qarama-qar-shilik bor demoqdalar. Aslida esa undoq emas.
Ikkinchidan: mazhablarni tark qilishga da’vat qilayotgan, odamlarni yangi ijtihodiy yo`lga majburlamoqchi bo`layotgan va mavjud fiqhiy mazhablarga va ularning imomlariga ta’na toshini otayotgan toifalarga kelsak, bizning fiqhiy mazhablar va ularning imomlari fazilatlari haqidagi hozirgi bayonotimizda ular uchun o`zlarining tutgan bu jirkanch uslublaridan tiyilishni, odamlarni adashtirib, oralarini buzishni va ularni tafriqaga solishni vojib qiluvchi narsa bor. Hozirgi paytda biz behuda, odamlarni tafriqaga soluvchi da’vatga emas, Islom dushmanlarining xatarli urinishlari qarshisida birlashishga muhtojmiz.
Alloh sayyidimiz Muhammadga va U zotning Oli-lariyu ashoblariga ko`plab salovotu salomlar yo`llasin. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar bo`lsin.
(Hujjat «Islom Fiqhi Akademiyasi majallasi»ning sakkizinchi sana, o`ninchi sonidan so`zma-so`z tarjima qilindi.)
Albatta, jahondagi eng mo`’tabar islomiy tashkilotlardan biri bo`lmish Robitai Olami Islomiyning Islom Fiqhi Akademiyasi kengashining ushbu bayonotidan keyin o`zini bilgan har bir musulmonda fiqhiy mazhabni haq ekanligida va ularni ehtirom qilish zarurligida hech shubha qolmasligi lozim. Shu ila gapga xotima yasasak bo`lardi. Lekin... Lekin hozirda mazhabni inkor etib, mujtahid ulamolarimizga ta’na toshi otib turgan birodarlarimiz, «bu hujjatga qariyb o`n yil bo`libdi. Uning ustiga shayx Ibn Boz va u kishining hamfikrlariga qo`shilib, hujjatga ba’zi «mazhabparast» mutaassiblar ham imzo qo`ygan. Bu esa hujjatning kuchini yo`qotadi», deb qolishlari e’tiboridan xotimani ortga surib turamiz.
Endi e’tiboringizga shayx Ibn Boz va u kishining hamfikrlarining fiqhiy mazhablar haqidagi 1997 melodiy sana oxirlarida chiqargan ba’zi fatvolarini taqdim qilamiz:

Download 70,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish