Interaktiv doskani ulash
Elektron doskadan foydalanish majmuasi uch elementdan tarkib topgan. Bular: personal
kompyuter,videoproektor va interaktiv doska
Bunda kompyuterga ham videoproektor qurilmasi ham elektron interaktiv doska ulanadi.Dastlab
maxsus kabel yordamida interaktiv doska kompyuter USB portiga ulanadi. So`ngra videoproektor
qurilmasi kompyuterga ulanib interaktiv doskaga moslanadi
Bunda ma`lumotlarning siklik aylanishi hosil bo`ladi. Elektron doskadan boshqaruv komandalari
kompyuterga kelib tushadi. Kompyuter o`z navbatida ko`rsatilgan amalni bajarib videoproektor
qurilmasiga uzatadi. Videoproektor qurilmasi esa kompyuter xotirasidagi o`zgarishni elektron doskada
tasvirlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |