mumkin. Hujjatlarni guruhlash maxsus jamlovchi yoki guruhlovchi vedomostlarda amalga
oshiriladi.
Jamlovchi vedomostlar dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga kelib tushishiga qarab
to’ldiriladi. Hisobot davri oxirida ularda tegishli ko‘rsatkichlar bo‘yicha jami hisob-kitob
qilinadi. Masalan, sotilgan mahsulotlarni xaridorlar bo‘yichajo‘natish jamlarna vedomosti.
Guruhlovchi vedomostlar buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan xo‘jalik
muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir tizimga keltirish uchun tuziladi. Ular ma’lum
belgilari bo‘yicha tanlangan hujjatlardan ma’lumotlarni o4kazish bilan bir vaqtda
to‘ldiriladi. Masalan, butun korxona bo‘yicha hisoblangan ish haqi va ushlanmalar turlari
bo‘yicha guruhlash vedomosti.
Hujjatlarni taksirovka qilish - ularda ko‘rsatilgan natural va mehnat o‘lchovlarini
umumlashtiruvchi pul o‘lchoviga o‘tkazishni nazarda tutadi.
Agar xo‘jalik muomalasi natural o‘lchovlarda (metr, kg, dona va h.k.) ifodalangan
bo‘lsa, ularning miqdori bir birligining bahosiga ko‘paytiriladi. Masalan, limit-zabor
vedomostlarini taksirovka qilish.
Agar hujjatlarda mehnat to‘lovlari (soat, ish kuni) ko‘rsati!gan bo‘lsa, u holda vaqt
birligining qiymatiga ko‘paytiriladi. Masalan, ish vaqtini hisobga olish tabelidagi
ishlangan vaqt bo‘yicha ish haqi hisoblash. Hujjatlar taksirovka qilingandan so‘ng aloqa
qiluvchi schyotlar va xarajat moddalari bo‘yicha kontirovka qilinishi kerak.
Kontirovka qilish usullari buxgalteriya hisobining korxonada qo‘llaniladigan
shakliga bog‘liq.
Kontirovka - bu dastlabki va yig‘ma hujjatlarda xo‘jalik
muomalasining summasi
debeti va krediti bo‘yicha aks ettirilishi lozim bo‘lgan schyotlarning ko‘rsatilishi.
Ushbu maqsadda ko‘pchilik dastlabki hujjatlarda maxsus joy ajratiladi (avans
hisobotida, kirim va chiqim kassa orderlarida, kassa daftarida va boshqalar).
Agar jamlarna hujjat bo‘lsa, ko‘rsatilgan yozuv uning oxirida keltiriladi.
Hujjatlarni so‘ndirish - hujjatlarda ularning ishlatilganligi to‘g‘risida «olindi»,
«to‘landi» yoki «so‘ndirildi» degan shtamplarni bosish yo‘li bilan belgi qo‘yish.
Barcha pul hujjatlari ularni qayta ishlatishning oldini olish maqsadida tezkor tarzda
so‘ndiriladi. Boshqa barcha hujjatlar ular schyotlarga yozilganidan so‘ng adashib qayta
yozish yoki qandaydir suiiste’mollarning oldini olish uchun joriy tartibda so‘ndirilishi
lozim.
Agar korxonada hisobning avto’latlashtirilgan shakli qo‘llanilsa, hujjatlarni
buxgalteriyada ishlash hisob nomenklaturalarini (buxgalteriyada) tegishli xos raqam (kod)
bilan belgilash va hujjatlarni pachkalarga ko’lplektlashdan iborat bo’ladi.
Qayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi lozim.
Bu bilan hujjatni yana qayta ishlashning oldi olinadi. Agar hujjat qo‘lda qayta
ishlansa, hisob registriga yozilgan muddati, agar qayta ishlash hisoblash qurilmasi orqali
amalga
oshirilsa, ularga qayta ishlashga javobgar nazoratchi shtamp orqali belgi qo‘yadi.
Kassa jarayonlariga asos bo‘luvchi kassa kirim va chiqim orderlariga, to‘lov
vedomostlariga jarayon amalga oshirilgan zahoti qo‘lda yoki shtampda “olindi” yoki
“to‘landi” degan so‘zlar muddati (kun, oy, yil) ko‘rsatilib aks ettirilishi shart.
Buxgalteriya hisobida hujjatlar harakati, ya’ni tashkil etish yoki boshqa korxonalar,
tashkilotlar, muassasalardan hisobga, qayta ishlashga, arxivga
uzatish uchun olinishi
ro‘yxat bilan tartibga solinadi.
Hujjat aylanishi ro‘yxatini tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil etadi va hujjat
aylanishi ro‘yxati korxona rahbari to’lonidan tasdiqlanadi.
Ro‘yxatni tuzishdan maqsad, hisob ishlarini osonlashtirish, hujjat aylanishini oqilona
tashkil etishdan iborat. Hujjat aylanishi ro‘yxati sxema ko‘rinishida rasmiylashtirilishi
mumkin. Yoki jadval ko‘rinishida bo‘lib, quyidagi rekvizitlarga ega bo‘ladi: hujjat nomi,
hujjatni tuzish (nusxa soni, rasmiylashtiruvchi mas’ul, bajarilishga mas’ul, bajarilish
muddati) hujjatni tekshirish (tekshirishga mas’ul, kim keltirishi, keltirish tartibi, keltirish
muddati), hujjatni qayta ishlash (kim bajarishi, qayta ishlash muddati) arxivga berish (kim
beradi, berish muddati), hamda ro‘yxatni tasdiqlash buyrug‘i
tartib raqami va muddati,
korxona muhri, korxona bosh buxgalteri va rahbari imzosi.
Korxona xodimlari hujjat aylanishi ro‘yxatiga asosan, ular faoliyatiga taalluqli
hujjatlarni tuzadi va taqdim etadi. Hujjatni o‘z vaqtida to‘g‘ri tocldirilishi, belgilangan,
muddatda
taqdim etilishi, ulardagi ma’lumotlarning ishonchliligiga javobgarlik shu
hujjatni tuzgan va imzo chekkan shaxsga yuklatiladi.
Korxona bo‘yicha hujjat aylanishi ro‘yxati bo‘yicha ishlar o‘z vaqtida bajarilishini
bosh buxgalter nazorat etib boradi.
Dastlabki hujjatlar, hisob vedomostlari, buxgalteriya hisobotlari va balanslari arxivga
topshirilishi majburiydir.
Hujjatlar arxivga topshirilgunga qadar buxgalteriyada maxsus binoda yoki korxona
rahbari tayinlagan moddiy javobgar shaxs mas’ulligida berkitiladigan shkaflarda
saqlanadi.
Qat’iy hisobdagi blankalar esa, ular saqlanishini ta’minlaydigan seyflarda,
metall
shkaflarda, maxsus binolarda saqlanadi. Aniq bir, hisob vedomostiga taalluqli, joriy oyda
qayta ishlangan dastlabki hujjatlar xronologik tartibda yig‘ilib arxivga ma’lumotnoma
bilan uzatiladi.
Kassa orderlari, hisobdorlik hisobotlari, bank ko‘chirmalari ular ilovalari bilan birga
xronologik tartibda yig‘iladi va taxtlanadi. Ba’zi bir hujjatlar taxtlanmasligi mumkin,
ammo ular yo‘qotilishi yoki suiiste’mollikni oldini olish maqsadida tikib qo‘yiladi.
Korxona arxivida dastlabki hujjatlar, hisob registrlarini, hisobotlarni saqlash tartibi
O’zbekiston Respublikasi arxivi bosh boshqarmasini materiallarini saqlash ko‘rsatmasiga
ko‘ra, o‘rnatiladi.
Hujjatlarni buxgalteriyadan va arxivdan boshqa tarmoq xodimlariga berilishi korxona
bosh buxgalteriya ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Korxonadan hujjatlarni faqat aniqlash dastlabki tergov, prokuratura va sud
tashkilotlari to’lonidan amaldagi qonunchilikga javob bergan hollardagi qarorlariga asosan
olinishi mumkin.
Hujjat olinishi bayonnoma
bilan rasmiylashtirilib, uni bir nusxasi korxonaga tegishli
mas’ul xodimga imzo bilan beriladi. Hujjat olgan tashkilot ruxsati va vakili ishtirokida,
tegishli mas’ul xodim olingan hujjatdan nusxa olishi mumkin va unda asosni ko‘rsatilishi
va olingan muddati ko‘rsatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: