5-mavzu: Draje, granula, qiyom va quruq qiyomlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddalar biosamaradorlikga ta’siri



Download 211,31 Kb.
bet2/2
Sana28.06.2022
Hajmi211,31 Kb.
#713917
1   2
Bog'liq
5-кредит био

Drajelar deb, dozalarga bo‘lingan, dori va yordamchi moddalar aralashmasini qand granulalari ustiga ko‘p marotaba qoplash yo‘li bilan olinadigan, ichish uchun mo‘ljallangan qattiq dori shakliga aytiladi. Drajelarning og‘irligi 0,1 dan 0,5 g gacha bo‘ladi.


Afzalligi:
Draje dori shakli olishga yaroqsiz moddalardan draje tayyorlash mumkin;
Dori moddasini nohush ta’mini berkitadi;
Dori moddasini qitiqlovchi (razdrajayushee) ta’sirini kamaytiradi; berkitilganligi
Dori moddasini tashqi ta’sirlardan himoyalaydi
Kamchiliklari:
Dozalarga aniq bo‘linmaydi;
Ko‘rsatilgan vaqtda parchalanishi qiyin;
Dori moddaning ajralib chiqish tezligi kam;
Bolalar amaliyotida tavsiya etilmaydi;
SHu sababli bu dori shakli istiqbolli emas .
Donadorlash lotincha "granula", "donacha" so’zidan olingan bo’lib, tabletka tayyorlash jarayonida taxtakachlashni osonlashtirish uchun massaning
hampadan bir me‘yorida qolipga tushib turishini ta‘minlash va sifatli tabletka olish uchun qo’llaniladi. Donadorlash (granulyasiya) quydagi usullarda olib boriladi: 1. Strukturalab donadorlash 2. G’alvirdan o’tkazib donadorlash 3. Maydalab donadorlash 4. Briketlab, so’ngra maydalash usuli 5. Suyultirib, so’ngra donadorlash Strukturlab donadorlash. 1958 yilda AQSh da Vurster tomonidan taklif etilgan bo’lib, maxsus asboblarda olib boriladi. Bu usul eng zamonaviy, istiqbolli bo’lib, unda nisbatan bir xil katta-kichiklikdagi usti silliq donador massa olish imkoniyati bor. Bu usulni uzluksiz ishlaydigan, mexanizatsiyalashgan jarayonga o’tkazish mumkin. Bu usulni tushuntirish uchun 1959 yilda taklif etilgan Vurster asbobini keltirish mumkin. Asbob silindr shakliga ega bo’lib, ishchi qismiga donadorlash kerak bo’lgan massa tushib turadi. yuqori qismidan katta bosim ostida bog’lovchi modda purkaladi. Asbobning elaksimon tubidan ma‘lum haroratgacha isitilgan va filtralgan havo ma‘lum bosim ostida yuboriladi.
Modda zarrachalari xavoda muallaq xolda suzib yurishi natijasida "soxta qaynoq yuza" xosil bo’ladi. Zarrachalar bog’lovchi modda zarrachalari bilan ketma-ket to’qnashib kattalasha boradi. Xosil bo’lgan donachaning massasi berilayotgan havo zichligini engib o’tgach, asbob tubiga tushadi. Birikib ulgurmagan mayda zarrachalar asbobning yuqori qismidagi siklonga duch keladi va asbobning ishchi qismiga qaytariladi. Xozirgi vaqtda shu asosda uzluksiz ishlaydigan N.I. Gelperin (1965) va boshqalar taklif qilgan ko’p tanali asboblar mavjud. G’alvirdan o’tkazib donadorlash. Bu oddiy, qulay va eng ko’p qo’llaniladigan usul bo’lib, namlash bilan donadorlash xam deb ataladi. Bu usul ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda donadorlash uchun mo’ljallangan kukun oldindan maydalab, elaklab aralashtirilgan tabletka tarkibiga kiradigan tolqonlar zettasimonaralashtirgichda bog’lovchi moddalar bilan namlanadi. Namlash uchun olingan bog’lovchi modda miqdori aralashmaga kiradigan moddalarning xususiyatlariga bog’lik bo’ladi: 10-30%, ba‘zan 40% va undan yuqori bo’lishi mumkin. Lekin namlangan massa barmoqlar orasiga olib ezib qo’rilganda, yopishib qoladigan va sochiluvchan bo’lmasligi kerak.
Qiyomlar – bu ichish uchun mo‘ljallangan quyuq, tiniq, shirin t‘amli qandning suvdagi konsenrtlgan eritmasi bo‘lib, tarkibida dori modda yoki dorivor o‘simlik xom ashyosidan olingan ekstrakt, bo‘yovchi, t‘am va aromatizatorlar saqlaydigan dori turi. Qiyomlar tarkibi va qo‘llanishi bo‘icha t‘am beruvchi va dorivorlarga tasniflanadi. T‘am beruvchi qiyomlarga oddiy qand qiyomi (Sirupi simplicis) va mevali qiyomlar: olcha, malina, qorqg‘at, mandarin, apelsin, limon. Ushbu qiyomlar tarkibida biofaol dori modda saqlamaydi va bolalar uchun beriladigan dori vositalarni ta‘mi va hidini to‘g‘irlaydi, shuningdek siroplar tarkibida konservantlar (spirt, nipagin, nipazol, sorbinkislotasi) ham bo‘lishi mumkin.
Konsentratsiyasi 60% dan kam bo‘lgan qiyomlar achib qolishi mumkinligini hisobga olib,
ularning tarkibiga konservantlar qo‘shiladi: 
0,1-0,2% natriy benzoati yoki benzoy kislotasi, etil spirti, glitserin.
Ayrim hollarda nipagin va nipazol 0,15% gacha qo‘shiladi. Agar qand qiyomi konsentratsiyasi 50% kam bo‘lsa, unda konservant sifatida etil spirti qo‘shiladi. Qand qiyomini massa- hajm usulida tayyorlash. 
Suyuq dorilar tеxnologiyasida ichki, sirtki, in'еktsion eritmalari, ko‘z tomchilari, shuningdеk galеn prеpartalari – nastoyka, ekstrakt, hushbuy suvlar, tibbiy spirtlar va boshqalar massa-hajm usulda tayyorlanadi. 
Bu usul esa o‘zining ish unumdorligi va oson dozalanishi bilan kеng qo‘llaniladi. Amaliyotda barcha qiyomlar asosan og‘irlik usulida tayyorlanadi. 
Qand qiyomini massa-hajm usulida tayyorlash. Suyuq dorilar tеxnologiyasida ichki, sirtki, in'еktsion eritmalari, ko‘z tomchilari, shuningdеk galеn prеpartalari – nastoyka, ekstrakt, hushbuy suvlar, tibbiy spirtlar va boshqalar massa-hajm usulda tayyorlanadi. Bu usul esa o‘zining ish unumdorligi va oson dozalanishi bilan kеng qo‘llaniladi. Amaliyotda barcha qiyomlar asosan og‘irlik usulida tayyorlanadi. Masalan, 64% qand qiyomi. Odatda bolalar uchun bеrilgan rеtsеptlarda qand qiyomi hajmda (ml) yoki massada (g) ifodalanadi. Sovugan qand qiyomini qovushqoqligi ortishi sababli rеtsеptda miqdori hajmda bеrilsada, biroq dori tarkibiga massa bo‘yicha qo‘shiladi (bunda hajmdan massaga o‘tish koeffitsiеnti 1,3 tashkil etadi). Massa- hajm usulida qand qiyomini tayyorlash, qiyom tarkibidagi qand kontsеntratsiyasini pasayishi va eritmani mikrobiologik turg‘unligini yo‘qolishiga sabab bo‘ladi, dorini esa saqlanish muddati 1 sutkadan oshmaydi.
Download 211,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish