Ijtimoiy muammolar va ularni hal etish tadbirlari
№
|
Ijtimoiy muammolar
|
Ularni hal etish tadbirlari
|
1
|
Sotsial tabaqalashuv va qutblanish
|
fuqarolar tomonidan o‘zlari va oila a’zolarini sotsial xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ishlab topish imkoniyatlarining ortishi
|
2.
|
Kambag‘allik
|
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi imkoniyatlarni vujudga keltirish
|
3.
|
Ishsizlik
|
ishlab chiqarishda sotsial ehtiyojlarni qondirishga mo‘ljallangan xizmat va mahsulotlar ulushining ortishi
|
4.
|
Hududlarning tabaqalashuvi
|
daromadlar tengsizligi va shaxsiy manfaatdorlikning ortishi
|
5.
|
Ta’lim tizimidagi muammolar
|
ta’limning boshqa shakllarini joriy etish, ta’lim tizimini izchil isloh qilish.
|
O‘zbekistonda hozirgi kunda ijtimoiy ta’minot tizimida boshqaruv idoralari hisoblangan 1 ta vazirlik, 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda 153 ta tuman va 36 ta shaharda ijtimoiy ta’minot tizimlari mavjud. SHuningdek, yolg‘iz nogironlarga va qariyalarga mo‘ljallangan o‘nlab internat uylari, nogironlik sababi va guruhini belgilovchi tibbiy ekspertiza komissiyalari, hususan, nogironlikni ekspertiza qilish va nogironlarning mehnat qobiliyatini tiklash bo‘yicha 1 ta ilmiy-tekshirish instituti faoliyat yuritmoqda. Pensionerlarning davolanishi va dam olishiga mo‘ljallangan bir qancha maxsus sanatoriyalar ishlab turibdi.
Kam ta’minlangan oilalarga va ko‘p bolali muhtoj oilalarga moddiy yordam to‘lovlarini moliyalashtirishning asosiy manbai respublika va mahalliy byudjet vositalari hisoblanadi.
Ma’lumki, mustaqil taraqqiyotimizning ilk davridanoq inson - jamiyat - davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona echimini topish alohida ahamiyat kasb etdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yyevropa mamlakatlari, Osiyoning YAponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlari aynan shu g‘oya asosida taraqqiyot yo‘lini belgilab, tarixan qisqa davr ichida yuksak taraqqiyotga erishgan edilar. Ikki asrlik demokratik rivojlanish tarixiga ega bo‘lgan AqSH ham inson manfaatini taraqqiyotning asosi sifatida qabul qilgan edi. Ma’lum bo‘ladiki, O‘zbekiston demokratik taraqqiyotning jahon tajribasini sinchiklab o‘rgandi. o‘zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish va uning tayanchi sifatida insonparvar tuzumni shakllantirish yo‘lida islohotlarni amalga oshirish “inson – jamiyat - davlat” tizimidek kuchli uyg‘unlikni talab etmoqda.
Hullas, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining o‘ziga xos tajribasi va an’analari to‘plangan. Bunda «inson – jamiyat - davlat” munosabatlari, inson omili yuksak mavqeda turadi. SHu ma’noda O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini zamon talablariga mos tarzda takomillashtirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud va ular mamlakatda demokratik jamiyatni qurishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |