5-Mavzu: Cilindrik adilakli aniq nivelirler, ularni tekshirish va sinashlar Reja: 1.Cilindrik adilakli nivelir 2.Kompensatorli N-3K niveliri 3.Nivelirlarni tekshirish va tuzatish
1.Silindrik adilakli nivelir
Silindrik adilak ko‘rish trubasining yoniga o‘rnatilgan va truba elevatsion vint (4.1-shakl) bilan ta’minlangan. Silindrik adilak pufakchasi uchlarining tasviri truba ko‘rish maydoniga uzatiladi. Ko‘rish trubasi ob’ektivi 10 nishon 13 bo‘yicha reykaga qaratiladi, u predmet tasvirini teskari hosil qiladi.
N-3 niveliri asosan, ko‘rish trubasi 1, silindrik adilak 2, doiraviy adilak 3, mahkamlash vinti 6, to‘g‘rilash vinti 7, elevatsion vint 8 dan iborat. Nivelir silindr shaklidagi aylanish o‘qi bilan taglik 4 ga o‘rnatilgan. Ko‘rish trubasining chap yonida silindrik adilak bilan birgalikda adilak pufakchasi yarim pallalarning tasvirini ko‘rish maydoniga uzatadigan prizmalar joylashgan. Trubaning o‘ng yonida kuzatilayotgan reyka tasvirini fokuslovchi vint – kremalera 5 o‘rnatilgan. Reykadan sanoq olishdan oldin elevatsion vint yordamida silindrik adilak o‘qi gorizontal holatga keltiriladi, ya’ni ko‘rish maydonidagi adilak pufakcha yarim pallalarining tasviri tutashtiriladi. Silindrik adilakni tuzatish uchun adilak joylashgan qutining okulyar tomonida qopqoq bilan berkitib qo‘yilgan to‘rtta tuzatgich vint bor.
2. Kompensatorli N-3K niveliri Bu nivelir — N-3 nivelirining o‘zgartirilgan konstruksiyasi bo‘lib, mayatnikli optik-mexanik kompensatorga ega. Trubaning vizir o‘qi ushbu kompensator yordamida o‘z-o‘zidan avtomatik ravishda gorizontal holatga keltiriladi. Silindrik adilak o‘rnatilmagan. Ko‘rish trubasining mahkamlash vinti yo‘q, qaratish vinti esa chervyakli vint ko‘rinishida bajarilgan va okulyar 5 dan qarab buraladi. N-3K niveliri (8.8-shakl) ko‘rish trubasi 1, kremalera vinti 2, doiraviy adilak 3, ob’ektiv 4 tomonida ikki yonboshda qaratish vintlari 6, doiraviy taglik 7, ko‘targich vintlar 8 va vizir o‘qini gorizontal holatga kelishini ta’minlaydigan optik (prizmali) kompensator bilan jihozlangan. Optik kompensator ishlashi uchun doiraviy taglik qiyaligi yo15' dan oshmasligi kerak. SHuning uchun avval bo‘lak qiymati 10' ga teng bo‘lgan doiraviy adilak pufakchasi uchta ko‘targich vint yordamida o‘rtaga (nol punktga) keltiriladi. Nivelir o‘rnatgich vint yordamida shtativ ustiga o‘rnatiladi. SHtativ erga boshmoqlari botirilib o‘rnashtirilganda, usti taxminan gorizontal bo‘lishiga e’tibor qilinishi kerak. SHunday qilinmasa, nivelirdagi doiraviy adilak pufakchasini ko‘targich vintlar yordamida o‘rtaga keltirish mumkin bo‘lmay qoladi. 8.9-shaklda N-3K niveliri ko‘rish trubasida reyka tasviri ko‘rsatilgan. N-3K niveliri N-3KL va 2N-3KL shifrlari bilan gorizontal limb konstruksiyasida chiqariladi. Limb bo‘lagining qiymati 1° ga teng. Limbdan sanoq 0,1° aniqlikda olinadi. 3.Nivelirlarni tekshirish va tuzatish
Nivelirlar quyidagi geometrik shartlarni qanoatlantirishi kerak:
1.Doiraviy adilak o‘qi nivelirning aylanish o‘qiga parallel bo‘lishi kerak
2.Iplar to‘rining gorizontal ipi nivelirning aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘lishi kerak (HH'^JJ',
3. Trubaning ko‘rish o‘qi silindrik adilak o‘qiga parallel bo‘lishi kerak (VV' || UU',
4. Asbob aylanish o‘qi vertikal holatda turganda, silindrik adilak o‘qi va trubaning ko‘rish o‘qi o‘zaro parallel vertikal tekisliklarda yotishi kerak.
5. Kompensatorning to‘g‘ri ishlashiga ishonch hosil qilish kerak
Tselindrik adilaklar va kompensatorli nivelirlar va nivelir reykalarinsh sinash.
Adilaklar. Geodezik asboblarda silindrik va doiraviy adilak sirti ma’lum radiusga ega yoy bo‘lib, radius qiymati 3,5 dan 200 m gacha bo‘ladi, u qancha katta bo‘lsa adilak shuncha sezgir bo‘ladi. Adilak pufakchasi har doim eng balandnuqani egallash xususiyatiga ega. Trubkani ustki sirtiga orasi 2 mm shkala bo‘laklaritushirilgan. Uni o‘rta nuqtalari nol nuqtasi deyiladi. Adilak ichki sirti nol nuqtasiga o‘rinma II1, chiziqqa adilak o‘qi deyiladi. Adilak pufakchasi nol punktda aniqroq o‘rnatish maqsadida kontaktli **** , *** - shkala o‘lagi qiymati, ***- yoysimon ichki sirti radiusi. *** ga teng.
Doiraviy adilak aniqligi yuqori bo‘lmay asboblarda qo‘shimcha adilak vazifasini bajaradi. Doiraviy adilak o‘qi nol punktdan trubkani ichki sferik sirtiga o‘rinma chiziqqa perpendikulyar bo‘lib o‘tuvchi chiziq, II1.
Dalaga, nivelirlashga chiqishdan oldin nivelir va reykalarni to‘la ishga yaroqliligi, uni tekshirish va sinash orqali aniqlanadi. Ishga yaroqli nivelir va reykalar amaldagi yo‘riqnoma talabiga javob berishi kerak. Tekshirishlardan ayrimlarini vaqt-vaqti bilan dala sharoitida olib boriladi. Maxsus tekshirish va sinashlar esa laboratoriya sharoitida bajariladi. NV-1 va N3 nivelirlarini dala sharoitida bajariladigan tekshirishlari va tuzatishi geodeziya kursini 1-qismida o‘tilgan edi.
Itibarin’iz ushin raxmet!
Do'stlaringiz bilan baham: |