Yakuniy balans
4.7-jadval
Aktiv
|
Summa,
so‘m
|
Passiv
|
Summa,
so‘m
|
Asosiy vositalar
(+500000)
|
1812600
|
Ustav kapitali.
|
1448960
|
Materiallar (-8600)
|
15600
|
Rezerv kapitali (+500000)
|
500000
|
Asosiy ishlab chiqarish (+8600)
|
52450
|
Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisoblashuvlar
(-14500)
|
25390
|
Budjet bilan hisob-kitoblar
(+14500)
|
14500
|
Hisob-kitob schoti
(-13900)
|
120500
|
Mol yetkazib beruvchilar
(-13900)
|
12300
|
B a l a n s
|
2 001150
|
B a l a n s
|
2 001150
|
Bu model; aktiv va passiv moddalari bir xil summaga kamayganda, shu summaga aktiv va passivdagi summalar yig‘indisi ham kamayadi, aktiv va passiv tengligi esa buzilmaydi deb o‘qiladi.
Demak, xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda sodir bo‘ladigan to‘rt tip o‘zgarishlarni yuqorida ko‘rib chiqilgan to‘rtta matematik model orqali ifodalash mumkin ekan.
Ko‘rib chiqilgan to‘rtta xo‘jalik muomalasi balansda ro‘y beradi- gan barcha o‘zgarish turlari uchun misol bo‘la oladi. Demak, korxonada qancha xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lishidan qat’i nazar, ular to‘rt tipga bo‘linadi:
I tip. Aktiv moddalaridagi o‘zgarish (aktivda ko‘payish va aktivda kamayish) – balans jami o‘zgarmaydi.
tip. Passiv moddalaridagi o‘zgarish (passivdagi ko‘payish va passivdagi kamayish) – balans jami o‘zgarmaydi.
tip. Aktiv va passiv moddalarida ko‘payishga olib keluvchi o‘zgarishlar (aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi).
tip. Aktiv va passiv moddalarida kamayishga olib keluvchi o‘zgarishlar (aktiv va passiv bir xil summaga kamayadi).
Demak, har qanday xo‘jalik muomalasi ushbu ko‘rsatilgan to‘rt tip o‘zgarishlardan birining sodir bo‘lishiga olib keladi.
Yuqorida keltirilgan misol va izohlarga ko‘ra xo‘jalik muomalalari ta’sirida birinchi va ikkinchi tip o‘zgarishlarda, o‘zgarish faqat balans-
ning aktiv qismidagi moddalar orasida yoki passiv qismidagi moddalar orasida alohida birining ko‘payib, ikkinchisining kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga balansning aktiv va passiv qismlarining jami summasi o‘zgarmaydi.
Uchinchi va to‘rtinchi tip o‘zgarishlar esa, o‘zgarish balansning aktiv qismidagi tegishli moddalarni ham, passiv qismidagi tegishli moddalarni ham bir vaqtda ko‘paytiradi (uchinchi tip o‘zgarish) va kamaytiradi (to‘rtinchi tip o‘zgarish). Shu bilan birga balansning umu- miy summasiga ta’sir qiladi, ya’ni ko‘paytiradi yoki kamaytiradi (4.4- rasm).
4.4-rasm.
Xo‘jalik muomalalarining balans tuzilishi va valutasiga ta’siri quyidagi rasmda keltirilgan (4.5-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |