5-mavzu: biotexnologiya va gen injeneriyasi reja


-masala. Embrionni transplantasiya - ko’chirish



Download 443,23 Kb.
bet6/6
Sana11.01.2022
Hajmi443,23 Kb.
#352905
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RzQRP9mZyI0n1stq-zTBurFyNWUKdNEC

4-masala. Embrionni transplantasiya - ko’chirish usullari

Qishloq xo’jalik hayvonlarida biotexnologiyadan keng foydalanish muhim perspektiv masalalardan biridir. Keyingi 10-15 yillikda Naslchilik ishida biotexnologiyadan foydalanish, ayniqsa yembrionlarni-homilani transplantasiya qilish ishlari juda tez sur’atlar bilan butun dunyo miqyosida olib borilmoqda. Yembrion-homilani ko’chirish-transplantasiyaning asosiy maqsadi chorvachilikda seleksiya ishlarining samaradorligini oshirishda ya’ni chorva mollarining yembriogenetikasida biotexnologiyadan foydalanish va uni rivojlantirishdan iboratdir. Embrion tranplantasiyasi asosan quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

1. Genetik tomondan qimmatbaho bo’lgan hayvonlarni ko’paytirish. Bu usul yordamida tez orada turli kasalliklarga chidamli va rezistentlik qobiliyati yuqori bo’lgan sermahsuldor hayvonlar liniyasini, oilasini yoki podalarni yaratish uchun;

2. Embrionni kesib ajratish yo’li bilan (4-8 bo’lakka) bir-biriga o’xshash identik hayvonlar sonini ko’paytirish uchun. Bu usul yordamida genotip bilan tashqi muhit o’rtasidagi o’zaro harakatni o’rganishga va irsiyatning turli xil xo’jalik belgilariga bo’lgan ta’sirini o’rganish uchun;

3. Mutant-foydali belgilarni saqlab qolishga va ulardan seleksiyada foydalanishga zamin tayyorlash uchun;

4. Yomon resessiv genlarning va xromosoma anomaliyalarining organizmga bo’lgan ta’sirini o’rganish uchun;

5. Qishloq xo’jalik hayvonlarining turli xil kasalliklarga chidamliligini oshirish yo’llarini o’rganish uchun;

6. Chetdan yangi iqlim sharoitiga olib kelingan hayvonlarning moslashuv qobiliyatini-aklimatizasiya xususiyatlarini o’rganish uchun;

7. Yembrionning jinsini aniqlashga va kerak bo’lgan jinsni olishga yordam berish uchun;

8. Turlararo transplantasiya-yembrionni ko’chirish usullaridan foydalanishga, ya’ni yembrionlar orqali duragaylash o’tkazish uchun;

9. Ximer hayvonlarni olishga, ya’ni turli xil blastomerlarni o’zaro qo’shish usullarini o’rganish uchun.

Yuqoridagi keltirilgan muommolarni yechish chorva mollarining mahsuldorligini va ular sonini tez orada oshirishga imkoniyat tug’diradi.

Hayvonlarda ya’ni turli xil chorva mollarida tuxum hujayrasi tuxumdonida yetilganidan so’ng follikula qobig’i yorilib u tuxumdon yo’liga tushadi va shu tuxum yo’lida urug’-spermatazoidlar bilan qo’shilib otalanadi-urug’lanadi va dastlab murtakka (zigotaga), keyinchalik yesa homilaga-yembrionga aylanadi. Shundan so’ng yembrion tuxum yo’li bilan Harakat qilib beshinchi kuni morulla sifatida (16-64 blastomerga yega bo’lgan chog’da) bachadonning shoxchasiga borib tushadi va u to’qqizinchi kungacha (otalangan tuxum vaqti) o’sishi chegaralangan va himoyalangan maxsus qobiqqa (zona pellucida) rivojlanadi. To’qqizinchi kunga borib ushbu qobiq yemiriladi va undan yembrion blastosid sifatida tashqariga chiqadi. Shu davrdan boshlab yembrionda nafaqat hujayralar soni ko’payadi va balki ularning hajmi ham osha boradi. Blastosid davrida ikkita yaqqol ko’zga tashlanadigan hujayralar hosil bo’ladi. Birinchisi trofablast va ikkinchisi yembrioblast hujayralari. Birinchisidan kelgusida plasent ya’ni yo’ldosh hosil bo’ladi, ikkinchisidan yesa homilaning o’zi paydo bo’ladi va uning barcha organlari to’qimalari hosil bo’ladi. Sut yemizuvchilarning barchasida tuxum hujayrasi yoki yembrion o’z holicha organizmdan tashqariga chiqmaydi. Yembriogenez ularda bachadonning ichida boradi va u shu yerda tugallanadi. Shuning uchun ham bu xildagi hayvonlarning bachadonidan homilani-yembrionni tashqariga chiqarish juda bir katta muammodir. Shuning uchun ham homilaning dastlabki (yembrionning trofoblastlari bachadonning yendometriya sxilliq pardalariga hali yopishmagan davrida) davrlarida noxirurgik yo’l bilan tashqariga chiqarish usuli ishlab chiqilgan.

Balanslashgan fiziologik suyuqlikni bachadonga yuborib maxsus konstruksiyaga yega bo’lgan katetorlar yordamida yembrionni-homilani bachadondan yuvib olish mumkin. Yuvib olingan yembrionlarning samaradorligi-yashovchanligi 60-80% ni tashkil yetadi. Bu degani o’nta sigirdan bittadan yembrion yuvib olingan bo’lsa, shundan 6-8 tasi ishlatishga yaroqli bo’ladi. Agar sigirlardan bitta yemas ikki uch yembrion (superovulyasiya yo’li bilan) yuvib olinsa samaradorlik ancha oshadi. Bitta sigir normal holatda bir yilda 17-18 martaba tuxum hujayrasini ishlab chiqaradi (agar ular bug’ozlikni kelgusida davom yettira olmasa) shulardan 14-15 ta yembrion normal ishlashi mumkin. Agar maxsus garmonlar bilan sigirlar yemlansa, u holda ular yiliga superovulyasiya yo’li bilan 50-70 tagacha yembrion berishi mumkin. Yuvib olingan yembrionni boshqa ona hayvonga-yenagaga ko’chirish uchun dastavval ularni tanlaydilar va donorlarga sinxron holatda bir xil vaqt ichida ularni kuyikga keltiradilar. Buning uchun ular prostoglondin garmoni bilan yemlanadilar. Tayyorlangan resipiyent-yenaga sigirlar ichida juda qattiq brakopka olib boriladi, ya’ni ularning bachadonida sariq modda qanchalik rivojlanganligiga qarab tanlanadilar. Qoida bo’yicha 7-8 kunlik blastositlarni 7-8 kunlik jinsiy siklga yega bo’lgan resipiyentlarga-yenagalar bachadoniga kiritiladi. keyinchalik rektal usuli bilan resipiyent yenaga sigirlardan sariq moddaning qanchalik rivojlanganligi aniqlanadi. Ma’lumki agar sariq modda bachadonda rivojlanmasa kiritilgan yembrion ham rivojlanmaydi. Bundan tashqari yeng to’g’ri usul bu resipiyent qonida progestron garmonining rivojlanganlik darajasiga qarab aniqlashdir. Ko’chirilgan yembrionning rivojlangan kuni yenaganing-resipiyentning jinsiy sikliga to’g’ri kelishi kerak. Ularning orasidagi farq +1 yoki -1 kun bo’lishi mumkin, lekin bundan oshmasligi kerak. Keyingi yillarda yembrionni to’liq resipiyentga o’tkazish yo’li bilan birga, uni mayda qismlarga bo’lib ham resipiyentlarga ko’chirmoqdalar.

Qoramollar ustida olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki yembrionni mikroxirurgik yo’l (mikropichoq yoki lazer nurlari bilan) bilan morulla yoki blastosid davrida 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 qismga bo’lishga yerisxildi, ularni boshqa tayyorlangan sigirlarga ko’chirilganda ulardan normal buzoqlar olindi. Bu tajriba 1983 yilda Fransiyada Ozil degan olim tomonidan olib borildi, Shuningdek 1985 yilda Germaniyada Xaxin va Rosseliuslar tomonidan o’tkazildi. Bularning o’tkazgan tajribalari juda yaxshi natijalarga olib keldi. Bu o’tkazilgan tajribalar mikroklon yo’li bilan bitta zotdor sigirdan yiliga yuzlab bolalarni olishga imkon tug’dirmoqda. Hozirgi kunda AQSh da 100-150 ming buzoqni-homilani ko’chirish-transplantasiya yo’li bilan olmoqdalar. Shuningdek Germaniya, Italiya, Fransiya, Gollandiya, Angliya mamlakatlarida ham homilani ko’chirish-transplantasiya usulidan keng miqyosda foydalanmoqdalar. Bu usul kelajakda seleksiyaning asosiy qurollaridan yoki usullaridan biri bo’lishi muqarrar, chunki bu yo’l bilan chorvachilikda juda ko’p muammolarni hal yetish mumkin.

Efrussi 1935 yil Parijga qaytgach, Bidl unga hamroh bo’ldi. Birgalikda ular Drozofiladagi ko’z pigmenti shakllanishidagi yetakchi reaksiyalar zanjiri tahlili uchun transplantasiya usulini ishlab chiqdi. Ular ko’z rang mutantlar (vermilion va kinovar) bilan ikki shtammlar lichinkalaridan embrional ko’z to’qimalarini olishdi va normal pashsha lichinkalari tanasiga ularni yuborishdi. Ularning texnikasi xom edi, lekin ular ikki moddalar (ko’z garmonlar) normal ko’z pigmenti shakllanishida ishtirok etadi, deb xulosa qilish imkoniga ega bo’ldilar.



SAPP JAN «Genesis: The Evolution of Biology». Oxford University Press, USA. 2003, USA. (Domesticating Microbes, 163 page)
Nazorat uchun savollar

  1. Biotexnologiya va genetik injeneriyani ahamiyati?

  2. Chorvachilikda biotexnologiyadan foydalanish?

  3. Embrionni transplantasiya qilish yo’llari?

  4. Hayvonlarni o’sish va rivojlanishini boshqarish?

Download 443,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish