5-MAVZU. AGROBIZNES FAOLIYАTINING HUQUQIY ASOSLARI
Reja:
1. Agrobiznes faoliyatining huquqiy asoslari.
2. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonunning mazmun-mohiyati.
3. “Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni.
4. “Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida” gi qonunning mohiyati.
5. “Qishloq va suv xo’jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”, “Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi kabi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilinishi to’g’risida.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining sub’ektlari bo’lishi mumkin emas.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari quyidagilardir:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yigirma kishi, xizmat ko’rsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan o’n kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan besh kishi bo’lgan mikrofirmalar;
quyidagi tarmoqlardagi:
engil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochsozlik, mebelь sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yuz kishi;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan ellik kishi;
fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yigirma besh kishi bo’lgan kichik korxonalar.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari xodimlarining o’rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda unitar (sho’’ba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko’p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida ulushi eng ko’p bo’lgan faoliyat turi mezonlari bo’yicha kichik tadbirkorlik sub’ektlariga kiradi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar yuqorida sanab o’tilgan tijorat tashkilotlariga ular tomonidan vakolatli tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlari, davlat statistika organlari, banklar va boshqalarga) imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar xususiyatidan kelib chiqib, kichik tadbirkorlik sub’ektlari ekanligi haqida xabarnoma taqdim etgan holda qilingan murojaatlar asosida beriladi. Xabarnomaning to’g’riligi uchun javobgarlik xabarnomani taqdim etgan sub’ektlar zimmasiga yuklatiladi.
Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o’rtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, oshirib yuborishga yo’l qo’yilgan davr uchun va keyingi uch oyga ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
mikrofirma va kichik korxona O’zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarining hamda oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzganda, band bo’lgan xodimlarning belgilangan o’rtacha yillik soni ko’pi bilan 20 foiz oshirilganda. Xodimlar sonining oshirilishiga O’zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o’qishni tugallagan kunidan boshlab uch yildan ortiq vaqt o’tmagan taqdirda yo’l qo’yiladi;
kichik korxona o’z uyida ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan mehnat shartnomalari tuzganda, band bo’lgan xodimlarning belgilangan o’rtacha yillik soni ko’pi bilan 30 foiz oshirilganda.
Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o’rtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, oshirib yuborishga yo’l qo’yilgan davr uchun va keyingi uch oyga ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
mikrofirma va kichik korxona O’zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarining hamda oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzganda, band bo’lgan xodimlarning belgilangan o’rtacha yillik soni ko’pi bilan 20 foiz oshirilganda. Xodimlar sonining oshirilishiga O’zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o’qishni tugallagan kunidan boshlab uch yildan ortiq vaqt o’tmagan taqdirda yo’l qo’yiladi;
kichik korxona o’z uyida ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan mehnat shartnomalari tuzganda, band bo’lgan xodimlarning belgilangan o’rtacha yillik soni ko’pi bilan 30 foiz oshirilganda.
o’z mahsulotini (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo’yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish va (yoki) ijaraga olish, shu jumladan lizing yo’li bilan;
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ekti o’z ishchanlik obro’siga putur yetkazadigan ma’lumotlarga raddiya berilishini sud orqali talab qilishga haqli.
Agar tadbirkorlik faoliyati sub’ektining ishchanlik obro’siga putur yetkazadigan ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bo’lsa, bu ma’lumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot vositalarida berilishi lozim. Agar bunday ma’lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud bo’lsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ekti o’zining ishchanlik obro’siga putur yetkazadigan ma’lumotlar tarqatilganda, bunday ma’lumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida yetkazilgan zararning o’rni qoplanishini va ma’naviy zarar uchun tovon to’lanishini talab qilishga haqli.
Tijorat siri bo’lgan, uchinchi shaxslarga ma’lum bo’lmagan axborot (oshkor etilmagan axborot) uchinchi shaxslarga ma’lum emasligi, qonuniy asosda undan erkin foydalana olish mumkin emasligi hamda axborotning egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish choralarini ko’rayotganligi tufayli haqiqiy yoki potentsial tijorat qiymatiga ega bo’lgan hollarda himoya qilinadi.
Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat ro’yxatidan o’tkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qat’i nazar vujudga keladi.
Oshkor etilmagan axborotni himoya qilish qoidalari qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri bo’la olmaydigan ma’lumotlarga (davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak bo’lgan yuridik shaxslar to’g’risidagi, mol-mulkka bo’lgan huquqlar hamda mol-mulk xususida tuzilgan bitimlar haqidagi ma’lumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak bo’lgan ma’lumotlarga va boshqa ma’lumotlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqalgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs axborotdan noqonuniy foydalanganlik oqibatida bu axborotning qonuniy egasiga yetkazilgan zararning o’rnini qoplashi shart.
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi ma’lumotlarni mustaqil ravishda va qonuniy tarzda olgan shaxs bu ma’lumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qat’i nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi.
Keyingi yillarda respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, soliq tizimi tubdan isloh qilindi, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan rejali tekshirishlar bekor qilindi.
2019 yilning I choragi yakunlari bo’yicha loyihalarni amalga oshirishga 16,4 trln so’m hajmda kreditlar ajratildi, iqtisodiyotda investitsiyalarni o’zlashtirish hajmlari 1,3 baravarga, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 2,3 baravarga o’sdi.
SHu bilan birga, tahlil hozirgi vaqtda aholini tadbirkorlik faoliyatiga kengroq va faol jalb etishga to’sqinlik qiluvchi, birinchi navbatda davlat organlarining tadbirkorlar bilan muloqot qilishning amaliy va shaffof tizimi mavjud emasligi bilan bog’liq bo’lgan bir qancha salbiy omillar saqlanayotganligini ko’rsatadi. Xususan:
birinchidan, tadbirkorlarni qabul qilish va murojaatlarini ko’rib chiqishning yagona tizimi mavjud emas, bu esa yuzaga kelayotgan masalalarni to’liq qamrab olish va tezkorlik bilan hal etish imkonini bermayapti, tadbirkorlarning muammolari va murojaatlarini hal etishga yuzaki munosabatda bo’lish holatlari mavjud;
ikkinchidan, mavjud tizimli muammolarni tahlil qilish bo’yicha ishlarning samarali amalga oshirilmasligi aholining tadbirkorlik faolligini oshirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash masalalarini sifatli hal qilish imkonini bermayapti;
uchinchidan, tadbirkorlikni rivojlantirishga va qulay investitsiya muhitini shakllantirishga to’sqinlik qiluvchi muhim muammolarni aniqlash va hal etish bo’yicha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning ta’sirchan mexanizmi mavjud emas;
to’rtinchidan, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilishga, shuningdek ularning qonuniy talablarini aniqlash va tezkorlik bilan hal qilishga hamda muammolarni bartaraf etishga yetarlicha e’tibor berilmayapti;
beshinchidan, tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlashda, ayniqsa joylarda byurokratik to’siqlar va g’ovlar uchrab turibdi, «Har bir oila — tadbirkor» dasturi va tadbirkorlarning kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga yo’naltirilgan tashabbuslarini o’z vaqtida amalga oshirish, ushbu jarayonga yoshlar va xotin-qizlarni jalb qilish, barqaror yangi ish o’rinlari yaratish, aholi turli toifalarining moddiy farovonligini oshirish barcha darajadagi hokimliklar va ularning rahbarlari tomonidan zarur darajada qo’llab-quvvatlanmayapti.
Tadbirkorlarning, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish, ular bilan ochiq va to’g’ridan-to’g’ri muloqotni ta’minlash, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro’yobga chiqarish va muammoli masalalarni hal etish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga real hissani ko’paytirish, aholining ish bilan bandligini oshirish va uning moddiy farovonligini o’stirish maqsadida:
1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Savdo-sanoat palatasining O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalarini (keyingi o’rinlarda — Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari) tashkil etish to’g’risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari faoliyatining asosiy yo’nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
tadbirkorlik sub’ektlarini hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, shu jumladan, videokonferentsaloqa vositasida va sayyor qabullarni o’tkazish;
tadbirkorlik sub’ektlarining, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash;
tadbirkorlikni rivojlantirishga to’sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko’rib chiqish va mavjud byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari va binolar, kreditlar ajratish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi to’siqlarni bartaraf etish;
tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga to’sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash;
tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida ularni qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish uchun samarali platforma joriy etilishini nazarda tutuvchi «business.gov.uz» yagona interaktiv portali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati (keyingi o’rinlarda — Kotibiyat) 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
4. Quyidagilar:
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
tumanlar va shaharlardagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari ishini tashkil etish sxemasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. SHunday tartib o’rnatilsinki, unga muvofiq:
Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalarida tadbirkorlarni, shu jumladan chet ellik investorlarni qabul qilish hokimliklar, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka ko’maklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspektsiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlarning hududiy organlari vakillari ishtirokida tasdiqlangan jadval bo’yicha har kuni amalga oshiriladi;
murojaatda ko’rsatilgan qonuniy talablar va takliflarni tuman va shahar darajasida qanoatlantirish imkoniyati bo’lmasa, ular Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalariga yuboriladi;
respublika darajasida hal etilishi kerak bo’lgan tadbirkorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning murojaatlari keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasining rahbarlari va boshqa vakolatli organlar ishtirokida ko’rib chiqish uchun Kotibiyatga yuboriladi;
O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri murojaatlari vakolatli organlar tomonidan hal etilmagan tadbirkorlik sub’ektlarini, shu jumladan chet ellik investorlarni doimiy asosda shaxsan qabul qiladi;
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining qarori talab etiladigan tadbirkorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning murojaatlari Kotibiyat tomonidan unga ko’rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun kiritiladi;
tadbirkorlarning murojaatlarida ko’rsatilgan masalalarni tartibga soluvchi normalar mavjud bo’lmagan taqdirda, Kotibiyat tomonidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqiladi va O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga belgilangan tartibda ko’rib chiqish uchun kiritiladi;
Kotibiyat O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirishga to’sqinlik qilayotgan sabablar va sharoitlarni hududlar va sohalar kesimida doimiy ravishda tahlil qiladi va tizimlashtiradi, O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo’yicha har chorakda aniq takliflar kiritadi.
6. Belgilansinki:
Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalarida tadbirkorlarning davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shuningdek boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan murojaatlari ko’rib chiqiladi;
qarori yoki harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga murojaatlarni ko’rib chiqish uchun asossiz topshirish taqiqlanadi;
Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari o’z faoliyatini Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlikka ko’maklashish markazlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy markazlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradi;
Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi o’rinlarda — sektorlar), davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlik sub’ektlarining muammolarini aniqlaydilar va ularning hal etilishini ta’minlaydilar;
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlarining tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo’yicha faoliyati to’g’risidagi axborotni har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida muhokama qilish uchun kiritadilar, ushbu axborot bo’yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitiladi.
7. Quyidagi hisobot tizimi amaliyotga joriy etilsin, unga muvofiq:
a) tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari har oyning 5 sanasigacha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalariga amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi hisobotni hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga va investitsiyalarni jalb qilishga to’sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklar to’g’risidagi axborotni kiritadilar;
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari rahbarlari har oyning 7 sanasigacha Kotibiyatga amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi yig’ma-tahliliy axborotni hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga va investitsiyalarni jalb qilishga to’sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish bo’yicha asoslangan takliflarni kiritadilar;
Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari faoliyati natijalari har chorakda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining raisligida alohida yig’ilishlarda, shu jumladan, videokonferentsaloqa orqali ko’rib chiqiladi;
b) Kotibiyat O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tadbirkorlardan, shu jumladan chet ellik investorlardan Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarning ko’rilishi jarayoni haqida har haftada axborot kiritadi;
v) O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri har chorakda O’zbekiston Respublikasining Prezidentini:
Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalarining ishi natijalari, tadbirkorlar hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash yuzasidan davlat organlari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar haqida;
qabul qilingan qarorlar yoki mansabdor shaxslarni rag’batlantirish yoxud ularni tadbirkorlik sub’ektlarining, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini yuzaki ko’rib chiqqanligi yoki ko’rib chiqishdagi harakatsizligi uchun shaxsiy javobgarlikka tortish bo’yicha takliflar to’g’risida xabardor qiladi.
8. Quyidagilarga:
adliya vaziri R. Davletovga — Davlat xizmatlari agentligi bo’linmalarining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari bilan samarali o’zaro hamkorligi, qonun hujjatlaridagi bo’shliqlar va kamchiliklarni hal etish bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining o’z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari ta’minlanishi bo’yicha choralar ko’rilishi uchun;
Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikramovga — Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari tomonidan tadbirkorlarning qabul qilinishini tashkil etishda yordam berish, hududlar va boshqaruv organlari kesimida tadbirkorlikni rivojlantirishga to’sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqilishi uchun;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil D. Qosimovga — Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalariga murojaat qilgan tadbirkorlarga yordam berish bo’yicha amaliy choralar ko’rilishi hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi uchun nazorat qiluvchi va boshqa organlarning aybdor mansabdor shaxslarining javobgarlikka tortilishi uchun;
investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqovga — Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalariga chet el investitsiyalarini jalb qilish va ular ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish bilan bog’liq muammolarni hal etishda, shuningdek tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirishiga ko’maklashish uchun;
Hisob palatasi raisiga — Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalariga kelib tushgan tadbirkorlar murojaatlarining vakolatli organlar tomonidan o’z vaqtida ko’rib chiqilishini nazorat qilish, ularning murojaatlari bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar sifati va Vazirlar Mahkamasiga aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo’yicha takliflar kiritilishi uchun;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga — Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari bilan samarali o’zaro hamkorlik qilinishi, tadbirkorlar muammolarining xolisona va adolatli hal etilishi, murojaatlarni ko’rib chiqish natijalari to’g’risida tegishli Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalariga, shu jumladan, «business.gov.uz» yagona interaktiv portalidan foydalangan holda xabar berilishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
9. Belgilab qo’yilsinki:
Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalarining shtat birligi tegishli Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari apparatlarining, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy bo’linmalarining shtat birliklarini 5-ilovaga muvofiq qisqartirish hisobiga shakllantiriladi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, shuningdek tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari xodimlarining Yagona tarif setkasi bo’yicha razryadlari va ular mehnatiga haq to’lash fondi tarkibi 6 va 6a-ilovalarga muvofiq belgilanadi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, shuningdek tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari xodimlariga ilgari ishlagan joyida ko’p yillik mehnati uchun berilgan ustamalar va qo’shimcha haq, harbiy (maxsus) unvonlar va martaba darajalari saqlanib qoladi;
Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalarining boshqaruv xodimlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
10. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalarini tegishli davlat xizmatlari markazlari binolarida joylashtirish yuzasidan bir hafta muddatda O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga ko’rib chiqish uchun takliflar kiritsin.
“Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyat bo’lib, o’z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir.Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi
Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun ixtiyoriy asosda, ishtirokchilarning ulushli yoki umumiy mol-mulk, shuningdek ishtirokchilardan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik sub’ektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona faoliyatni faqat yuridik shaxs sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Ushbu korxona ishtirokchilari va yollanma xodimlarining umumiy soni kichik tadbirkorlik sub’ektlari xodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan o’rtacha yillik sonidan ko’p bo’lishi mumkin emas. Bunda oilaviy korxona ishtirokchilarining eng kam soni ikki kishidan oz bo’lmasligi kerak.
Oila boshlig’i, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga to’lgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tug’ishgan hamda o’gay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, tog’a va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, ishtirokchilarning muomala layoqati qonunga muvofiq tartibda cheklangan bo’lmasligi kerak. Davlat organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi taqiqlangan boshqa shaxslar oilaviy korxona ish bo’lishi mumkin emas.
Bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning o’zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo’la olmaydi.
Oilaviy korxonaning ustav fondi pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, boshqa mol-mulk, jumladan pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar yoki o’zga shaxsga o’tkaziladigan boshqa huquqlar hisobidan shakllantiriladi. Yagona uy (kvartira) oilaviy korxonaning ustav fondiga kiritilishi mumkin emas. Oilaviy korxona ishtirokchilari oilaviy korxonaning ustav fondiga korxona ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan tartibda o’zlari kiritadigan mol-mulkni mustaqil ravishda belgilaydi.
Oilaviy korxonaning ustav fondi korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun hujjatlar taqdim etiladigan sanadagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining o’n baravari miqdoridan kam bo’lmasligi kerak.
Oilaviy korxonaning mol-mulki oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan uning ustav fondiga kiritiladigan mol-mulkdan, qarz mablag’lari va kreditlar hisobiga olingan mol-mulkdan, tovarlarni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarishdan, xizmatlar ko’rsatishdan olingan va oilaviy korxonani rivojlantirishga yo’naltirilgan daromadlardan, shuningdek bu daromadlar hisobiga olingan mol-mulkdan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag’lardan tarkib topadi.
Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo’lganda amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy korxona aktsiz solig’i to’lanadigan mahsulotni ishlab chiqarishni va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalar kavlab olishni, shuningdek yuridik shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliq yoki yagona yer solig’i to’lash nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirishi mumkin emas.
Oilaviy korxona faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va materiallardan, yuqori bosimli asbob-uskunalardan hamda inson va atrof-muhit uchun katta xavf tug’diradigan boshqa asbob-uskunalardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Oilaviy korxona foydalanishi mumkin bo’lmagan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarning ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
SHuningdek, oilaviy korxona tomonidan sanoat tusidagi faoliyatni ko’p kvartirali uyning turar joylarida amalga oshirishga yo’l qo’yilmaydi.
Qonunning 22-moddasiga binoan oilaviy korxona:
- ishtirokchilar va yollanma xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitlarini, ijtimoiy muhofaza choralarini ta’minlashi shart hamda ularning hayotiga yoki sog’lig’iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi;
- ishtirokchilar va yollanma xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilanganiga nisbatan imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni mustaqil ravishda belgilashga haqli.
- ishtirokchilar va yollanma xodimlarning ishlagan vaqti davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha badallar to’langanligini tasdiqlovchi hujjatlar va qonun hujjatlaridabelgilangan tartibda yuritiladigan mehnat daftarchasidagi yozuvlar asosida mehnat stajiga qo’shiladi;
- ishtirokchilari va yollanma xodimlari hayotiga yoki sog’lig’iga mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki ular o’z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararning o’rnini qoplash bo’yicha o’z fuqarolik javobgarligini ish beruvchi sifatida qonun hujjatlarida belgilangan shartlar va tartib asosida sug’urtalashi shart.
Davlat oilaviy korxonaning huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Davlat organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
foydalanilmayotgan yashash uchun mo’ljallanmagan joylar ularda tovarlar ishlab chiqarishni (ishlar bajarishni, xizmatlar ko’rsatishni) tashkil etish uchun oilaviy korxonaga ijaraga berilishini;
ishlab chiqarish maydonlari qurish uchun oilaviy korxonaga yer ajratilishini;
oilaviy korxona ishlab chiqarish ob’ektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini;
oilaviy korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun maxsus joylar berilishini ta’minlaydi.
Oilaviy korxonaning mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oilaviy korxona qonun hujjatlariga muvofiq har qanday faoliyat turi bilan shug’ullanishi mumkin hamda bitimlar tuzishda erkindir. Texnologiyalarni, ishlab chiqariladigan mahsulotning assortimentini tanlashda, mahsulot narxini hamda uni realizatsiya qilish yo’nalishlarini belgilashda davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo’l qo’yilmaydi.
Oilaviy korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko’pi bilan to’rt yilda bir marta amalga oshiriladi.Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati u davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilmaydi, bundan byudjet mablag’laridan va markazlashtirilgan mablag’lardan hamda resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog’liq tekshirishlar mustasno.
Oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) uchun foydalangan taqdirda, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti) haqini aholi uchun belgilangan tariflar bo’yicha va shartlar asosida to’laydi.
Kommunal xizmat ko’rsatish, elektr va gaz ta’minoti korxonalari zarur kommunikatsiya tarmoqlarining oilaviy korxona faoliyati amalga oshirilayotgan joygacha yetkazilishini hamda ulanishini aholi uchun belgilangan tariflar bo’yicha va shartlar asosida ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |