maning ottenkasi deb ataladi.
Jahon tilshunosligi oldida Praga tilshunoslik to`garagining katta xizmati shundaki, fonologiyani ilmiypredmet sifatida shakllantirdi. Praga tilshunoslik to`garagining fonologik kontseptsiyasi N.S.Trubetskoyning "Fonologiya asoslari" kitobida mujassamlagan. N.S.Trubetskoy kontseptsiyasi bo`yicha fonologik sistema leksik va grammatik ma`nolarni farqlash uchun xizmat qiladigan fonologik oppozitsiyalar (PFM bo`yicha fonologik qaramaqarshiliklar) majmuasi sifatida talqin qilinadi. U fonologiyada asosiy rolni fonemalar emas, balki ularning ma`no farqlash funktsiyasi o`ynashini ta`kidlaydi. Har qanday fonema fonologik oppozitsiya sistemasi ma`lum tarkibga yoki strukturaga ega bo`lganligi uchun ham fonologik mazmunga ega bo`ladi. Fonema abstrakt birliksifatida qaraladi. Konkret tovushlar fonemaning moddiy simvollari hisoblanadi. Fonema moddi jihatdan bir qancha tovushlar orqali reallashishi mumkin. Bunday reallashgan har xil tovushlar shu fonemaning variantlari sanaladi. Praga tilshunoslari variantlarni tasniflab, ularni majburiy, fakultativ va individual variantlarga bo`ladilar. Majburiy variantlar, o`z navbatida pozitsion, kombinator va uslubiy variantlarga ajratiladi. Fonemaning urg`uga, so`z xarakteriga, nutq melodikasiga xoslangan variantlaripozitsion; nutq oqimida yondosh fonemalar ta`siridagi variantl kombi-nator; talaffuz uslubi bilan xoslangan variantlari uslubiy variantlar sanaladi (To`liq uslub, og`zaki uslub va boshqalar). Bir pozitsiyaning o`zida so`z ma`nosini o`zgartirmagan holda o`zaro almashinib kelgan variantlar fakultativ variantlardir. Fakultativ variantlar ko`pincha dialektal farqlanishlar natijasida vujudga keladi. Masalan, boring-barin. Ayrim kishilarning nutq xususiyati bilan bog`liq variantlar individual variant hisoblanadi. N.S.Trubetskoy fonologik oppozitsiyalarni uch asosga ko`ra tasnif qiladi: 1. Oppozitsiya sistemasi munosabatiga ko`ra; 2. Oppozitsiya a`zolari o`rtasidagi munosabatta ko`ra; 3. Turli pozitsiyalarda ularning amal qilishiga ko`ra. Birinchi belgiga ko`ra bir o`lchovli, ko`p o`lchovli, proportsional va ajralgan oppozitsiyaga bo`linadi. Ikkinchi belgiga ko`ra, privativ (oppozitsiya a`zolaridan biri belgining bor yo`qligi bilan ikkinchisidan farq qiladigan oppozitsiya), gradual (nutq apparatining ochilishi darajasiga asoslangan oppozitsiya, masalankirkar), teng qimmatli (mantiqan har ikki a`zo teng huquqli bo`lgan oppozitsiya) oppozitsiyalarga ajratiladi. Uchinchi belgiga ko`ra esa doimiy va neytrallashgan oppozitsiyalarga bo`linadi. Neytrallashish jarayonida oppozitsiyaga kirishayotgan fonemalar o`rtasida fonologik qimmatga ega bo`lgan belgi yo`qoladi. Lekin umumiy belgilari saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |