Adobe Photoshop dasturining matn va grafik shakllar yaratish ish qurollari
Matn –Type (tekst)-[T] –tasvirga matn qo`shish. Ushbu ish qurol ishlatilgandan keyin yangi qatlam paydo bo`ladi(Text Layer).
Xususiyatlar qatorida quyidagilar faol bo`ladi:
Oddiy matn yoki matn chegaralari holati.
Matn yo`nalishini o`zgartirish.
Matn shriftini o`zgartirish.
Matn harflar ko`rinishini o`zgartirish (qalin, yotiq, tagiga chiziqli).
Matn harflar kattaligini o`zgartirish.
Matni chegaralar turini o`zgartirish.
Matni abzatsda joylanishi: chap, o`rta, o`ng tomon.
Matn rangini o`zgartirish sohasi.
Warp Text –matnni qiyshaytirish holatlari.
Palettes tugmasi-matn xususiyatlarini o`zgartirish oynasi bilan ishlash.
Тўртбурчак_Rectangle [U] – тўртбурчак чизиш.
Айланасимон тўртбурчак Rounded Rectangle-[U]- чизиш.
Aylana- Ellipse [U] -chizish. Ko`pburchak –Poly-[U] – ko`pburchak chizish.
Chiziq –line –[U] – to`g`ri chiziq chizish.
Maxsus shakllar –Gustom Shape (proizvolnaya figura)-[U] har xil tayyor shakllar chizish.
Xususiyatlar qatorida quyidagilar faol bo`ladi:
Shakl chizilish holatini o`zgartirish tugmalari (Yangi qatlamda –Greate New Shape Layers, fakat yo`l Greate New Work Path, faol qatlamda -Filled Region).
Shakl turini tanlash tugmalari.
Shakl chizish yo`llari (Unconstrained –ixtiyoriy, Square teng tomonli, Fixed Size ko`rsatilgan o`lchamli, Proportional –proporsiyali).
Layer Style rang bilan bo`yash turi.
Qo`l –Hand -[H] –agar rasm ekranga to`liq sig`masa, u holda bu ish qurolini tanlab sichqoncha yordamida rasmni siljitish mumkin. Rasmni ekranning o`ng va pastki qismlarda joylashgan ko`rib chiqish sohalar orqali xam siljitish mumkin, ammo bu ish quroli yordamida siljitish qulayroq va bu ish qurolini hohlagan vaqtda «bo`sh joy» (probel) tugmasini bosgan holda vaqtinchaga yoqib turish mumkin. Probelni qo`yib yuborsangiz ish qurol yana avvalgi holatiga qaytadi.
Xususiyatlar qatorida quyidagilar faol bo`ladi:
Actual Pixels (Strl+Alt+0) -100% ekran holatiga o`tish tugmasi. Ushbu holatda rasmning bir pikseli ekrandagi 1 pikselga mos bo`ladi.
Fit On Screen (Ctrl+0) – to`liq ekran holatiga o`tish tugmasi. Bu tugma yordamida rasm oyna hajmigacha cho`ziladi.
Print Size – kog`ozga bosmalanganda qanday chiqishini ko`rsatuvchi tugma.
Lupa-Zoom –[Z] –ekrandagi rasmni ko`rish masshtab foizini o`zgartirish. Yaqinlashtirish va uzoqlashtirish uchun sichqoncha bilan kerakli rasm qismiga ko`rsatib bosish lozim. Buyruqlari: Zoom Out[Ctrl+minus]- uzoqlashtirish, Actual Pixels [Ctrl+Alt+0] –rasmni 100% ekran holatiga o`tish tugmasi, [Ctrl+Alt+plyus] –rasmni oyna bilan birgalikda kattalashtirish, [Ctrl+Alt+minus] –rasmni oyna bilan birgalikda kichkinalashtirish, Fit On Screen [Ctrl+0] - rasm va oynani to`liq ekran holatiga o`tkazish.
Xususiyatlar qatorida quyidagilar faol bo`ladi:
Resize Windows To Fit - rasmni oyna bilan birgalikda o`zgartirish holatini yoqish.
Ignore Palettes – oyna kattalashganda o`ng tomondagi yordamchi sohalar orqasiga o`tish mumkinligi yoki mumkin emasligini o`zgartirish.
Actual Pixels[Ctrl+Alt+0]- 100% ekran holatiga o`tish tugmasi, Ushbu holatda rasmning 1 piksell ekrandagi 1 piksellga mos bo`ladi.
Fir On Screen [Ctrl+0] –to`lik ekran holatiga o`tish tugmasi. Bu tugma yordamida rasm oyna hajmigacha cho`ziladi.
Print Size kog`ozga bosma kilish tugmasi.
Pero (Pen) –[P]- sichqoncha yordamida nuqtalar orqali shaklni yaratish. Variantlari:
1.Ixtiyoriy pero (Freeform Pen)-[P] sichqoncha yordamida harakat orqali shaklni yaratish.
2.Yangi nuqta qo`shish (Add Anchor Point –[yo`q] - sichqoncha yordamida shaklga yangi burilish nuqta qo`shish.
3.Nuqta o`chirish (Delete Anchor Point) –[yo`q]- cichqoncha yordamida shakldan burilish nuqtasini o`chirish.
4. Nuqta o`zgartirish (Convert Point) –[yo`q]- shakl nuqtalarining joylashishini o`zgartirish.
Izohlar(Notes) –[N] – rasmning ixtiyoriy qismiga matnli izoh qo`shish. Variantlari:
1. Tovush izohlar(Audio Annotation) –[N] – rasmning ixtiyoriy qismiga mikrofon orqali tovushli izoh qo`shish. Paydo bo`lgan oynada Start buyrug`i bilan boshlaymiz va Stop bilan to`xtatamiz. 2. Tomizgich(Eyedropper)- [I] – Ixtiyoriy rangni qayta asosiy rang qilib tanlash. Nuqta sichqoncha yordamida qo`yiladi. 3. Ranglarni solishtirish (Color Sampler)-[I].
Measure (O`lchagich) asbobi –[I]- Rasmdagi masofani aniqlash uchun qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |