Fotografiyali effektlar
Photoshop dasturi fotografiyalar bilan ishlash uchun juda keng imkoniyatlar yaratadi. Bu dastur hozir asosan rastrli va vektorli grafika bilan ishlash uchun mo`ljallangan bo`lsada, uni ftografiyalar bilan ishlashda ham ishlatish mumkin. Photoshop imkoniyatlaridan biri «retushirovaniye» imkoniyati bo`lib uning yordamida fotografiyalarning mexanik buzilishini tuzatishdan tortib bu rasmga istalgancha ishlov berish, kosmetika berish ishlari imkoniyatlari ham kiradi.
Photoshopda stilizatsiya qilish
Stilizatsiyalash deb u yoki bu stilni imitatsiya qilish, ya’ni uning eng muhim xususiyatlarini qisman yoki to`liq ifodalash yoki uning umumlashgan tasvirini yaratish tushuniladi. Eng sodda va tabiiy stilizatsiyalash — bu avvalo ob’ektning hamma muhim xususiyatlari bilan rasmini chizish, so`ngra rasmni oldingi variantidagi muhim bo`lmagan detallarini olib tashlab, faqat rasmga uning stiliga tegishli harakterli detallarini qoldirib boshqatdan chizish tushuniladi.
Zamonaviy grafik paketlar, shu jumladan Photoshop dasturlari masalalarida ham bosh masala tayyor tasvirlardan foydalanish, masalan fotografiyalardan foydalanib yangi tasvirlar yaratish yoki eski tasvirlarni restovratsiya qilishdan iborat. Photoshopda keng tarqalgan stilizatsiya - bu qalamda yaratilgan tasvirlarni eski fotografiya sifatida stilizatsiya qilishdan iboratdir.
9-mashq.
Fotografiyalarni rasmlarga stilizatsiya qilish
Oddiy fotografiyalarni osongina rasmlarga aylantirish mumkin. Bu ishni oddiy kanallar orqali amalga oshirish mumkin. Shuni qayd qilish lozimki, bu holda albatta fotografiya sifatli bo`lishi lozim. Fotografiyalarni stilizatsiya qilish variantlarini Internetda juda ko`plab topish mumkin: (http://www.psd.ru/, http://www.myjanee.com/, http://zanaveski.km.ru/). Ulardan birining usulidan foydalanamiz.
Avvalo dastlabki fotografiya tayyorlanadi. Tasvir oq-qora fonda bo`lib, undan hamma detallar o`chirilishi lozim (1-rasm).
4.31-rasm. Dastlabki tasvir 4.32-rasm. Keraksiz detallar
o`chirilgan
Kuyidagi buyruq bilan tasvirni CMYK rejimiga o`tkazamiz:
Image→Mode→CMYK Color (Izobrajeniye→Rejim→CMYK Color).
Channels oynasidagi Create new channel knopkasiga tasvirni sudrab o`tkazib tasvirning oq –qora tasvirini olamiz. Avtomatik ravishda unga Black copy nomi beriladi. Yaratilgan alfa-kanal Black copyni faollashtiramiz va Image→Adjustments→Brightness/Contrast buyrug`i bilan tasvirning yorug`ligini va kontrastligini o`zgartiramiz. Ko`rilayotgan misolimizda Brightness kiymati 5 ga, Contrast qiymati esa 35ga teng. Natijada quyidagi tasvirga ega bo`lamiz:
4.33- rasm.
Endi tasvirga ko`rinish beramiz. Buning uchun tasvirning sariq kanal nusxasini yaratishimiz lozim (uning nomi avtomatik ravishda Yellow copy bo`ladi), so`ngra yangi Layer1 qatlamini xosil qilamiz. Unga Yellow copy kanalini yuklaymiz, Select→Load selection (Videlit→Zagruzit videleniye) buyrug`i bilan, bunda Load selection muloqat oynasida Invert (Inversiya) bayroqchasi o`rnatilgan bo`ladi. Endi tasvirni kerakli rang bilan to`ldiramiz: Edit→Fill (Redaktirovat→Zapolnit) buyrug`i bilan, xususan yashil rang bilan. Endi tasvirga yoyilish koeffitsiyenti 17 piksel bo`lgan Filter→Blur→Gaussian Blur filtrini qo`llaymiz (4.34-rasm):
4.34-rasm.
Endi stilizatsiyalangan fotografiya uchun yangi Layer2 qatlamini yaratamiz va uni biron bir rang bilan to`ldiramiz (masalan ochiq jigarrang). So`ngra Layer2 qatlamiga alfa-kanal Black copy ni yuklaymiz(Invert bayroqchasi o`rnatilgan holda):
4.35- rasm.
Oxirgi qadamda Layer2 qatlami Layer1 qatlami ustiga qo`yiladi. Shundan keyin hamma qatlamlar Flatten Image buyruђi bilan birlashtirilishi lozim:
4.36-rasm. Natija tasvir
Do'stlaringiz bilan baham: |