5-ma’ruza: «Turkiston muxtoriyati» milliy demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi Reja



Download 40,11 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2022
Hajmi40,11 Kb.
#450074
  1   2
Bog'liq
5-ma\'ruza


5-ma’ruza: «Turkiston muxtoriyati» milliy - demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi
Reja:

  1. Muxtoriyatning sovetlar tomonidan tor-mor etilishi

  2. Turkiston Muxtoriyatining mag’lubiyati sabablari

  3. Mahally aholining muxtoriyatning kuch bilan yo’q qilinishidan olgan saboqlari

Toshkent Sho‘ro hukumati 1918-yil yanvaridan e’tiboran Tur­kiston Muxtoriyatini tugatish maqsadida ochiqdan-ochiq amaliy harakatlami boshlab yubordi. Buni o‘sha yili 19-26-yanvarda bo‘lib o‘tgan Turkiston o‘lkasi Sho‘rolarining IV qurultoyi qabul qilgan qarorlar yaqqol ko‘rsatdi. Qurultoyda so‘zga chiqqan Toshkentda Sho‘ro raisi bolshevik I.O.Tobolin bunday degan edi: «Biz nafaqat Rossiya haqida, balki mehnatkashlar to‘g‘risida qayg'uryapmiz, agar xalq xohish-irodasi bu o‘lkaning Rossiyadan ajralib chiqishini referendum orqali hal etishni istasa, uning ajralib chiqish huquqini saqlab qolamiz»1.


1.0 .Tobolin о ‘ z so ‘ zining oxirida qurultoy qatnashchilari e ’tiboriga muhokama etilayotgan masala yuzasidan bolsheviklar fraksiyasi qarori matnini o‘qib berdi: «Inqilobchi sotsial-demokratlar partiyasi proletariat Muxtoriyatini tashkil etish uchun harakat qiladi», shu bois deputatlaming kasaba Sovet (soyuz) lariga jalb etib, musulmon proletariatining sinfiy ongini ko‘tarish» bo ‘ у icha proletariat ommasini tayyorlash asosiy masala etib e’lon qilinadi. Muxtoriyatni e’lon qilish masalasi esa noaniq muddatga kechiktirib qoldiriladi.
Turkiston Shorosi IV olka qurultoyi Turkiston muxtoriyatiga munosabat masalasini qizgin muhokama qilib turgan bir paytda Turkiston muxtoriyati hukumati qurultoy nomiga telegramma yuboradi. Telegrammada 1918-yil 20-martda «umumiy, to‘g‘ridan- to‘g‘ri, teng va yashirin ovoz berish asosida» Turkistonda Ta’sis majlisi chaqirish tadoriki borligi ma’lum qilinadi. Telegrammada yana shu narsa ta’kidlanadiki: «Turkiston Ta’sis majlisi xalqlaming barcha orzu-istaklarini amalga oshirishga da’vat etilgan bo‘lib, Turkiston muxtoriyatida o‘lkaning oz sonli aholisi va mehnatkash xalq huquqlarini himoya qilib, Rossiya inqilobi tomonidan oldinga surilgan demokratik qonun-qoidalar bilan to‘la kelishgan holda demokratiyani tashkil etadi».
Ana shu munosabat bilan muxtor Turkistonning Xalq Majlisi (milliy majlis) yana bir marta Turkiston xalqlariga «Xalq majlisi tomonidan mazkur holatning (moddaning) ishlab chiqilayotgani, hayotga tadbiq etilishi yuzasidan choralar ko‘rilayotganini baralla ma’lum qilishni o‘z vazifasi deb biladi»2.
Ammo shunga qaramasdan Turkiston o‘lkasi Sho‘rosining IV Qurultoyi Turkiston muxtoriyati hukumatini tan olishdan bosh tortdi, uning a’zolarini qonundan tashqari deb e’lon qildi va hatto ularning boshliqlarini qamoqqa olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Xususan masalani yanada o‘tlashtirgan holat Bayramali ishchi va askar deputatlari sho‘ro hukumatining «... boylar tomonidan e’lon qilingan Qo‘qon hukumati tan olinmasin, uning a’zolari esa qonundan tashqari deb topilsin, boshliqlari qamoqqa olinsin!», degan talabidan so‘ng kuchayadi. Qumltoy qarorida bunday deyilgan edi: «Inqilobiy sotsial-demokratlar partiyasi bir to‘da ms va musulmon reaksionerlari boshchiligidagi burjua muxtoriyatiga qarshi shafqatsiz kurash e’lon qiladi va o‘lkada proletar muxtoriyati tuzishga intiladi»3.
Turkiston Muxtoriyatiga qarshi boshlangan siyosiy xuruj va qirg‘inbarotningotashinvafaoltashkilotchilariI.O.Tobolin,F.Kolesov, Ye.Babushkin, Turkiston harbiy komissari Ye.Perfilev va boshqalar bo‘ldilar. Ular o‘z faoliyatlarida qonxo‘r bolsheviklar partiyasi va qizil mustamlakachi saltanat Sho‘ro hukumatining yo‘lboshchilari V.I.Lenin, I.Stalin va boshqa bolsheviklaming to‘g‘ridan-to‘g‘ri buymq va ko‘rgazmalarini ado etdilar.
Turkiston Muxtoriyati rahbarlari 1918-yil boshlarida Toshkentda o‘zlariga qarshi mislsiz fojiaviy qirg‘inga tayyorgarlik ketayotganda zo‘r matonat va irodani ishga solib muxtoriyatni mustahkamlash yo‘lidagi qiyinchiliklarga qarshi sabr-toqat bilan ishlayotgan edilar. Bu qiyinchiliklar nimalardan iborat edi? Eng asosiy qiyinchilik, birinchidan, mahalliy aholi siyosiy saviyasining milliy istiqlol talablari darajasida emasligi edi. Turkiston Muxtoriyatini himoya qilish, uni qo‘llab-quwatlashda istiqlol harakati kuchlaming birlasha olmaganligida ko‘rindi. Ikkinchidan, yanada katta qiyinchilik - Turkiston Muxtor hukumatining yashab qolishining sharti bo‘lgan moddiy qiyinchilik edi. Bu ham, albatta, yana birinchi qiyinchilikka borib taqaladi. Bolsheviklar Oktabr to‘ntarishini Germaniya hukumatining bergan bir milliard nemis markasi evaziga amalga oshirganlari yuqorida ta’kidlandi. Turkiston Muxtoriyatida bunday imkoniyat yo‘q edi. Moddiy tayanchsiz, mablag‘siz hech narsa qilib boimasdi. «Ulug‘ Turkiston» gazetasida 1918-yil 4-yanvarda Potelyaxovning yozishicha, Turkiston muxtoriyatiga yahudiylar yarim million so‘m yordam tariqasida berishgan. Namangan va Andijon banklari juda qiyinchiliklar bilan 500 ming so‘mdan pul ajratganlar. Albatta bu mablag‘lar muxtor hukumat sarf qilishi lozim bo‘lgan xarajatlar oldida urvoqqa arzimas edi. Chunki birgina «Birlik tug‘i» gazetasini moliyaviy qo‘llab turish uchun 5 ming so‘m, «Svobodniy Turkestan» uchun esa 50 ming so‘m xarajat qilinar edi. Qo‘shinni ta’minlash uchun ketadigan moliyaviy xarajat to‘g‘risida gapirmasa ham bo‘ladi. Bu davrda qo‘shinlar sonining xalq milisiyasidan tashqari 2 mingga yetganligi yuqorida aytildi.
Uchinchidan, eng muhim qiyinchilik - Turkiston muxtoriyatini ko‘krak kerib himoya qila oladigan milliy qo'shinning yo‘qligi edi. Atigi 2 ming, buning ustiga yomon qurollangan, asosan tayoq, bolta, ketmon, oshpichoq, qilich, ayrimlari pilta miltiq bilan qurollangan qo‘shin tish-timog‘igacha zamonaviy qurollar: samolyotlar, o‘zi yurar tanklar, bronepoezdlar, nayzali besh otar miltiqlar, pulemyotlar bilan qurollangan qizil askarlarga qarshi turolmas edi. Buning ustiga

  1. yil 19 yanvarda Qizil qoshinlar Orenburgni qolga kiritgach, Moskva bilan Toshkent ortasida uzilib qolgan aloqa tiklandi. Natijada Markazdan Turkistonga qo‘shimcha kuchlar va qurol-aslaha yuborish imkoniyati tug‘ildi. Bu hoi o‘z navbatida milliy istiqlol jabhasi kurashchilarining vaziyatini yanada og‘irlashtirdi.

Toshkent Sho‘ro hukumati Turkiston Muxtor hukumatining keng mehnatkashlar ommasi o‘rtasida chuqur tomir otishiga imkon bermaslik maqsadida 1918-yil yanvaming oxirlaridan e’tiboran qurolli hujumga tayyorlana boshladi va ig‘vogarlik
bahonalar izlashga turdi. Qo‘qon Sho‘ro hukumati ixtiyoriga eng ashaddiy qizil gvardiyachilami, avstro-venger harbiy asirlari va asosan dashnoqlardan tashkil topgan kallakesar qismlami yubordi.

  1. 30-yanvarda Qo‘qonda favqulodda vaziyat mislsiz darajada keskinlashdi. Bu vaziyat arzimagan bir bahona uchquni ila o‘t olib ketishi hech gap emas edi. Ana shunday bir sharoitda 30 yanvarda Qo‘qon ishchi va askar deputatlari Kengashining majlisi bo‘ldi. Unda Turkiston muxtoriyatini daf etishni amalga oshiruvchi organ - inqilobiy qo‘mita tuzildi. Uning raisligiga bolshevik Ye.G.Babushkin saylandi. Inqilobiy qo‘mita tarkibiga tub yerli aholi vakillaridan birorta kishi kiritilmadi.

Qo‘mita o‘z qo‘lida chegaralanmagan hokimiyatni mujassam- lashtirdi. Unga kattavakolatlar, jumladan, favqulodda choralarko‘rish, hamma narsani sho‘ro hokimiyatini himoya qilishga bo‘ysundirish va safarbar etish huquqi berildi. Inqilobiy qo‘mita oldidagi eng asosiy bosh vazifa Muxtoriyat hukumatini tugatish, shahar aholisini qurolli kuch bilan sho‘ro hokimiyatini tan olishga majbur qilish, «Inqilobiy tartib» o‘matishdan iborat edi. Inqilobiy qo‘mita ishni ishchilar va temir yo‘lchilami qurol bilan ta’minlashdan boshladi.
Ayniqsa bolsheviklaming Qo‘qon shahridagi arman millatiga mansub dashnoqlami: baqqollar, sartaroshlar, vino sotuvchilami qurollantirishlari haddan tashqari jirkanch maqsadlami ko‘zlar edi. Toshkent, Skobelev, Andijon, Namangan va boshqa shaharlardan harbiy madad so‘rab murojaat qilindi. 30-yanvarga о‘tar kechasi noma’lum kishilar guruhlari atayin ig‘vogarlik bilan bahona uchun Qo‘qon telefon stansiyasiga, Qo‘qon Sho‘ro binosiga hujum uyushtirdilar.
Bu hujum Qo‘qonda qizil qo‘shinlarining ommani qirg‘in qilishni boshlashi uchun shunchaki bir bahona bo‘ldi. Xuddi shu kuni 30- yanvarda Qo‘qondagi inqilobiy qo‘mita Toshkentga - I.O.Tobolinga, F.Kolesovga va Skobelev shahriga telegraf orqali xabar qildi va zudlik bilan yordam berishni so‘radi. Inqilobiy qo‘mita aholiga qarata murojat qabul qildi. Murojaatda sodir etilgan voqealar uchun barcha va asosiy ayb muxtoriyatchilarga qo‘yildi. Inqilobiy qo‘mita o‘z tarkibidan maxsus guruh tuzdi va uning oldiga muxtoriyat hukumati a’zolarini hibsga olish vazifasini qo‘ydi.
Inqilobiy qo‘mita Turkiston Muxtoriyati a’zolariga 31-yanvarda ultimatum topshirdi va 2 soat muddat bilan taslim bo‘lishni talab qildi. Lekin Mustafo Cho‘qayevning xotirlashicha, «31-yanvar, kunduz soat 12 da Xo‘qand bolsheviklarining bizga bergan ultimatumini tekshirib o‘tganimizda birdan to‘xtovsiz miltiq ota boshladilar, bu miltiq otuvchilar bolsheviklar bo‘lib chiqdi. Bolsheviklarning ultimatumida bizga 2 soat muddat tayin etilgan va ul muddat 2 soat 20 minutda to‘lar edi: Nechundir alar shartnomasiga xilof harakatga kirishib muomala yo‘lin kesdilar. Sho‘roi islomiya yurtinda hukumat qo‘shinlaridan boshqa xalqda jiyilg‘an edi. Bolshevik soldatlari yaqinlashib kelarlar, degan xabami eshitib boshqa xalq tarlan kibik hukumat kishilarida ikkinchi bosh qo‘shurg‘a yo‘l qolmagach tarqalishdilar. Chunki xalq muvaqqat hukumatning (Qo‘qon muxtoriyati - mualliflar) halida bo‘lsa kelishurmiz, bolsheviklarga qarshi qurol ko‘tarmangiz» - degan so‘ziga quloq solmay, har qaysi borincha so‘g‘ish asboblarin olib o‘ramg‘a chiqdilar. Bolsheviklarning va’dalarindan ilk ota boshlovlari xalqning ko‘nglina, alar muvaqqat hukumatigina tug‘il, butun xalqqa qarshi harakat boshladilar, degan qo‘rquv soldi. Bu vaqt muvaqqat hukumatining yo‘li butunlay kesilgan edi. Qo‘qonda boigan bu ko‘ngilsiz voqeani siyosiy sabablaridan boshdan oyoq yozuvni hozirgi zamon ko‘tarmiy»'.
Ana shu tariqa, Qo‘qon shahrida bolsheviklar musulmon xalqlami qirib tashlashdan iborat dahshatli fojiani boshlab yubordi. Turkiston oikasi Xalq Komissarlar Kengashi Turkiston Muxtoriyatiga chetdan keladigan har qanday yordamning oldini olish choralarini ko‘rdi. 1918-yil 14-fevralda Butun Farg‘ona vodiysida harbiy holat e’lon qilindi. Farg‘ona temir yo‘lida esa qamal holati joriy etildi. Toshkent, Samarqand, Namangan shahar dumalari yopildi va faoliyatlari to‘xtatildi. Sobiq general-gubemator kanselyariyasi tugatildi. Paxta zahiralari musodara etildi, neft qazib chiqarish, baliq sanoati va boshqalar milliylashtirildi. Dinning davlatdan va maktabning dindan ajratilganligi e’lon qilindi.
Albatta, bunday og‘ir sharoitda Turkiston Muxtoriyati o‘zini-o‘zi himoya qilishga ojiz edi. U boshlangan dahshatli qirg‘inga qadar tinch vositalar yo‘li bilan hokimiyatni qo‘lga olishga ishonar edi. Shunga qaramay Turkiston Muxtoriyati qo‘shinlari oddiy qurollar bilan bo‘lsa-da, shahami uch kun davomida himoya qildilar. Kofirlarga qarshi norozilik e’lon qilgan muxtoriyatchilaming shiori «Turkiston -turkistonliklar uchun» edi.
Muxtor hukumat vaziyatning nihoyatda og‘ir ekanligini hisobga olib, so‘nggi imkoniyatini ishga soldi va bolsheviklar bilan boshlangan muzokara tashabbuskori bo‘ldi. Bu muzokara 17 fevralda boshlandi. Muzokarada muxtoriyatchilar quyidagi talablami o‘rtaga qo‘ydilar: 1. Shahami birgalikda boshqarish va uning tarkibida muxtoriyatchilaming ko‘proq vakillari bo‘lishini ta’minlash. 2. Harbiy qal’ani shu organning nazorati ostiga olish. 3. Milisiyadan boshqa barcha kuchlami qurolsizlantirish. 4. 0‘lka Sho‘ro hukumatining shariatga zid dekretlarini bekor qilish.
Ammo bolshevik Ye.G.Babushkin rais bo‘lgan inqilobiy qo‘mita muxtoriyatchilaming bu takliflarini qat’iyan rad etdi. 18 fevral kuni muzokara yana davom ettirildi. Muxtor hukumat nima bo‘Isa ham o‘rtada qon to‘kilmasligi uchun harakat qildi. Harbiy vazir polkovnik M. Chanishev inqilobiy qo‘mitaga ultimatum qo‘yib, soat 4 gacha qal’ani topshirishni talab etdi. Ammo musulmon ishchi va dehqonlar konferensiyasi qatnashchilari ultimatumni qaytarib olishni talab qildilar.
«Sho‘roi Ulamo» jamiyati o‘z tarafdorlari bilan bunga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar va ultimatumni qaytarib olishga qarshilik qildilar. Muxtoriyat hukumati a’zolari o‘rtasida o‘zaro ixtilof kelib chiqdi. Hukumat rahbari Mustafo Cho‘qaev iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Uning hukumat mahkamasi ag‘darildi, o‘zi esa yaqin kishilari bilan hukumatni tashlab, Qo‘qonni tark etishni lozim topdi.
Muxtoriyat hukumat Harbiy kengashi raisi M.Chanishev va uning eng yaqin safdoshlari — ms ofitserlari qamoqqa olindi. «Sho‘roi Ulamo» vakillarining yordami bilan Muxtoriyat hukumati militsiya- siga boshchilik qiluvchi Ergash hukumat rahbari va bosh qo‘mondon etib tayinlandi. Ana shu tariqa Muxtor hukumatda davlat to‘ntarisbi yuz berdi. Hokimiyat ashaddiy murosasiz kuchlar qo‘liga o‘tib qoldi. Turkiston Muxtoriyatidagi bu bo‘linish Sho‘rolarga qo‘l keldi. Ular bu qulay vaziyatdan foydalanib, Qo‘qon shahriga hujumni yanada kuchaytirdilar. Ayniqsa, 18-19-fevralda Ye.O.Perfilev Toshkentdan Qo‘qonga yetib kelgach, ahvol yanada j iddiylashdi. Uning ixtiyorida ikki eshelon harbiy qismlar bor edi. Otliq askarlar, artilleriya va piyoda qismlarga ega bo‘lgan Turkiston o‘lkasi harbiy komissari, so‘l eser, vahshiy - Qo‘qonni uch tarafdan qurshab oladi.


Download 40,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish