Pog’onalari va ularning vazifasi. TCP/IP protokollari steki modeli 4 ta pog’onadan iborat (RFC 1122): tarmoq interfeyslari (kanal) pog’onasi, tarmoq pog’onasi, transport pog’onasi, amaliy pog’ona.
Kanal pog’onasi. Yuqorida keltirilgan talablarning barchasi turli tarmoqlarda ishlaydigan aloqa o’rnatmaydigan pog’onada paketli kommutatsiyalanadigan tarmoqni tanlashga olib keldi. Modeldagi eng quyi pog’ona, kanal pog’onasi oldindan aloqa o’rnatmasdan tarmoq po’onasi ehtiyojlarini qondirish uchun ketma-ket liniyalari va klassik Ethernet kabi kanallar qanday va nima qilishi kerakligini tavsiflaydi. Bu so'zning normal ma'nosida umuman pog’ona emas, balki uzatish kanallari va tugunlari o'rtasidagi interfeys. TCP/IP modelidagi dastlabki materiallarda bu haqda kam narsa aytilgan.
Tarmoq pog’onasi. Bu talablarning barchasi oldindan aloqa o’rnatishsiz tarmoq pogonasiga asoslangan paketli kommutatsiyalangan tarmoq modelini tanlashga olib keldi. U 5.1-rasmda ko'rsatilgan va OSI dagi tarmoq pog’onasiga taxminan mos keladi. Internet pog’onasi yoki tarmoqlararo pog’ona deb ataladigan ushbu pog’ona butun arxitekturaning asosidir. Uning maqsadi har bir xost paketlarni istalgan tarmoqqa jo'natish va mustaqil ravishda o'z manziliga (masalan, boshqa tarmoqda) o'tish imkonini berishdir. Ular yuborilganidan butunlay boshqacha tartibda ketrishlari mumkin. Agar ketish tartibi talab etilsa, bu vazifa yuqori pog’onalar tomonidan amalga oshiriladi. E'tibor bering, "Internet" so'zi bu erda o'zining asl ma'nosida ishlatilgan, garchi bu pog’ona Internetda mavjud bo'lsa ham.
Bu yerda pochta tizimi bilan o'xshashlikni ko'rish mumkin. Bir kishi bir mamlakatdagi pochta qutisiga bir nechta xalqaro xatlarni tashlashi mumkin va omadi kelsa ularning ko’p qismi boshqa mamlakatlardagi to'g'ri manzillarga yetkaziladi. Yo‘lda xatlar bir nechta xalqaro pochta shlyuzlari orqali o‘tishi mumkin, ammo bu pochta xodimlari uchun sir bo‘lib qoladi. Har bir mamlakat (ya'ni, har bir tarmoq) pochta xizmati foydalanuvchilariga ko'rinmaydigan o'z markalari, o'ziga xos konvert o'lchamlari va etkazib berish qoidalariga ega bo'lishi mumkin.
Tarmoq pog’onasi rasmiy paket formatini va IP protokolini belgilaydi, qo'shimcha protokol ICMP (Internet Control Message Protocol, tarmoq xabarlarini boshqarish protokoli) deb ataladi. Internet protokolining vazifasi IP-paketlarni o'z manzillariga etkazishdir. Bu erda asosiy e'tibor paketlarni marshrutlash va transport arteriyalarini blokirovka qilishdan qochishdir (garchi IP tirbandlikni oldini olishda samarali ekanligi ko'rsatilmagan).
5.1-rasm. TCP/IP etalon modeli
Do'stlaringiz bilan baham: |