Gidrodinamikaning asosiy tushunchalari:
Siqilmaydigan suyuqlik –zichligi birday bo'lgan va vaqt bo'yicha o'zgarmaydigan suyuqlik. Bu fizik abstraktsiya.
Barcha suyuqliklar, muhitni yopishqoqlik xususiyatlari bilan shartlashilgan bo'lib, ichki ishqalanishga ega.
Ideal suyuqlik - ishqalanishni ichki kuchlariga ega bo'lmagan abstrakt suyuqlik.
Turg'un (o'rnatilgan) oqim - suyuqlikni egallayotgan fazoning har bir nuqtasidagi tezligi o'zgarmas qoladigan harakati. Tajriba ko'rsatadiki, turg'un oqimlar suyuqlik oqimini yetarlicha kichik tezliklarida yuzaga keladi.
Tutash idishlar- bir biri bilan ulangan ikkita va undan ko'p idishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |