Sistema bloki himoya g‘ilofiga о‘ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. U keys deb xam ataladi.
Elektron sxemalar yaxlit asosga yig‘ilgan bо‘lib, asosiy plata (ona plata / motherboard) deyiladi.
Kompyuterning eng asosiy xususiyatini asosiy platada joylashgan protsessor (inglizcha CPU — Central Processing Unit — jarayonlarni boshqaruvchi markaziy qurilma) deb ataluvchi elektron sxema belgilaydi. U kompyuterning barcha qurilmalarini boshqaradi va uning turiga qarab kompyuterga baho beriladi.
Biz ma’lumotlarni (kino, klip qо‘shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar) daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay olamiz. Kompyuterda ham ma’lumotlarni uzoq vaqt saqlab qо‘yish imkoniyati bor. Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklar ishlatiladi. Magnit disklarning qattiq va egiluvchan turlari mavjud.
Qattiq disklar vinchester (inglizcha HDD — Hard Disc Drive — qattiq disk) deb atalib, odatda u sistema blokida joylashtiriladi. Vinchester ikki turga bо‘linadi (ATA, SATA).
Kompakt disklardagi ma’lumotlarni о‘qish uchun CD-ROM yoki DVD-ROM qurilmasi ishlatiladi. Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma’lumotlar kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli ularni umumiy nom bilan kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz.
Shuningdek, tezkor xotira (inglizcha RAM — Random Access Memory) qurilmasi mavjud bо‘lib, u ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborot va dasturlarni о‘z ichida saqlaydi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanadigan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda о‘chib ketadi.
О‘z vaqtida ishtatilgan yoki ishlatilayotgan tezkor xotiralar quyidagilardir:
SIMM 30
30 bо‘linmalik SIMM (Single Inline Memory Module — Yagona qatorda joylashgan xotira moduli). 286 — 486 protsessorli kompyuterlarda ilgari ishlatilgan. Xozirda tarixga aylangan.
SIMM 72
72 bо‘linmalik SIMM. Ushbu xotira ikki turga bо‘lingan: FPM (Fast Page Mode) va EDO (Extended Data Out). FPM turi 486 protsessorlik va birinchi Pentium kompyuterlarida 1995 yilga qadar ishlatilgan. Sо‘ngra EDO turi yaratilgan. Tashqi kо‘rinish jihatidan ikki turi bir xil, faqat markerlangan qog‘ozi yordamida ajratsa bо‘ladi.
DIMM
Ushbu xotira turi SDRAM (Synchronous DRAM — Baravar ishlaydigan xotira) deb ham nomlangan. 1996-2001 yillar oralig‘ida kо‘pgina Intel chipsetlari, shu qatorda Pentium va Celeron protsessorlari ham ushbu xotira turini ishlatgan. Keyinroq DDR asri boshlanib, simm va dimm turlari tarixga aylangan. Hozirgi kunda yangi davr — DDR (DDR2, DDR3) xotiralari davri deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |