Oliy maktab muammolarining tadqiqotchilari quyidagi tadbirkorlik va evristik o’yin turlarini farqlaydilar:
1. Mutaxassislar orasida o’z vazifalarini, dasturlar va rollarini taqsim qilish asosidagi tadbirkorlik va evristik o’yinlar. Bunday mutaxassislar sirasiga quyidagilar kiradi:
• kelgusida ishlash kutilayotgan muassasada faol ijodiy ishlovchilarni va ulami ishlab chiqishda, aniqlash bilan band bo’lgan «vazifa tadqiqotchilari»;
• ijodiy guruhdagi barcha ishtirokchilarningfaolligi sathida shu guruhning o’ziga xos katalizatorlik vazifasini bajaruvchi «faollashtiruvchilar»;
• ilmiy muammoning echimiga yordam beradigan yo’llar va betakror fikrlar taklif qiluvchi «g’oyalar ishlab chiquvchi» talabalar;
• g’oyalarning tugilishiga va ulaming boshqa ijodiy gumh a’zolari tomonidan idrok qilinishiga yordam beradigan «rezonator» (tarqatuvchi) , talabalar;
• muammoni echishning eng maqbul (optimal) variantini qayta ishlab chiqish va topish bilan band bo’lgan «nazoratchi» talabalar.
Bunday o’yinlarni muayyan obektda o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Rahbarlar va o’qituvchilar oldindan rollarni belgilab qo’yadilar. Masalan, agar o’yin konstruktorlik byurosining tuzilmasini o’zlashtirishga qaratilgan bo’lsa, quyidagilar belgilanadi:
• «KB boshligi»;
• «Bosh konstruktor»;
• «Ixtirochi»;
• «Opponent»;
• «chizmakash»;
• «tekshiruvchi»;
• «maslahatchi»;
• «nazoratchi» va b.
Shundan so’ng quyidagilar tuzib chiqiladi:
• har birining egallaydigan vazifalari va xatti-harakatlari bahosi bo’yicha yo’riqnoma;
• o’yin jarayonining asosiy davriyligi bo’yicha dastur ishlab chiqiladi.
O’yin jarayonida tortishish, musobaqalashish (bahs-munozara yuritish), ruhiyatining bo’lishini ta’minlash zarur.
O’yin o’tkazish chog’ida «buyurtmachi» rolini bajaruvchi rahbar u yoki bu tadbirlarning bajarilish sifatiga va bu tadbirlarda rol ijro etgan (qatnashgan, ishtirok etgan) talabalarga baho beradi. Shu baholar asosida butun guruhning hamda alohida talabalarning rol ijro etishi bahosi chiqariladi.
Bunday o’yinlarni tashkil etish bo’lg’usi mutaxassis qobiliyatini diagnostika qilishni taqozo qiladi. Shu maqsadda talabalarni rol ijro etishlarini almashtirib turish ham tavsiya etiladi. Chunki har bir talaba u yoki bu rolda o’z imkoniyatlarini sinab ko’ra olsin, ya’ni «oddiy»dan «KB boshlig’i» darajasidagi rollarni ijro etishga imkoniyat berilsin.
2. Ijodiy faoliyatning biror bosqichida muayyan strategiya, taktika va metodlarni qo’llash malakasini shakllantirishga qaratilgan tadbirkorlik va rol o’yinlari.
Masalan, «Ilmiy-tadqiqot ishlarida ma’ruza, munozara» tarzidagi o’yin.
Bu o’yindagi asosiy rollar quyidagicha bo’lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |