Bog'liq 5-maruza. Mikroorganizmlar gen muxandisligi
To‘qima tipdagi plazminogen aktivatori (TAPg).
Tabiiy TAPgni hujayralarni o‘stirish metodi yordamida olinadi. Preparat olishni asosiy manbai-odam melanomasi hujayralari hisoblanadi; bunday ferment-mTAPgni molekulyar massasi 72 kDa va o‘stirish va tozalash sharoitlariga qarab bir yoki ikki zanjirli shaklda olinishi mumkin. Melanoma to‘qimalaridan olinadigan TAPgni tozalash uchun affin xromatografiya usulidan foydalaniladi. Rekombinant TAPgni ishlab chiqarishda (uni alteplaza deb nomlangan) karvonboshi AQSHning “Genentech” firmasi va “Boehringer Jngelheim”( bu firma alteplazani “activase” va “actilyse” nomlari bilan ishlab chiqariladi) firmalari hisoblanadilar.