Materiallar va resurslar sarfini me’yorlash. Materiallar (resurslar) sarfi deb – bu tashkiliy texnologik va texnologiya taraqqiyoti sharoitida birlik hajmi, ishni bajarish yoki birlik miqdor mahsulot ishlab chiqarish uchun etarli bo‘lgan miqdor tushuniladi. Material resurslarni to‘g‘ri me’yorlash moddiy texnik ta’minotni kafolatli faoliyat ko‘rsatish uchun kafolatdir va unga hizmat qiladi. Qurilish jarayonini uzliksiz davom etishi va uning tezligi ma’lum darajada resurs va materiallar bilan to‘g‘ri ta’minlanishiga bog‘liq. Buning uchun esa bajarilgan loyihalar yuqori aniqlikdagi me’yorlardan foydalanish asosida tuzilishi lozim. Me’yorlashda ilg‘or qurilish tashkilotlarining tajribasiga va texnik iqtisodiy hisoblash natijalariga asoslanish kerak. Texnik asoslangan me’yorlar oxirgi natijada o‘z aksini ko‘rsatadi.
Qurilish materiallarini me’yorlashning quyidagi metodlarini belgilash lozim:
Ishlab chiqarish tajribaviy;
Labaratoriya tajribaviy;
Analitik hisoblash.
Materiallarni me’yorlashning ishlab chiqarish tajribaviy metodida materiallar sarfi haqiqiy ob’ektda amalga oshiriladi. Unda ma’lum ishni, qurilishni bajarish jarayonida barcha tashkiliy – texnik sharoitlarni va mehnat muxofazasi sharoitlarini hisobga olgan holda tadqiqot qilinayotgan material sarfi hisobga olinadi. Bu metod asosan qurilishda ma’lum material bo‘yicha yo‘qotishlarni tuzatishni imkoniyati kam bo‘lgan turlari bo‘yicha qo‘llaniladi, masalan beton qorishmasi, sochiluvchan materiallar, eritmalar, bo‘yoqlar va boshqa shunga o‘xshashlar.
Tajriba – laboratoriya metodi asosan ishlab chiqarish sharoitida emas, aksincha labaratoriya sharoitida materiallar sarfini o‘lchovlari va tajribalari o‘tkaziladi. Bu ma’lum darajada amaliyotda, ishlab chiqarish sharoitidan farq qiladi. SHuni hisobga olib laboratoriya tajriba ishlarini o‘tkazishda maksimal darajada sharoitni ishlab chiqarishga yaqinlashtirishga harakat qilish lozim.
Analitik – hisoblash metodi bu nazariy xarakterga ega. Bunda materiallar sarfi hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Hisoblash ishlarini bajarishda albatta ma’lumotlar to‘plash va boshqa ishonchli ma’lumotlarga asoslanadi. Qurilishda materialga (resursga) bo‘lgan talabni aniqlash hamda rejalashtirishda sarf me’yorlarining ikki xili qo‘llaniladi. Bular yiriklashgan va ishlab chiqarish sarflar me’yoridir. Material sarfini yiriklashgan me’yorlar odatda qurilish – montaj ishlarining ma’lum summasiga, masalan 1 mln. so‘mga to‘g‘ri keladigan miqdordir. Bu asosan qurilishni tashkil qilish loyihalarida qo‘llaniladi. Materiallar (resurslar) sarfining ishlab chiqrish me’yorlari alohida ish turi uchun belgilanadi. U birlik xajm, X masalan 1m3 beton uchun beriladi. Bular asosan ishni bajarish loyihasida qo‘llaniladi. Birlik mahsulot ishlab chiqarish yoki ishni bajarishda yo‘qotishlarni hisobga olmay sarflanadigan material (resurs) miqdori sof me’yor hisoblanadi.
Aksariyat materiallar yoki resurslar ishlatishda qandaydir darajada qayta ishlashni talab etadi va ishlanadi. Shu sababli, materiallardan foydalanishda yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yiladi. Bu ilojsiz holat. Qayta ishlashda chiqindilar ham hosil bo‘ladi. Ularni boshqa asosiy ishdan boshqa joylarda ishlatilishi mumkin. Materiallarni yo‘qotishlar asosan ularni tashishda, saqlashda bo‘ladi. Yo‘qotishlarning ayrimlarini tuzatish mumkin. SHuning uchun u sarf me’yorida hisobga olinmaydi. Me’yorda faqat bartarf qilib bo‘lmaydigan yoki qiyin tuzatiladigan yo‘qotishlar hisobga olinishi kerak. Materiallar sarfining texnik asoslangan me’yorlarning strukturasi quyidagi ifoda bilan belgilanishi mumkin.
bu yerda - material sarfining sof me’yori; q1- barcha chiqindilar; q2 – foydalaniladigan chiqindilar; q3 – barcha yo‘qotishlar; q4 – bartaraf etiladigan yo‘qotish.
Qurilish ishlab chiqarishida yiriklashgan va ishlab chiqarish me’yorlaridan tashqari smeta me’yorlari ham qo‘llaniladi, qaysiki ular loyiha smeta hujjatlarini tuzish bosqichida foydalaniladi. Smeta me’yorlari ko‘plab materiallar turlarini qamrab oladi. Fanda smeta me’yorlarining to‘rt ko‘rinishi farqlanadi: