5-ma’ruza. Mavzu: Kanallardagi rostlovchi inshootlar. Reja: Kanal. Kanallarning vazifalari



Download 320,1 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2022
Hajmi320,1 Kb.
#468235
1   2   3
Bog'liq
5-ma'ruza

Suv o‘tkazib berish usuliga ko‘ra kanallar o‘zi oqar va mashinali (suv manbasidan suv nasoslar yordamida kanalga yetkaziladi) turlariga bo‘linadi.


Kanallarning ko‘ndalang kesimlari
Kanalarning ko‘ndalang kesimlari to‘g‘ri burchakli, trapesiya, poligonal, parabolik shakllarda loyihalanadi (5.1-rasm)



5.1-rasm. Kanallarining ko‘ndalang kesimlari:
a-yarim qazima-yarim ko‘tarmali trapetseidal; b-poligonal; d-parabolik; e-chuqur qazimali; f-ko‘tarmali; g-yo‘l va rezerv joylatirilgan; h,i-qiya tog‘ yon bagirli; j-qoyali gruntlarda. 1-ko‘tarma; 2-berma; 3-qoplama chegarasi; 4-daraxt ekilgan rezerv; 5-suv olib ketuvchi ariq; 6-inspektorlik yo‘li;

Kanallarning ko‘ndalang kesimlari ularning vazifasiga, qurilish usuliga, muhandis-geologik va trassasi bo‘yicha topografik sharoitlariga hamda ishlash rejimi, suv o‘tkazish qobiliyati qoplama bilan qoplanganligiga bog‘lik ravishda qabul qilinadi. Kanalning suv o‘tkazish qobiliyati qabul qilingan xisobiy tezlik asosida qabul qilinadi. Kanalning minimal tezligi loyqa yig‘ilmaslik sharti bo‘yicha qabul qilinadi. Eng katta tezlik qoplamasiz kanallar uchun foydalanish sharoitlaridan kelib chiqqan holda yuvilib ketish tezligidan katta bo‘lib ketmasligi kerak.


Bosh sug‘orish kanallarida katta tezliklar sug‘orish maydonlariga suv uz oqimi bilan o‘tkazishni kamaytiradi, energetik kanallarda energiya yo‘qolishga olib keladi. Kema o‘tkazuvchi kanallar oqim tezligi kema qatnoviga qarshilik qilmasligi kerak.
Har-xil geologik va topografik sharoilarda kanal trassasi bo‘yicha va uning ba’zi bir uchastkalarida har-xil ko‘ndalang kesimlar qabul qilinadi.
Qoyamas gruntlarda kanal ko‘p incha trapesiadal va poligonal kesimli yarim qazima-yarim ko‘tarma kesimda o‘tkaziladi (5.1-rasm, a,b). Ba’zi bir hollarda ishlab chiqarish sharoilaridan kelib chiqqan holda parabolik kesimga yaqin qilib qabul qilinadi (5.1-rasm, d). Bu holda damba balandligini kamaytirish uchun kanal kengroq va chuqurligi kamroq loyihalanadi.
To‘liq qazimada o‘tgan kanal uchastkalariga (5.1-rasm,e) har 5…8 m dan keyin balandligi bo‘yicha kengligi 1 m dan kam bo‘lmagan bermalar o‘tkaziladi. Odatda, ishlab chiqarishdan kelib chiqqan holda berma kengligi 3 m gacha qabul qilinadi.
Ba’zi bir hollarda kanallar to‘liq ko‘tarmada loyihalanadi (5.1-rasm, f). Bu holda yig‘ilgan toshqin suvlarini o‘tkazib yuborish uchun-quvurlar o‘rnatishga to‘g‘ri keladi.
Berma yoki damba yukorisi kanaldagi maksimal suv sathidan 0,2…2 m baland qilib loyihalanadi (5.1-rasm, g). Damba yuqorisining kengligi 4 m gacha qabul qilinadi. Kanalning ikkinchi tomonidan kengligi 7 m dan kam bo‘lmagan inspektorlik yo‘li loyihalanadi. Chuqurligi 5 m dan yuqori bo‘lgan kanallarning qiyaliklari ustuvorlikka tekshiriladi. Kanal bo‘yicha rezervlar joyi damba tashqi qiyaligi ustuvorligini ta’minlash asosida tanlanadi.
Qiya tog‘ yon bag‘irlari uchastkalarda joylashgan kanallarda tuproq ishlari xajmini kamaytirish uchun odatda ularda damba barpo etilgan yarim qazima-yarim ko‘tarmali trapesiadal kesimli qabul qilinadi (5.1-rasm, h). Tik yon bag‘irlarda odatda kanalning bir tomonidan beton devor o‘rnatiladi (5.1-rasm, i).
Qoyali va yarim qoyali jinslarda kanal qiyaliklariga yetarlicha tiklik beriladi (5.1-rasm, i), ba’zi bir holatlarda ular vertikal qilib loyihalanadi. qoyali jinslardagi yon bag‘irli qiyaliklar qiymati ularning mustahkamligiga, yoriqlar borligiga bog‘liq holda m=1…0,25 qabul qilinadi.
Gidromeliorativ tizimlardagi kanallarda suv oqimi rostlash inshootlari yordamida boshqariladi va ular rostlovchi (shlyuz-rostlagichlar) inshootlar deb ataladi.
Rostlovchi inshootlarning vazifasi suv manbaidan bosh kanalga suvni olish, kanalga suvni taqsimlash, suv sathini rostlash, kanalni to‘liq yoki qisman bo‘shatish, kanallarda to‘plangan loyqalarni gidravlik usul bilan yuvish, iste’molchilarga beriladigan suvni o‘lchash hamda avariya holatlarida suvni tashlab yuborishdan iborat.
Rostlovchi inshootlar quyidagi belgilar: vazifasi bo‘yicha va konstruksiyasiga ko‘ra tasniflanadi

Download 320,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish