Terrorchilik harakatiga qarshi kurash olib borilayotgan paytda kurashayotgan shahslarga qonunga binoan quyidagi huquqlar beriladi:
zaruriyat tug'ilganda ko'chada harakatlanuvchi transport vositalarini hamda yo'lovchilarni cheklash va ta'qiqlash;
transport vositalarini ayrim hududlarga va ob'ektlarga kiritmaslik, hatto chet el diplomatik vakolatlarining konsultik transportlari ham;
aholini havfli deb topilgan hududlardan, korhona, uy, bino, va boshqa ob'ektlardan chiqarib yuborish;
jismoniy shahslarning shahsini aniqlash uchun ushlab turish;
terrorchilikka qarshi operatsiya o'tkazayotgan shahslarning qonuniy talabini bajarmagan, terrorchilik harakati sodir bo'layotgan hududga suqilib kirishga uringan yoki shunday harakatlar sodir etayotgan shahslarni ushlash va tegishli organlarga olib borish;
kechiktirish kishilar hayotiga havf solayotgan bo'lsa, terrorchilik harakati ishtirokchilarini ta'qib qilib istamagan paytda bino, korhona, ish joyi, uy va boshqa joylarga mone'liksiz kirish;
terrorchilar harakatiga qarshi kurash olib borayotgan hududdan chiqayotgan yoki kirayotgan transport vositalarini, jismoniy shahslarni tekshirish;
zaruriyat tug'ilganda, jismoniy shahslarning aloqa va transport vositalaridan foydalanish (bunga chet el diplomatik vakolathonalari hodimlarining aloqa va transport vositalari kirmaydi);
Terrorchilikka qarshi kurashda mavjud bo'lgan qurol va tehnikalardan foydalanish mumkin.
Terrorizmga qarshi kurash jarayonida ommaviy ahborot vositalari bilan hamkorlikka ish olib boriladi. Shu bilan birga quyidagi ma'lumotlarning tarqalishiga yo'l qo'yilmaydi. Jumladan:
terrorchilik harakatini bartaraf etish va yo'q qilish uchun mahsus tehnika usullari va taktik yondashish jarayoni;
o'tkazilayotgan operatsiyani qiyinlashtirib qo'yadigan, jismoniy shahslar hayoti va sog'lig'iga havf tug'diradigan ma'lumotlar;
terrorchilik harakatlariga hayrihohlik bildiradigan;
terrorchilik harakatini bartaraf etish faoliyat ko'rsatayotgan va ularga yordamlashayotgan shahslar haqidagi ma'lumotlardir;
Mamlakat barqarorligi aholining tinch va farovon hayotini buzilishiga qarshi ko'rsatuvchi shahslar ququqiy va ijtimoiy himoya qilinadi. Bu haqda "Terrorizmga qarshi kurash haqidagi" qonunning 25, 26, 28 bandlarida ko'rsatib o'tilgan.
Demak, terroristik harakatlar va ular olib kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarning olidini olish uchun sergak bo'lishi, atrof - muhitga e'tibor bilan qarash muhim ahamiyat kasb etadi. Mobodo shubhali buyumlar aniqlanganda ularga tegmaslik, joyidan qo'zg'atmaslik, ko'tarmaslik, ichini ochmaslik lozim. Zudlik bilan tegishli organlarga habar berish kerak.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
Terrorizimning necha turi mavjud?
Terroristik harakatlarning hususiyatlari nimalardan iborat?
Halqaro terrorizm va uning salbiy illatlarini ayting?
Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki haqida gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |