3.Lingafon sinflarining jihozlanishi va bajariladigan mashg’ulotlar turlari.
Lingafon kabineti- (lot. Lingua- til va yun. Phone-tovush, nutq) – tovush texnikasi, proyeksion va kinoproyeksion apparatlar bilan jihozlangan maxsus auditoriya (sinf). O’quvchi (talaba) larga audiovizul usul bilan o’zga til nutqini, talaffuz shaklini o’rganilayotgan til muhitini yaratish, ona tilining nutq madaniyatini o’rganish ustida mustaqil ishlash, shuningdek, teatr va san’at o’quv yurtlarida mutaxassislik bo’yicha professional- ijrochilik mahoratini egalash uchun qulay sharoit yaratadi. Lingafon kabineti apparaturasi (magnitafonlar, elektrofonlar, mikrafon- telefon kuchaytirgichi va boshqalar) o’qituvchiga har bir o’quvchining muayyan o’quv materiali ustida mustaqil ish olib borish va buni nazorat qilish , bir vaqtning o’zida muayyan o’quvchilar guruhi uchun bir nechta o’quv dasturini kiritish, o’quvchilarning nutqlarini yozib olish va qaytadan yodga tushirish, kinofilmlarni sharhlashga yordam beradi.
Lingafon xonalari va fanozollar o’quv jarayonida yakka tartibda shug’ullanish, “to’g’ri” va “teskari” aloqa prinsipini amalga oshirish, o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga berilgan yordam va nazoratni kuchaytirish, o’quvchilarning o’zaro muloqot tartibida va mustaqil ishlarni ta’minlash kabi bir qator didaktik imkoniyatlarga ega.
Optik usulda yozilgan fonogrammani qayta eshittirish qurilmasining sxemik tuzilishi quyidagilardan tashkil topgan: tovush karnayi, elektron kuchaytirgich, fotoelement, mikroobyektiv, kinoplyonka, ovoz o’quvchi lampa, yorug’lik nuri, fonogramma.
O’quv jarayonida LK-68, LKFPO-70, YAL-3M, OLKM-1M, OL9, OL12, ELFA-01 va boshqa tipdagi lingafon qurilmalaridan keng foydalaniladi. Bu qurilmalarning ishlash prinsiplari deyarli bir xil bo’lsa-da, ular bir-biridan texnik tuzilishi va didaktik imkoniyatlari bilan farq qiladi. LK-68 lingafon kabineti 24 o’quvchiga mo’jallangan bo’lib, ikki programma asosida ishlaydi. Uning tarkibiga o’qituvchi stoli, boshqarish pulti, MP-65 tipidagi 2 ta magnitafon, elektroproigrivatel Koncert-M, o’quvchining shaxsiy pulti, TA-56 tipidagi 25 dona telefon, MD-200 tipidagi 25 dona mikrafon kiradi. O’qituvchi stolida MP-65 tipli ikkita magnitafon, boshqarish pulti joylashtiriladi. Stolning o’ng tomonida Koncert-M elektrofoni o’rnatiladi. Bundan tashqari, 1GD-28 tipli ikkita tovush karnayi va UL tipli elektron kuchaytirgich ham bor. Boshqarish pultida 26 ta tumbler bo’lib, ular o’quvchilar stolidagi kuchaytirgichlarni ulash uchun xizmat qiladi. Tumbler uch holatli (o’ng, chap, neytral) bo’lib, chap holatda 1-programmani, o’ng holatda esa 2- programmani ulaydi. Neytral holatda esa ikkalasini ham o’qituvchi stolidagi kuchaytirgichni 1- va 2- programmaga ulaydi. Tumbler T26 chap va o’ng holatda tovush karnayini 1- va 2- programmaga ulaydi. Birinchi programma bo’yicha 5 turdagi ishni, ya’ni “ magnitafonga yozuv” , “qayta eshittirish”, “mustaqil ish”, “birinchi programmada yozuv” rejimlarini preklyuchatel P2 ta’minlaydi. Vklyuchatel VKL o’qituvchi stolidagi boshqarish pulti, magnitafon paneli va elektrofonni elektr kuchlanish manbaiga ulaydi. O’qituvchi boshqarish pultidagi dastak R1 kuchaytirgichni, dastak R2 esa tovush karnayi va tovush balandligini boshqaradi. O’qituvchi stolidagi mikrafon fishka F yordamida, tovush telefoni esa TV yordamida ulanadi.
Lingafon qurilmasi LK-68 darsning quyidagi tarkibiy qismlarida qo’llanishi mumkin:
Tovushni bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilar radiokarnay yoki xususiy telefonlar orqali eshitadilar;
Gramplastinkaga yoki magnit lentaga yozib olingan tovushni bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilar radiokarnay yoki xususiy telefonlar orqali eshitadilar;
Birinchi guruh o’quvchilar 1- programma, ikkinchi guruh o’quvchilar 2-programma bo’yicha gramplastinkaga yozib olingan tovushni eshitadilar;
2-5 kishidan iborat o’quvchilar guruhi o’zaro muloqot tartibida ishlaydilar;
O’qituvchi bitta o’quvchi bilan yoki 2-5 kishidan iborat o’quvchilar gruppasi bilan ishlaydi;
Har bir o’quvchi o’z nutqini magnit lentasiga yozib olib, qayta eshitadi;
O’qituvchi stolidagi bir magnitafondan ikkinchisiga magnit lentaga yozilgan tovushni ko’chirish imkoni bor;
O’quvchilar muloqot tartibida mustaqil ish olib borayotganlarida ularni to’xtatib, o’qituvchi kerakli ko’rsatma berishi mumkin.
YAL-3M lingafon qurilmasi yuqorida ko’rsatilgan LK-68 qurilmasiga nisbatan qator afzalliklarga ega. Uning tarkibida proeksion apparatlar(“LETI”, “Proton”, “Ukraina-5”) bo’ladi. Bulardan tashqari qurilma tarkibida xonani qorong’ilatish mehanizmi ham bor. YAL-3M lingafon qurilmasining boshqarish pulti yordamida quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin:
Bir vaqtning o’zida uch programma bo’yicha ishlash;
O’quvchilar ish o’rinlarining 2 kishiga moslanganligi;
O’qituvchining o’quvchilar guruhi bilan yoki yakka tartibda ishlashi;
O’quvchilar hamda o’qituvchilar nutqini magnitafonga yozib olish;
Fonogramma va gramplastinkadagi tovushni eshittirish vaqtida proyeksion apparatlardan foydalanish;
Proyeksion apparatlarni ishlatish, xonani qorong’ilatish mehanizmi va ekranni tushirish ishlarini masofadan turib bajarish.
Magnit lenta yoki gramplastinkaga yozib olingan o’quv materiallarini o’quvchilar tomonidan qayta eshittirishni ta’minlash maqsadida fonozol deb ataladigan maxsus jihozlangan xonalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Fonozol tovushni yozib olish va qayta eshittirishning barcha kerakli apparatlari bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Shu maqsadda yarim kabinali lingafon qurilmasi “ELFA-01”dan foydalanish qulay. Bundan tashqari fonozolni alohida magnitafonlar, elektrofonlar bilan jihozlash mumkin. Bu holda barcha tovush apparatlarini alohida xonaga o’rnatib, o’sha joyda fonoteka (magnit lenta yoki plastinkaga yozib olingan o’quv materiallari to’plami) tashkil etadi. Fonozolda o’quvchilar ovozli o’quv qo’llanmalaridan foydalanishlari, mustaqil diktantlar o’tkazishlari, o’z nutqlarini takomillashtirishlari, o’quv materiallari mavzulari bilan tanishishlari va boshqa shu kabi mashqlarni bajarishlari mumkin. Apparatlar o’rnatilgan xonadagi magnitafonlar bir necha kanaldan foydalanish imkonini beradigan bo’lishi kerak. Eshittirish kanallari soni qancha ko’p bo’lsa shuncha ko’p o’quv fanlari bo’yicha ishlash mumkin. Kerakli o’quv materialini tezda topish uchun fonotekadagi maxsus katalogdan foydalanish lozim. Har bir o’quv fonogrammasi o’zining aniq bir tartib nomeriga ega. Bundan tashqari, o’qituvchi eshituv zalida o’tirib, magnit lentasi sirtmog’i yordamida o’quv fonogrammasini qayta eshitishi mumkin. Buning uchun bir necha qayta takrorlash qurilmasi bo’lgan magnitafon ishlatiladi va bu magnitafonni o’quvchi talabiga ko’ra apparatlar o’rnatilgan xonada navbatchilik qilayotgan laborant ishga tushiradi.
Raqamli lingafon laboratoriyasi NORD- tovush sifati va funksiyalari uchun eng yuqori talablarga javob bo'luvchi zamonaviy lingafon laboratoriyasidir.
Magnit lentalari- axborot tashuvchi vosita. Magnit lentalari o’tgan asrda ishlab chiqilgan axborot saqlovchi qurilma bo’lib, magnit yozuvlarini saqlovchi, yupqa egiluvchan magnit qatlamli lentalardan iborat. Magnit lentasi, magnit tasma- sirtiga magnit qatlami surtilgan yupqa lenta bo’lib, tovush (nutq, musiqa) ni yozib olishva qayta eshittirish uchun foydalaniladi. Magnit lentasining ishchi magnit qatlami temir gamma-oksid, xrom oksid va kobalt qo’shilgan temir gamma-oksidning magnit jihatdan qattiq kukunidan iborat bo’ladi. Magnit lentasi asosi sifatida polietilenteleftalat, polivinilxlorid, diasetat va triasetat plyonka ishlatiladi.
Magnitli yozuv- tovush (nutq, musiqa) ni, magnitli axborotni saqlovchi va tashuvchi (magnit lentasi, magnit disk va boshqalar) ga magnit usulida yozib olish hamda qayta eshittirish imkonini beruvchi qurilma vazifasidir.Tovushni yozib olishda axborot tashuvchi yoki ayrim qismlarining qoldiq magnit holati tovush signallariga monand o’zgaradi.Tovushni qayta eshittirishda teskari jarayon yuz beradi va shunga muvofiq ravishda , tovush signallari hosil bo’ladi. Axborot tashuvchining yo’nalishiga, signallarni yozib olish va qayta eshittirish kanallarida yuz beradigan o’zgarish turiga hamda magnit kallakka signal tokidan tashqari qo’shimcha magnitlaydigan o’zgarmas yoki o’zgaruvchan tok berilishiga qarab , magnit yozuvlarining bir necha usullari qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |