5-ma’ruza Gaz quduqlari konstruksiyalari Reja


– rasm. Quduqlarning qatlamni ochish sharoiti



Download 1,4 Mb.
bet2/7
Sana09.06.2022
Hajmi1,4 Mb.
#648588
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-ma\'ruza

5.2 – rasm. Quduqlarning qatlamni ochish sharoiti
5.2 – rasmda quduqlarning qatlamni ochish sharoiti ko’rsatilgan. Bu yerda qatlam bosimini saqlash maqsadida suv qismiga burg’ulangan 1- quduq to’la qalinlik bo’yicha ochiladi. 2 - quduq qatlamning chekka suvlariga yaqin joylashganligi sababli uni neft-suv tutash yuzasidan yuqoriroq qismi ochiladi.
Qatlam osti suvi bo’lmagan holda quduqni to’la qatlam qalinligi bo’yicha ochish mumkin (3-quduq). Bu holda bu quduq yana 8-10 metrga chuqurlashtiriladi va bu qism qatlam mahsuloti tarkibidagi qum zarrachalari yig’ilishiga mo’ljallangan. Quduqning bu qismi zumf deb ataladi. Qatlamdan quduqqa nisbatan eng yuqori oqim bu qatlam burg’ulanib bo’lib, uning devori quvur bilan mustahkamlanmagan holatda yuz berishi mumkin. Bunda oxirgi mustahkamlovchi quvur mahsuldor qatlamning ustki qismigacha tushirilib sementlanadi. Quduq tubining bunday konstruksiyasi qatlam mustahkam jinslardan tuzilgan va unga gazli va suvlangan qatlamchalar bo’lmagan hollarida qo’llanilishi mumkin. Aksariyat hollarda mahsuldor qatlam ham butun quduq devori kabi quvur bilan mustahkamlanadi. Mahsuldor qatlam tez yemiriladigan tog’ jinslaridan tuzilgan bo’lsa, suyuqlik oqimi bilan mexanik zarrachalar olib chiqilmasligi uchun ekspluatatsion quvurning pastida maxsus filtr (sizgich) tushuriladi. Sizgichdagi teshiklar va yoriqliklar diametri shunday tanlanadiki, mexanik zarrachalar sizgich ortida qolsin. Ko’p hollarda quduq loyiha chuqurligigacha burg’ulanib unga mustahkamlovchi quvur tushiriladi va quvur ortki qismi sement eritmasi bilan mustahkamlanadi. Mahsuldor qatlam o’kli yoki kumulyativ perforator yordamida teshiladi. Bu operatsiya perforatsiya deb ataladi.
Gaz va gazkondensat quduqlarini ishlatish usullari. Gaz va gazkondensat quduqlarini ishlatish usullari bir qator geologik-texnik faktorlar va sharoitlarga bog’liq holda aniqlanadi:
a) qatlam bosimi va quduqning ishchi debiti;
b) gazning fizik-kimyoviy va tovar tavsifi (bug’ ko’rinishidagi namlik, kondensat, agressiv komponentlar va b. miqdori);
c) mahsuldor qatlam kollektor-tog’ jinslari tavsifi (sementlash- magan, kuchsiz sementlashgan, sementlashgan va b.);
d) quduq stvolining termodinamik ish sharoiti va stvolda gidrat hosil bo’lish sharoitlari;
e) bitta quduq bilan ishlatiladigan qatlamlar soni va mahsuldor gorizontlarni ochish sharoitlari;
f) qatlam bosimidan gazni uztishga tayyorlash va iste’molchilarga uzatish uchun foydalanish sharoitlari;
j) GSK (yoki SNK) ga nisbatan quduqlarning joylashishi.
Yuqoridagi faktorlar va sharoitlarga bo’liq holda gaz va gazkondensat konlarini ishlatishning quyidagi usullarini qo’llash mumkin:
a) favvora quvurlari orqali ishlatish (pakersiz yoki quvur orti bo’shlig’ini pakerlab);
b) ikki yoki bir necha mahsuldor qatlamni favvora quvurlari va pakerlar orqali bir vaqtda alohida ishlatish.
Gaz quduqlarini ishlatish kolonnalari orqali favvora quvurlarini tushirmay ishlatish quyidagi holatlarda qo’llaniladi:

  • kichik qalinlikdagi (10-15m) mustahkam mahsuldor qatlamlarda;

  • qatlam bosimi past bo’lganda (90—60 kgk/sm2);

  • gazda korroziyani keltirib chiqaruvchi komponentlar bo’lmaganda;

  • tuzilmaning gumbaz va gumbazoldi qismida joylashgan kondensatli suyuqlikni to’liq olib chiqish kuzatiladigan yuqori debitli quduqlarda.

Gaz tarkibida agressiv komponentlar mavjudligida va yuqori qatlam bosimi sharoitida gaz va gazkondensat quduqlarini ishlatish faqatgina favvora quvurlari orqali amalga oshiriladi.
Aniq sharoitga bog’liq holda quvur orti qismi paker yordamida izolyatsiya qilingan yoki cho’kindi hosil qilmaydigan neytral suyuqlik bilan to’ldirilgan, yoki izolyatsiya qilinmagan bo’lishi mumkin.
Quvur orti qismi izolyatsiya qilinmagan quduqlarni favvora quvurlari orqali ishlatish faqat ishlatish quvuri germetikligi sharoitida, antikorroziya ingibitori bilan to’ldirilgan holatda qo’llaniladi.

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish