4. Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli. Badiiy matnning tahlili jarayonida
asardagi lisoniy birliklaming indeksini tuzib chiqish talab qilinadi. Buning uchun
dastlab, asardagi eng ko’p qo’llanilgan, asar badiiyati uchun xarakterli bo’lgan
birliklar (masalan, iboralar, sinonimlar, antonimlar yoki epitetli birikmalar,
metonimiya, metaforalar bo’lishi mumkin) aniqlanadi. Keyin alifbo tartibida terib
chiqiladi. Bu yozuvchining lisoniy mahoratini yoritishda faktik material vazifasini
o’taydi. Masalan, mohir so’z san'atkori Abdulla Qahhorning «Sarob» romanida
qo’llangan yuzdan ziyod ibora, metafora yoki metonimiyalarning indeksini quyidagi tarzda tuzib chiqishimiz mumkin: (5 jildlik. 1 -jild. Toshkent, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1987-yil)
Do'stlaringiz bilan baham: |