5-laboratoriya
Mavzu: N-3 niveliri asbobi bilan tanishish,tuzilishini
va tekshirishni o`rganish
Nivelirlash reykalari bilan tanishish
Ishni bajarish uchun o`qituvchi tomonidan nivelir va reykalar beriladi.
Nivelirlash deb ikki nuqta orasidagi nisbiy balandlikni topishga aytiladi. Nisbiy
balandlik h xarfi bilan belgilanadi. O`lchash ishlari nivelir asbobi yordamida
bajariladi. Nivelirlar aniqligiga qarab, texnikaviy, aniq, va yuqori aniqli
nivelirlarga
bo`linadi.
Nivelirlashning
geometrik,
trigonometrik,
mexanik,gidrostatik, barometrik, radionivelirlash, stereofotogrammetrik nivelirlash
usullari bor.
N-3 nivelirining tuzilishi:
1.
Okulyar
2.
Qarash trubasi
3.
Vizir
4.
Obyektiv
5.
Kremalera
6.
Yo`naltiruvshi vint
7.
Dumaloq adilak
8.
Elevatsion vint
9.
Ko`taruvchi vint
10.
Korpus
Nivelirni tekshirish tartibi;
1.
Nivelir qarash trubasining vizir o`qi silindrik adilak o`qiga parallel
bo`lishi kerak. Bu shartni bajarish uchun bir biridan 50 m masofada
joylashgan ikkita nuqta tanlanadi va nuqtalarning nisbiy balandliklari
o`lchaniladi. Agar ikki marta o`lchangan nisbiy balandliklar bir-biriga teng
bo`lsa, shart bajarilgan bo`ladi. O`lchashlar farqi 4 mm dan ortiq bo`lsa,
nivelir takroran tekshirilichi kerak.
2.
Silindrik adilakning o`qi asbob aylanish o`qiga perpendikulyar bo`lishi
kerak. Bu shartni tekshirish uchun adilak o`qi ko`tarish vintlariga parallel
holda qo`yiladi, so`ngra vintlar qarama-qarshi tomonga burilib, adilak
pufakchasi naycha o`rtasiga keltiriladi. Keyin truba uchinchi ko`tarish vinti
ustiga to`g`irlanib, adilak pufakchasi yana naycha o`rtasiga keltiriladi.
So`ngra truba 180
0
aylantiriladi. Shunda pufakcha naycha o`rtasida qolsa,
shart bajarilgan bo`ladi, pufakcha naycha o`rtasidan chetga og`ishsa, avvalo,
adilakning sozlash vintlari yordamida, keyin esa ko`tarish vintlari
yordamida o`rtaga keltiriladi.
3.
Doiraviy adilak o`qi asbob aylanish o`qiga parallel bo`lishi lozim. Bu
shartni tekshirib ko`rish uchun dastlab tekshi-rilgan silindrik adelak
yordamida nevilirning aylanish o`qivertikal holatga keltiriladi. Agar
taglikdagi doiraviy adilak pufakchasi doira markazida bo`lsa, shart
bajarilgan hisoblanadi, aks holda uni sozlash vintlari yordamida nol punktga
keltiriladi.
4.
Iplar to`rining gorizontali asbob aylanish o`qiga perpendikuliar bo`lishi
kerak. Buning uchun nivelir ish holatiga keltirilib, uning qarash trubasi biror
nuqta yoki reykaga yo`naltiriladi. So`ngra truba mikrometr vinti yordamida
ravon aylantiriladi. Shunda iplar to`rining gorizantal chizig`i belgilangan
nuqtani to`sib qolsa, shart bajarilgan bo`ladi, nuqtani to`smasa iplar to`ri
sozlash vintlari yordamida to`g`irlanadi.
5.
Trubani buyumga yo`naltirganda vizir o`qining holati o`zgarmasligi lozim.
Agar tekshirish tartibi to`liq bajarilsa nivelir ish holatida bo`ladi va natijada
o`lchov ishlari olib boriladi. Nuqtalarni balandlik qiymatlarni aniqlash
uchun nivelir va reykadan foydalaniladi. Bu laboratoriya ishida talabalar
nivelirlash- ning geometrik usulini o`rganishadi.
Geometrik nivelirlash: bu usulda bir nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan
balandligi gorizantal vizirlash nuri bo`yicha reykalardan bevosita sanoq
olish yo`li bilan aniqlanadi. Geometrik nivelirlashda nuqtalarning balandligi
nivelirlashning boshqa turlariga qaraganda aniqroq topiladi.
Nisbiy balandlik quyidagi formula yordamida hisoblaniladi :
h = a – b (1)
a – orqa reyradan olingan sanoq,
b – oldingi reykadan olingan sanoq.
Hisoblashni nazorat qilish uchun reykaning qora (a
`
va b
`
) va qizil
(a
``
va b
``
) tomonlaridan olingan sanoqlaridan foydalaniladi.
h
`
= a
`
- b
`
va h
`
= a
``
- b
``
(2)
Hisoblash nazorati; h
`
- h
``
= 100 ± 5 mm, (3)
Ikki reykaning sanoq boshi quyidagicha topiladi;
1- reyka a
``
- a
`
= 4685 ± 3 mm (4)
2- reyka b
``
- b
`
= 4785 ± 3 mm.
Agar nazorat shartlari bajarilsa , unda o`rtacha nisbiy balandlik
hisoblanadi:
h
o`r
= (h
`
+ h
``
+ 100) ⁄ 2 (5)