5 Бухалков М. И. Внутрифирменное планирование. – М.: «Инфра-М», 1999. 47 стр


 – chizma. Normalarni o’rnatish uslublari



Download 379,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana06.04.2022
Hajmi379,27 Kb.
#532189
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu

 
4.2 – chizma. Normalarni o’rnatish uslublari. 
4.2. Rejalashtirishning umumiy va xususiy, sifat va miqdor ko’rsatkichlari 
Biznes rejalarni ishlab chiqish texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi hamda 
norma va normativlar asosida amalga oshiriladi. 
Ko’rsatkich – sifat jihatdan belgilangan o’zgaruvchan kattalik bo’lib, unga juda 
ko’p miqdoriy ifodalar kiritiladi. 
Ko’rsatkichlar jarayonlarning mazmun va mohiyatini aks ettiruvchi bir yoki bir 
nechta belgilardan va ularning miqdor xarakteristikalarini: o’lchami, nisbiy yoki 
absolyut kattaligini ifodalaydigan asosdan tashkil topadi. 
Asoslar zaruriy kattaliklarni hisoblashda, belgilar esa zaruriy belgilarni 
aniqlash, ularni tanlash, guruhlashda qo’llaniladi. 
Rejalashtirishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlarga quyidagi talablar qo’yiladi: 
­
ishonchlilik, ya’ni ular aks ettirayotgan hodisaning obyektiv holatiga
muvofiq kelishi lozim; 
­
o’lchov xususiyatiga ega bo’lishi, ya’ni ma’lum bir o’lchamga ega hamda
aniq bo’lishi; 
­
yetarli bo’lishi lozim, ya’ni ishlab chiqarish va sotishning muhim tomonlarini
to’liq yoritishi kerak; 
­
bir ma’noli bo’lishi, ya’ni turli xilda ifodalanmasligi lozim;
­
o’zaro solishtiruvchan bo’lishi lozim;
­
moslashuvchan va rejalashtirish obyektining amal qilish sharoitidagi barcha
o’zgarishlarni aks ettirish qobiliyatiga ega bo’lishi; 


­
yuqori darajada to’liq, ya’ni axborotlar oqimining to’liqligi, ko’pligi;
­
iqtisodiylik – qisqa muddatlarda yig’ish va qayta ishlash ta’minlanishi lozim.
Mazmuniga ko’ra rejaviy ko’rsatkichlar quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi: 
­
miqdor va sifat;
­
natural va qiymat.
Miqdor ko’rsatkichlar yalpi, tovar mahsulot, foyda, ishchilar soni va boshqa 
ko’rsatkichlarni absolyut kattaliklarda ifodalaydi (so’m, tonna, metr, soat va h.k.). 
Sifat ko’rsatkichlar – nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, miqdor ko’rsatkichlari 
orasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni 
pasaytirish, samaradorlikni oshirish. 
Ta’kidlash lozimki, miqdor ko’rsatkichlar ma’lum bir sifatga, sifat 
ko’rsatkichlar esa ma’lum miqdorga ega bo’ladi.
Natural ko’rsatkichlar korxona rejasining moddiy-buyumlashgan mazmunini 
xarakterlaydi va har bir tovarning xususiyatiga muvofiq keluvchi o’ziga xos 
birliklarda o’lchanadi (metr, kilogramm va h.k.). 
Turlicha sifatga ega bo’lgan bir turdagi tovarlarni o’z aro solishtirish uchun 
shartli-natural ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bunda shartli birlik sifatida ushbu 
tovarning bir sorti (turi) qabul qilinadi, qolganlari esa unga o’tkazish koeffitsientlari 
orqali tenglashtiriladi. Masalan, barcha traktorlar markalari 15-kuch darajasi bilan
sovunlar 40% yog’lilik darajasi bilan, yoqilg’i esa 7000 kk bilan o’lchanadi.
Qiymat ko’rsatkichlari barcha tovar xizmat yoki ishlarni pul ifodasida o’lchash 
imkoniyatini beradi. 
Rejalarni ishlab chiqishni tashkil etishda dastlab quyidagilar aniqlanadi: 
Rejalashtirish obyekti - korxona, korxona bo’linmalari yoki uning alohida 
faoliyat yo’nalishlari, umumiy maqsadlarni, salohiyatni, dastur va harakatlarni 
aniqlash.
Reja tuzuvchilarni - firmaning javobgar xodimlari, ixtisoslashgan funksional 
xizmatlar, tashqi maslahatchilar. Rejalashtirish vositalari kalkulyatorlar, kom’yuter 
texnikasi va uning dasturli ta’minoti. 
Rejalarni tuzish tartibi: 
Barcha xususiy rejalarni umumiy modelda bir vaqtda ishlab chiqish yoki 
xususiy rejalarni ketma-ketlikda o’z aro muvofiqlashtirish va uni umumiy loyihaga 
birlashtirish. 
Rejalashtirish uslublari – odatiy usullar (jadvallar, grafiklar) va zamonaviy 
kom’yuterli maxsus dasturlar; 
Korxonada rejalashtirish ishlarini tashkil etish uning o’lchami va turiga boliq 
bo’ladi.
Amaliyotda rejalarni tuzish ishlarini tashkil etishning 3 ta sxemasi qo’llaniladi: 
­
yuqoridan pastga;
­
pastdan yuqoriga;
­
aylanma usulda.
Yirik korxonalarda markazlashgan tashkiliy rejalar yuqoridan pastga tuziladi. 
Bunday yondashuvda rejaviy strategiyalar boshqarishning yuqori darajasida ishlab 
chiqiladi – maqsadlar aniqlanadi. Korxonani rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va 


bosh vazifalari belgilanadi, ularni amalga oshirish mexanizmi shakllantiriladi. 
So’ngra ushbu maqsadlar, vazifalar va ko’rsatkichlar quyi bo’inlarga harakatlanish 
davomida yana ham chuqurlashtirilgan va aniqlashtirilgan shaklda bo’linma 
rejalariga kiritiladi. Texnologik rejalashtirishning ushbu bosqichida barcha mahsulot 
turlari bo’yicha ishlab chiqarish hajmlari belgilanadi va o’z aro muvofiqlashtiriladi. 
Rejaviy vazifalarni aniq ijrochilar bilan kelishib ular korxona yuqori rahbariyati 
tomonidan tasdiqlanadi.
Rejalarni tuzish bo’yicha ishlarni pastdan yuqoriga sxemasi bo’yicha tashkil 
etishda rejalashtirish ish o’rinlari va bo’linmalaridan boshlanib, so’ngra 
umumlashtiriladi. Aylanma (qarama-qarshi) tuziladigan rejalar har ikki uslubni 
birlashtiradi. Bunda yuqoridan pastga rejalashtirish jarayonida bosh maqsadlar 
bo’yicha dastlabki rejalar tuziladi. Quyi bo’inlarda ularni aniqlashtiriladi. So’ngra 
rejalashtirish jarayonida quyidan yuqoriga harakat amalga oshiriladi. Bunda xususiy 
rejalar orasidagi farqlar bartaraf etiladi va yanada samaraliroq echimlar qo’shib 
boriladi. 



Download 379,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish