5. bob-Tizimbloki


CISC tipidagi mikroprosessorlar



Download 405,87 Kb.
bet2/5
Sana08.01.2022
Hajmi405,87 Kb.
#331163
1   2   3   4   5
Bog'liq
5 mavzu

CISC tipidagi mikroprosessorlar

IBM PC tipidagi ko’pchilik zamonaviy SHKlar CISC tipidagi MPlarni ishlatadi. Izohlar:

1. MP 80386,80486 mikroprosessorlarida SX, DX, SL va b. harfli o’zgartirish kiritilganlari bor (80486SX, 80486DX), ular bazaviy modeldan shinalar razryadliligi, taktli chastota, ishlash ishonchliligi, o’lchamlari, energiya iste’moli, kuchlanish amplitudasi va boshqa kattaliklar bilan farq qiladi:

— DX bazaviy model bilan deyarli mos keladi;

— SX va SL, xususan kichikroq shinalar razryadliligiga ega;

— SL va ayniqsa SLE energiyani tejaydigan, ixcham SHKda (Lap Top, Notebook) ishlatishga mo’ljallangan.

80486DX — bu MP 80486ning boshlang’ich versiyasidir. U sozlangan matematik soprotsessor va o’lchami 8 Kbayt bo’lgan birinchi darajali kesh-xotiraga ega. Uning uchun maksimal chastota — 50 MG; chastotani yanada oshirish MP uchun ma’noga ega emas edi, chunki ko’pchilik tizimli platalar bunday tezliklarda ishlay olmas edilar.

486SX modeli DXga o’xshash, lekin unda soprotsessor bloklangan. Bu ishlab chiqaruvchiga soprotsessorni testlash harajatlaridan xalos bo’lish va shu bilan maxsulot narxini kamaytirishga imkon bergan.

80486DX va undan yuqori mikroprosessorlar ichki chastotasini ko’paytirib ishlashi mumkin. Ko’paytirilgan chastota bilan MPning faqat ichki sxemalari ishlashi mumkin. MPga nisbatan hamma tashqi sxemalar, shu jumladan tizimli platada joylashganlari ham, oddiy chastotada ishlaydi.

486DX2—bu 486DXning ichki ikkilangan chastotali variantidir: masalan, 486DX266 tashqi 33 MGli chastotaga (tizimli plata ishlaydigan chastota) ega (shu MPli SHK 486DX50li SHKga taxminan o’xshash), lekin periferiya, tizimli plata, 2-darajali kesh-xotira, asosiy xotira, videokarta va b. sifatiga kamroq qat’iy talablar tufayli arzonroqdir.

486DX4 - bu 4-avlod mikroprosessoridir (to’rt aynan shuni bildiradi, to’rtlangan chastotani emas); u DX2dan ichki kesh-xotirani 16 Kbaytgacha ko’paytirilganligi, uch marta orttirilgan chastotada ishlay olish imkoniyati (486DX4 100) va 5 Vm emas, balki 3,3 V kuchlanishli ta’minoti bilan farq qiladi.



  1. Elementlar soni — bu MP integral sxemasiga joylashtirilgan oddiy yarim o’tkazgichli elementlar soni. Texnologiya odatda elementning mikronlardagi o’lchami bilan tavsiflanadi.

  2. Pentium Pro MP ikkita kristalldan: MPning o’zi va kesh-xotiradan tashkil topgan, ikkinchi kristall uning 256 yoki 512 Kbayt xotirasiga bog’liq ravishda 15,5 yoki 31 mln. yarim o’tkazgichli elementlarni o’z ichiga oladi. Bu 2-darajali kesh-xotira protsessor chastotasida ishlaydi, odatda esa 2-darajali kesh-xotira tizimli plata chastotasida ishlaydi.

Quyidagilarni ta’kidlash kerak:

  • 80386 va undan yuqori MPda buyruqlar konveyerli bajariladi.

Buyruqlarning konveyerli bajarilishi — bu natijalarni MPning bir qismidan boshqa qismiga bevosita uzatishda, MPni turli qismlarida ketma-ket buyruqlarning turli taktlarini bir vaqtda bajarishdir. Buyruqlarning konveyerli bajarilishi SHKning tezkorlilik bo’yicha samaradorligini 2—3 marta orttiradi;

  • 80286 va undan yuqori MPning hisoblash tarmog’ida ishlash imkoniyati;

  • 80286 va undan yuqori MPning ko’p masalalar bilan ishlash(ko’p dasturlar bilan) imkoniyati va bunga mos xotira himoyasi.

Zamonaviy Mikroprosessorlar ikkita ish rejimiga ega:

  • haqiqiy (bitta masalali), unda faqat bitta dastur bajarilishi mumkin va kompyuter asosiy xotirasining faqat 1024 Kbayti bevosita adreslanishi mumkin, qolgan (kengaytirilgan) xotiraga esa faqat maxsus drayverlar ulangandagina murojaat qilish mumkin;

  • himoyalangan (ko’p masalali), bu rejimda birdaniga bir nechta dasturlarning bajarilishi, bevosita adreslash va SHKda bor bo’lgan barcha asosiy xotiraga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish (qo’shimcha drayverlarsiz), uning bajarilayotgan dasturlar o’rtasida avtomatik taqsimlanishi va mos ravishda uni, begona dasturlar tomonidan murojaat qilinishidan himoyalash ta’minlanadi;

  • 80386 va undan yuqori MPlarda virtual mashinalar tizimi rejimini qo’llab-quvvatlash. Virtual mashinalar tizimi ko’p masalali ish rejimining yanada rivojlanishi bo’lib, unda har bir masala o’zining operatsion tizimi boshqaruvi ostida bajarilishi mumkin, ya’ni bitta MPda go’yo, parallel ishlaydigan va turli xil operatcion tizimlarga ega bo’lgan bir nechta kompyuterlar modellashtiriladi.

Pentium Mikroprosessorlari

80586 (R5) Mikroprosessorlari Intel firmasi tomonidan patentlangan Pentium tovar

m arkasi bo’yicha ko’proq ma’lumdir (boshqa firmalarning 80586 MP boshqacha belgilanishga ega: AMD firmasida K5, Cyrix firmasida Ml va b.).

Bu Mikroprosessorlar besh pog’onali konveyerli strukturaga ega bo’lib, u ketma-ket buyruqlarning bajarilish taktlarini ko’p marotaba birgalikda ishlashini ta’minlaydi va yana boshqarishni shartli uzatish buyruqlari uchun kesh-buferga ega bo’lib, u dasturlarni tarmoqlanish yo’nalishini oldindan aytish imkonini beradi; samarali tezkorligi bo’yicha ular har bir buyruqni go’yoki bir takt ichida bajaradigan RISC MPlariga yaqinlashadi. Pentium 32 razryadli adresli shinaga

va 64-razryadli ma’lumotlar shinasiga egadir. Tizim bilan qiymatlarni almashish sekundiga 1 Gbayt tezlik bilan bajarilishi mumkin.Hamma Pentium MPlarida har biriga 16 Kbaytdan alohida buyruqlar uchun, alohida ma’lumotlar uchun sozlangan kesh-xotira va 2-darajali kesh-xotiraning sozlangan nazoratchisi (bu nazoratchini MPning ichki chastotasida ishlashini ta’minlaydi) bor; maxsuslashgan konveyerli apparatli qo’shish, ko’paytirish va bo’lish bloklari bor bo’lib, ular siljib yuradigan nuqtali amallarning bajarilishini jiddiy tezlashtiradi. AMD kompaniyasi protsessorlari

AMD kompaniyasining ish joyi tizimi uchun protsessorlari Intel protsessorlariga o’xshab ikki “turga” bo’linadi – qimmatroq va unumlirog’i Athlon (XR.MP) va arzonrog’I – Duron.

Duron bizda deyarli qo’llanilmaydi (sotilmaydi ham), AMDning o’zi ham ularni ishlab chiqarishni to’xtatmoqda. AMD Athlon protsessorlari shundoq ham CPU Intel Celeron narxlari kategoriyasiga kirib, mahsuldorligi esa Intel Pentium 4 bilan teng bo’lgani sababli Duron protsessori haqida biz ezmadik.




Download 405,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish