5-Amaliy mashg’ulot: XIX asrning oxiri XX asr boshlari o‘zbek lug‘atchiligining umumiy tavsifi Reja



Download 309,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana01.03.2022
Hajmi309,68 Kb.
#475948
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5- Amaliy mashgulot-1

1) 
tarjimada ruscha so‘zlarning 
o‘zbek tilidagi xalqona variantlarini keltirish

Abdulla Qodiriy so‘zlikning “P” 
harfini tuzishdan oldin turkiy lug‘atchilik, arab, fors-tojik lug‘atchiligi, usmonli 
turk lug‘atchiligi va shuning barobarida, rus lug‘atchiligi bilan ham mukammal 
tanishib chiqqan. Aniqrog‘i, adib lug‘atchilikning nazariy va amaliy masalalarini 
chuqur o‘zlashtirgan va puxta egallagan. Lug‘at o‘sha davr talablari nuqtayi 


nazaridan “Ruscha-o‘zbekcha to‘la so‘zlik” nomi ostida tuzilgan bo‘lsa-da, ruscha 
so‘zlarning tarjimasida adibning diqqat markazida mumkin qadar sof o‘zbekcha, 
xalq tilidagi muqobillarini berish birinchi o‘rinda turganligining guvohi bo‘lamiz, 
masalan: 
peremyorzliy – to‘ng‘an, muzlab qolg‘on
1
; peresudchik – g‘iybatchi, 
so‘zchin (104); petrushka – kashnich, qog‘ursoq (123); panenka – oyimqiz, bikach, 
qaqajon (13); pag – dara, uchastka, kent (1), pelmeni – chuchvara, barak (45); 
panel – salmataxta (13); pemza – yong‘irtosh (45); prostinya – choyshab, ro‘ja 
(453) 
kabi. Tarjimalardagi 
to‘ng‘an, so‘zchin, qog‘ursoq, bikach, qaqajon, kent, 
barak, salmataxta, yong‘irtosh, ro‘ja 
kabi so‘zlarning keltirilishi muallif xalq 
tilining ham nodir bilimdoni ekanligini ko‘rsatadi. Yana bir e’tiborli jihat 
shundaki, ayrim ruscha so‘zning o‘zbekcha muqobili sifatida o‘sha so‘zning 
adabiy til va xalq shevalaridagi varianti ham keltirilgan: 
papa – ota, doda (17); 
papasha – dadajon, ada (17); patat – shirin kartishka (36); perekumitsya – quda, 
qudag‘aylashmoq, qudayimlashmoq (76); podnos – barkash, xon, la’li (200); 
podushka – yostiq, bolish, takya (218) 
kabi

Misollardagi 
doda, ada, kartishka, 
qudag‘ay, barkash, la’li, bolish, takya 
kabi so‘zlar xalq shevalarining nodir 
boyliklari sanaladi. Adib tarjimada ruscha so‘zning faqat adabiy tildagi shaklini 
keltirish bilan cheklanishi ham mumkin edi. Biroq xalq yaratgan tilning 
jozibadorligi, ta’sirchanligi, sehri va butun borlig‘i jonli xalq tilida butunicha 
mujassam bo‘lishini chuqur anglagan adib jonli xalq tilidagi adabiy tildan farq 
qiluvchi ayrim so‘z yoki grammatik shakllarni ham keltiradiki, bu holat XX asr 
boshlarida yuzaga kelayotgan o‘zbek adabiy tilining leksik fondini boyitishga 
xizmat qilgan, deyish mumkin. Shuningdek, lug‘atda 
palej – qishloq, yovon (7)

para – esh, juft (19); perevznuzdat – qaytadan yiganlamoq, no‘qtalamoq (57); 
peregrejanie – og‘achilov, kemiruv (62); pila – arra, yorg‘i (128); planzixter – 
g‘alvir, sitqi (140); plata – to‘lov, haq, muzd (142); pletushka – savatcha, gijik 
(147); povinkost – majburiyat, begar (164); podpruga – qayish, ayil, pushtan (206) 
kabi misollar uchraydi. Muallif yuqoridagi ruscha so‘zlar tarjimasida 
yovon, esh, 
no‘qtalamoq, og‘ochilov, yorg‘i, sitqi, muzd, gijik, begar, pushtan 
kabi so‘zlarni 
keltirishi har bir so‘zning xalq orasidagi, muayyan sotsial tabaqa, kattalar va 


bolalar nutqida qo‘llanishidagi ma’no qirralarini ham ko‘rsata olganligidan dalolat; 
1 Qodiriy A., Rahmatiy S. Ruscha-o‘zbekcha to‘la so‘zlik. II-jild, П-Я harflari. –
Toshkent-Qozon: O‘zdavnashr, 1934. – B. 81. Keyingi misollarda sahifa 
ko‘rsatilmoqda. 

Download 309,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish