5-AMALIY MASHG’ULOT: OXORLASH MASHINALARNING UNUMDORLIGI.
Ishdan maqsad: Oxorlash mashinasining unumdorligini aniqlashni o`rganish.
Ishning mazmuni
1. Piltalab tаndаlаsh hisоbi.
2.O’ramni diametrini aniqlash.
Adabiyotlar.
1. ГордеевВ.В. Волков П.В. «Ткачество" 1984 г.Москва издательство пишевая промўшленность
2.Олимбоев Э.Ш ва бошкалар «Тўқувчилик технологияси ва тўқув станоклари». Тошкент -1987й.
3.Оников З.А. и другие «Справочник по хлопкоткачеству» 1979 год Москва, издательство лег.пром.
4.Алешин А.А. и другие «Лабораторнўй практикум по ткачеству» 1982 йил Москва Лег.пром.издат.
5. Волков В.А, Блинов П.В. Святенко «Хлопкоткачество» 1982год Москва Издательство Легкая и пиҳевая промўшленность.
Ohorlanayotgan ip omillariga qarab asosan quyidagi ohorlash omillari mavjud:
1. Ohorlash tezligi.
2. Ohor miqdori.
3. Tanda namligi.
4. Tanda iplarining cho‘zilishi.
5. O‘ralish zichligi.
6. Ohor retsepti.
7. Ohor konsentratsiyasi.
8. Ohor harorati.
Ohorlash tezligi
Ohorlash tezligi ohorlash mashinasining quritish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi:
Q‒quritish qobiliyati, kg/soat; nip‒tanda iplarining soni; Tip‒ipning chiziqli zichligi, teks; a‒siqish darajasi.
Ohorlash jarayonida tanda iplarining cho‘zilishi
Ohorlash jarayonida iplar ma'lum taranglik ostida bo‘ladi va bu taranglik bir xil bo‘lishi kerak. Taranglik mashina ishchi organlarining tezliklar farqi hisobiga hosil bo‘ladi, bu hol iplarning cho‘zilishiga olib keladi.
Ohorlash jarayonida iplarning cho‘zilishi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
V=(V2 -V1)100/V1 ,%,
bu yerda:V1 ‒kiruvchi organ tezligi, m/min; V2 ‒chiquvchi organ tezligi, m/min.
Paxta tolali tanda ipi uchun cho‘zilish miqdori 0,7 ‒1,2%
Jun tolali tanda ipi uchun 1,0 ‒1,5%
Kanop tolali ip uchun 0,5 ‒0,8%
Sun'iy ipak uchun 3,0 ‒6,0%
Iplarning cho‘zilishi muqobil miqdordan ko‘payib ketsa, tanda iplarining sifati kamayadi, bu hol esa to‘quv dastgohida iplar uzilishining ko‘payishiga olib keladi.
Cho‘zilish miqdorini rostlab turish uchun ohorlash mashinalari tenglashtiruvchi mexanizmlar bilan jihozlangan. “SHB-9/140” mashinalarida 4 ta tenglashtiruvchi mexanizm o‘rnatilgan. Bu mexanizmlar cho‘zilish miqdorini mashinaning quyidagi zonalarida o‘zgartiradi:
I ‒tortish vali va siqish vali;
II ‒siqish vali va quritish barabanlari;
III ‒quritish barabani va ikkinchi tortish vali;
IV‒ikkinchi tortish vali va chiqish vali.
Tenglashtiruvchi mexanizmdagi yetaklovchi valning tezligi doimiy va o‘zgaruvchan harakatlardan tashkil topgan. Tenglashtiruvchi mexanizm yordamida cho‘zilishni 15% gacha o‘zgartirish mumkin.
O‘ralish tezligini va zichligini ta'minlovchi rostlagich
To‘quv g‘altagiga tanda ipini o‘rash vaqtida tezlikni doim bir xilda saqlab turish uchun ohorlash mashinasiga avtomatik tezlik rostlagichi o‘rnatilgan. Rostlagich taxogeneratoriga o‘ralish zichligini ta'minlovchi (3.18-rasm) rostlagichning ikki yelkali richagiga joylashtirilgan Z1, Z2 tishli g‘ildiraklar orqali harakat beriladi va taxogenerator elektrodvigatelni to‘quv g‘altagidagi o‘rama diametriga mos holda aylanishini ta'minlaydi.
To‘quv g‘altagiga o‘ralish zichligi differensial mexanizmdan tashqari zichlash rostlagichi yordamida ham o‘ralish davomida bir me'yorda saqlab turiladi.
Chiqaruvchi valning tezligi quyidagicha aniqlanadi:
V= π∙Dv∙nv=const.
Tanda ipining to‘quv g‘altagiga o‘ralishi davomida o‘ramaning diametri ko‘payib boradi. Ipning chiziqli tezligi quyidagicha bo‘ladi:
V =π∙Dip∙ng‘
bu yerda: Dip‒to‘quv g‘altagidagi o‘rama diametri; ng‘‒g‘altakning aylanishlari soni.
Formuladan ko‘rinib turibdiki, o‘ralish tezligini doimiy saqlash uchun o‘ramaning diametri oshib borgan sari g‘altakning aylanishlari sonini kamaytirish lozim.
Uslubiy ko’rsatmalar
To’quv texnоlоgiyasi va jixоzlari faniga dоir tekshiruvchi asbоblardan, ma`ruza matnlardan, ko’rgazmali qurоllardan, videо vоsitalaridan va turli adabiyotlardan fоydalanish tavsiya etiladi.
Ishlab chiqarish sharоitida oxorlash mashinasini o`rganib unumdorliklarini aniqlashni o`rganiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |