5-amaliy mashg’ulot: O’quv rejalari bilan ishlash.
Reja:
1. Ta’lim mazmunini belgilovchi meyoriy hujjatlar .
2. O’quv rejalari bilan ishlash.
3. Mualliflik o’quv darsliklari.
Ta’lim mazmunini belgilovchi meyoriy hujjatlar. Ilmiy pedagogik adabiyotlarda ta’lim mazmunini shakllantirishning quyidagi uch bosqichi kо‘rsatiladi:
1) umumiy nazariy bosqich; 2) о‘quv bosqichi; 3) о‘quv materialini о‘zlashtirish bosqichi,ya’ni, ta’lim mazmunining о‘quv rejasi, о‘quv dasturi va darsliklar kabi meyoriy hujjatlarda о‘z ifodasini topishi. О‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limi mazmuni davlat ta’lim standarti, о‘quv rejalari mazmunida namoyon bо‘ladi.
О‘quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va maktab о‘quv rejasi.
Umumiy о‘rta hamda о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) uchun tayanch о‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy meyoriy hujjat bо‘lib, u namunaviy va amaliy о‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Tayanch о‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
О‘quv rejasi–meyoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:
- о‘quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi; - ushbu ta’lim muassasasida о‘rganiladigan о‘quv fanlari
tartibi;
- о‘qish yillari bо‘yicha fanlarni taqsimlash; - har bir fan bо‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni о‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi; - har bir fanni о‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi; - praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi. О‘quv rejasida, yana shuningdek, aniq bir о‘quv muassasi xususiyatlarini aks ettiruvchi, о‘quvchilarning erkin tanlovi bо‘yicha fakultativ va majburiy mashg‘ulotlar aks ettiriladi.
О‘quv dasturi-muayyan о‘quv fani bо‘yicha bilim, kо‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni о‘rganilishi bо‘yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning о‘rganilish darajasini yorituvchi meyoriy hujjat.
Dasturda о‘quv materialining ta’limning har bir yili va har bir sinf, kurs bо‘yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda kо‘rsatilgan bilim, malaka va kо‘nikmalarni о‘quvchilar tomonidan tо‘la о‘zlashtirilishi о‘qitish jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi.
О‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bо‘lishi mumkin.
Namunaviy о‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. О‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bо‘ladi:
- ushbu fanni о‘rganish maqsadlari, о‘quvchilarning bilim va malakalariga asosiy talablar, о‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati; - о‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;
- kursning alohida savollarini о‘rganishga о‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi; - dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari rо‘yxati; - fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bо‘yicha kо‘rsatmalar; - о‘quv uskunalari va kо‘rgazmali qо‘llanmalar rо‘yxati; - tavsiya etiladigan adabiyotlar. Namunaviy о‘quv dasturlari Xalq ta’limi hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bо‘ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, akademik litsey pedagogik kengashi tomnidan ishchi о‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, о‘quv jarayonini metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, о‘quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.
Mualliflik о‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda о‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bо‘lishi, u yoki bu nazariyalarni о‘rganishga mualliflik yondashuvi, о‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Bunday dasturlar ushbu fan sohasida pedagog, psixolog, metodistlarning tashqi retsenziyalariga ega bо‘lishi kerak va ular mavjud bо‘lganida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining Pedagogik Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mualliflik о‘quv dasturlari о‘quvchilarning erkin tanlovi bо‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi.
О‘quv fani ta’lim muassasalarida о‘quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bо‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, kо‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manbadir.
О‘quv fanining mazmuni har bir pedagog tomonidan ixtiyoriy belgilanmaydi, balki ijtimoiy hodisa sifatida ta’limning tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqiladi. О‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji о‘quv fanlarini ilmiy bilimning umumiy tuzilishiga mos ravishda shakllantirish kerak deb hisoblovchi nuqtai nazar eng keng tarqalgan va tan olingan hisoblanadi.
Topshiriq: O’quv rejalari bilan ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |