5-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Uglerod va kremniyning kislorodli birikmalari. Karbonat kislota va uning tuzlari



Download 19,4 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi19,4 Kb.
#582259
Bog'liq
5-AM (1)


5-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Uglerod va kremniyning kislorodli birikmalari.
Karbonat kislota va uning tuzlari
Davriy sistemaning IV guruhi ham 2 guruhchadan iborat: asosiy guruhchaga uglerod-C, kremniy-Si, germaniy-Ge, qalay- Sn va qo’rg’oshin-Pb kiradi; qo’shimcha guruhchasi titan Ti, sirkoniy-Zr va gafniy-Hf tashkil etadi.
Uglerod-davriy jadvalda 6-o’rinda joylashgan U 3 xil allotropic shakl o’zgarishlariga ega: olmos, grafit va karbin. Olmos-rangsiz, tiniq qattiq jism. U yorug’lik nurini kuchli ravishda sindiradi. Olmosning massasi karatlar bilan o’lchanadi. 1 karat 0.2 g ga yaqin keladi.
Tiniq olmoslarni silliqlab, “brilliantlar” tayyorlanadi.Olmos uglerodning mustahkamligi kamroq turi bo’lib, u hatto yuqori temperaturada ham nihoyatda sekinlik bilan grafitga aylanadi. Yuz yillar davomida ham olmosda hech qanday o’zgarish ro’y bermaydi.
Grafit-kulrang tusli qattiq modda bo’lib, qo’l bilan ushlaganda yog’li buyum kabi seziladi. Grafit so’zi “grafo”-yozaman degan so’zdan kelib chiqqan. Grafitdan elektrodlar, metallar suyuqlantirish uchun tigellar tayyorlanadi. Grafit Surkov moylari, qora bo’yoqlar tayyorlashda ham ishlatiladi. Grafitni sun’iy yo’l bilan olish uchun koks va qumdan tayyorlangan bo’tqasimon aralashma elektr pechda 1-2 sutka davomida kuydiriladi.
Karbin- uglerodning yarim o’tkazgich xossaga ega bo’lgan barqaror shakl o’zgarishi. To’g’ri chiziqli zanjirlardan iborat polimer modda. U 20000C dan yuqori haroratlardagina grafitga aylanadi. Karbin qora tusli kukun(zichligi 1.9-2 g/sm 3); u geksagonal panjarada kristallanadi. Karbin tarkibida har bir uglerod atomi o’ziga qo’shni uglerod atomi bilan σ- va π-bog’lanishlar orqali birikadi.
Kimyoviy xossalari: Uglerodning barcha allotropik shakl o’zgarishlari kimyoviy jihatdan ancha chidamli va inert moddalardir.
Olmosga faqat ftor, kislorod va zar suvi ta’sir qiladi, 8000C dan yuqori haroratda olmos ftor bilan birikib, uglerod-IV ftorid, kislorod bilan esa karbonat angidrid hosil qiladi:
C+ 2F2→CF4
C+O2→CO2
Olmosga kislotalar, ishqorlar va metallar ta’sir etmaydi. Grafit kimyoviy reagentlar ta’siriga olmosga qaraganda osonroq kirishadi. Grafit kislorodda yonib, karbonat angidridga aylanadi:
C+O2→CO2
Uglerod o’z birikmalarida asosan 4 valentli bo’ladi. Uglerodning CH4, CCl4 kabi birikmalarida sp3-gibridlanish yuzaga chiqadi. Ko’mirga kimyoviy reagentlar amorf grafitga qaraganda kuchliroq ta’sir etadi.Uglerodning atomalari o’zaro birikib, uglerod atomlaridan iborat juda barqaror zanjirlar hosil qila oladi. Uglerod atomlari bir-biri bilan “ochiq”, “tarmoqlangan” va “yopiq”zanjirlar beradi.
Karbonat kislota va uning tuzlari. Uglerod(IV)-oksid kislotali oksiddir. Karbonat kislota kuchsiz va beqaror kislota. Ammo ularning tuzlari barqaror moddalardir. Karbonat kislota quyidagi usulda olinadi:
CO2+H2O→H2CO3
H2CO3+ 2NaOH→ Na2CO3+2H2O
Eng muhim karbonatlar qatoriga Na2CO3(soda), K2CO3(potash), CaCO3(ohaktosh, bo’r, marmar) va boshqalar kiradi. Karbonatlarga yana karbonat kislota qo’shilsa, gidrokarbonatlarga o’tadi:
Na2CO3+ H2CO3→2NaHCO3
Gidrokarbonatlardan NaHCO3 (ichimlik sodasi), Ca(HCO3)2 (kalsiy gidrokarbonat)larni ko’rsatib o’tish mumkin. Gidrokarbonatlar suvda yaxshi eriydi; ichimlik sodasigina suvda kam eriydi.
Gidrokarbonatlar quruq holatda ham, eritmada ham qizdirilganda parchalanib, karbonatlarga aylanadi, masalan,
Ca(HCO3)2→CaCO3+CO2+H2O
Ishqoriy metallarning karbonatlari va ammoniy karbonatgina suvda yaxshi eriydi; qolgan metallarning karbonatlari esa suvda yomon eriydi.Ishqoriy metall karbonati qattiq qizdirilganda suyuqlanadi, boshqa metallarning karbonatlari esa qattiq qizdirilganda tegishli metallning oksidi bilan karbonat angidridga parchalanadi. Karbonatlarga sulfat, xlorid, nitrat va sirka kislota ta’sir ettirilganda CO2 hosil bo’ladi:
CaCO3+2HCl→CaCl2+CO2+H2O
Ammoniy karbonat ancha beqaror modda, u eritmada dissotsialanadi, gidrolizlanadi va yana issiqlik ta’siridan parchalanib, NH3 chiqarib turadi:
(NH4)2CO3→2NH3+CO2+H2O
Karbonat kislota tuzlari.
Soda. Tarkibida 100-96 % Na2CO3 bo’lgan mahsulot soda deb yuritiladi. Sodaning bir necha ko’rinishi bor: Na2CO3*10H2O-kristall holdagi soda, Na2CO3*H2O-kristall-karbonat, Na2CO3- kalsinatsiyalangan soda, Na2CO3 ning kukuni suvsiz soda deb ataladi.
Natriy gidrokarbonat-NaHCO3 oq kristall modda, uning suvdagi eritmasi gidroliz tufayli kuchsiz ishqoriy reaksiya ko’rsatadi. Toza natriy gidrokarbonat olish uchun sodaning to’yingan eritmasiga CO2 yuborish kerak. NaHCO3-tibbiyotda va sun’iy xamirturush sifatida qo’llaniladi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Davriy sistemaning IV guruhi nechta guruhchadan iborat?

  2. Qaysi modda qo’l bilan ushlaganda yog’li buyum kabi seziladi?

  3. Qaysi modda to’g’ri chiziqli zanjirlardan iborat polimer modda?

Download 19,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish