II bosqich. Guruh a’zolariga topshiriqlar beriladi.
1-topshiriq. Berilgan maqolani ham musahhih, ham muharrir sifatida tahrir qiling.
Ushbu usulga nom tanlang.
Nodira gʻazallarida vazn va mavzu
Mohlaroyim Nodira XIX arsning birinchi yarmida o„zbek adabiyotida alohida
o„rin tutgan eng ko‟zga ko‟ringan shoiralardan biridir. U ona she‟riyati an‟analarini
davom ettirib, o„zbek, fors-tojik tillarida she‟rlar yaratgan. “Nodira” va “Komila”
taxalluslari bilan ijod qilgan. Mohlaroyim o„zbek shoirasi, qo„qonlik mumtoz
adabiyot namoyondasi, Andijon hokimining qizi, Qo„qon hukmdori, shoir shoirlar
va olimlar homiysi Umar xonning xotini bo‟lgan. Shunday bir og„ir va suronli
davrlarda ham shoira ijod bilan shug„ullanishni bir on bo‟lsada to„xtatmagan.
Bunga sabab uning turmush o„rtog„i ham uning ijod qilishiga keng imkoniyatlar
yaratganidir.
O„zbek tilida Nodira, fors-tojik tillarida Komila yoki Maknuna taxalluslari
ko‟plab asarlarida qo„llangan. Ilk qo„lyozma devonlarida turli lirik janrlar uchraydi
– g„azallar, muxammaslar, musaddaslar, musammanlar, tarjibandlar va boshqa janr
imkoniyatlaridan keng foydalanilgan. Uning bir nechta “Ayriliq qo„shiqlari”
mavjud. Nodira mumtoz she‟riyatning mavjud hamma janrlarida qalam tebratgan.
Uning o„zbekcha, forscha–tojikcha g„azallari aruzning turli vaznlarida 5, 7, 9, 13,
hatto 18 baytli hajmda yaratilgan. Shoira g„azallarining asosiy qismi 7, 9 baytlidir.
Nodira o„z g„azallarida ko‟proq “mukarrar” (so„zning takrorlanib kelishi) va
“qo„sh mukarrar” usullaridan foydalangan. Nodira g„azallariga juda ko‟p shoirlar
naziralar yozganlar, muxammas bog„laganlar.
Nodira ijodidagi g„azallarga keladigan bo‟lsak, 8-sinf “Adabiyot” darsligida,
asosan, hazaj va ramal bahrlarida bitilgan g„azallari o„rin olgan. Bundan tashqari,
53 ta o„zbekcha va 52 ta tojikcha g„azali aynan shu vaznda yozilganligi haqida
o„quvchiga ma‟lumot berish uning shu fanga bo‟lgan qiziqishini oshiradi. Hazaj
bahri sokinligi bilan mumtoz adabiyotimiz va xalq kuylariga hamohangligi bilan
ajralib turadi. Biz bilamizki, Umarxon vafotidan so„ng Nodiraning hayotida bir
muncha qiyinchiliklar boshlanadi aynan shu vazn imkoniyatlarida shoira xalqqa
o„zining ko‟ngil rozlarini yaxshiroq ayta olgan deyishimiz mumkin. Shoira “Eshit”
radifli g„azalida ham Allohga va birdaniga Amir Umarxonga ishora borligini
sezish mumkin. Bu holatni quyidagi maqta‟da uchratamiz:
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shah–u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit
1
.
Bu g„azal ham an‟anaviy yetti baytdan iborat bo‟lib, ramali musammani
mahzuf vaznida bitilgan taqte‟si: – V – – / – V – – / – V – – / – V –. Hijolarning
joylashuvi, son va sifati foilotun ruknini, uning qaytalanishi ramal bahrini,
baytdagi sakkizta rukn musamman ekanini, oxirgi ruknlarda bir cho„ziq hijoning
kamligi mahzuf tarmog„ini ko‟rsatadi va g„azalning ramali musammani mahzuf
vaznida yozilganligi oydinlashadi
2
.
G„azalda turkiy so„z (“eshit”) radifga olingan bo‟lib, qofiyadagi so„zlarning
barchasi o„zbekcha egalik qo„shimchasi bilan kelgan forscha-tojikcha so„zlardan
tashkil topgan. Bu g„azalda lirik qahramon to„g„ridan to„g„ri yorga murojaatdan
boshlaydi. Ammo g„azalning boshidan oxirigacha biror joyda “yor” so„zi
ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |