2. Arifmetik ifodalarni hisoblash
Maple muhitida arifmetik ifodalarni yozish va ularning qiymatlarini hisoblash ham mumkin. Arifmetik ifodalarni belgilash va ularni qiymatini berish uchun o’zqaruvchilardan foydalaniladi. Maple muhitida o’zgaruvchilar turi butun (integet), rasional (rational), haqiqiy (real), kompleks (complex ) yoki satrli (string) bo’lishi mumkin.
O’zgaruvchilarga nom beriladi. O’zgaruvchilar nomi harflar, belgilar va raqamlar ketma-ketligidan iborat bo’lib, har doim harflardan boshlanishi lozim. Nom 524275 ta belgidan oshib ketmasligi kerak. Masalan: AB, tenglama, Y11, Var_1, Xmin, Ymax va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |