5-9 sinf o’quvchlarining jismoniy sifatlarini rivojlantirishning ijtimoiy omillari. TerDu jismoniy madaniyat fakulteti: Berdiyev. G’. U



Download 42 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi42 Kb.
#266591
  1   2
Bog'liq
Berdiyev. G’ 09.07.2021 y.


5-9 SINF O’QUVCHLARINING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY OMILLARI.
TerDU Jismoniy madaniyat fakulteti:

Berdiyev.G’.U.

O‘zbek xalqining ming yillar davomida yaratgan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ijod boyliklarini to‘plash, o‘rganish, bu boy xazinalar asosida yosh avlodni ma’naviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Inson tug‘ilishidan boshlab, avval instinktiv tarzda-mustaqil, so‘ng shartli refleks asosida o‘zi yoki «o‘rgatuvchilar» (ota-ona, tarbiyachi, o‘qituvchi) yordamida turli hayotiy zarur harakat ko‘nikmalarini shakllantirib boradi. O‘z navbatida hayot, turmush, mehnat, sport, mudofaa va hokazo omillar shu ko‘nikmalarni tezkorlik, kuchlilik, chaqqonlik, chidamkorlik va ma’lum darajada egiluvchanlik bilan ijro etish ehtiyoji tug‘iladi. Ana shu jismoniy qobiliyatlar qanchalik shakllangan bo‘lsa, barcha turdagi harakat ko‘nikmalari (yurish, yugurish, sakrash, to‘xtash, osilib chiqish va h.) shu jumladan, sportga xos texnik-taktik malakalar, shunchalik uzoq muddat davomida tezkorlik, chaqqonlik yuksak kuch, chidamkorlik bilan ijro etilishi mumkin. Har bir jismoniy sifat o‘z navbatida bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bir jismoniy sifatni shakllanishi, ikkinchi bir jismoniy sifatga ko‘chishi kuzatiladi.

5-9 sinf o’quvchilarini sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy tarbiya o’z oldiga katta ma’suliyatli vazifalar qo‘yadi. O’quvchilarni jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, ularning jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga qaratilgan jismoniy tarbiya darslarini milliylashtirishiga, bunda xalqimizning unitilib borayotgan milliy o‘yinlarini to‘plash, hayotga-maktabga tadbiq etish, rivojlantirish yo‘llari va usullarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ayniqsa, O‘zbekiston mustaqillikga erishgandan so‘ng milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi. Bu hayotning hamma jabhalarida turli darajada o‘zini namoyon eta boshladi, jumladan, tarbiyaning asosiy qismlaridan biri jismoniy madaniyatda ham «Jismoniy tarbiya, - deyiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida» gi Qonunida, - O‘zbekiston Respublikasi xalqlar milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va madaniy, ma’naviy kamolatining muhim vositasi» ekanligi ta’kidlanadi. Buning ustiga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning «Sog‘lom avlod uchun» (1993) Farmoni ushbu xayrli ishlarni amalga oshirishiga, o‘quvchilarning dunyoqarishi jismoniy va ma’naviy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilganini ta’kidlab o‘tish kerak. Shu nuqtai nazardan qaraganda biz tanlagan mavzuning dolzarbligi va muhimligi yaqqol namoyon bo‘ladi.1

Zamonaviy sport amaliyotida jismoniy tayyorgarlik texnik va taktik mahoratni yuksak cho‘qqilarga olib chiquvchi yagona va hal qiluvchi poydevor bo‘lib hizmat qiladi. Binobarin, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchun jismoniy sifatlarni maktabdanoq, to‘garakka endi kelgan bolalar tomonidan tanlangan sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga mos ravishda rivojlantirish sport trenirovkasining muhim shartlaridan biridir. Buning uchun mashqlarni to‘g‘ri tanlash va amalga joriy etish samaradorligini pedagogik nazorat ostiga olish iste’dodli sport zahiralarini yetishtirishda o‘ta dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Ushbu masalani ilmiy asosda tashkil qilish va sportchi-o’quvchilar salohiyatini xalqaro miqyos darajasiga olib chiqish zarurligi Birinchi Prezident I. A. Karimov tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida” gi Qarori (24.10.2002) da alohida ta’kidlab berilgan va u tomonidan amalga oshirilgan ulkan islohotlarini olib bordi.2

Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev ko‘rsatmalari hamda uning rahbarligida qabul qilinayotgan konseptual hujjatlarda o‘z aksini topib bormoqda.3

Xulosa qilib aytganda, maktab o’quvchilari bilan o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida yosh sportchilarni nafaqat harakat texnikasi yoki taktikasini shakllantirish, balki jismoniy sifatlarni rivojlantirishda ilmiy yondashish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish