Metallga ishlov berish texnologiyasi: chilangarlik va tokarlikda metallarga ishlov berish usullarini bajarish; tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash stanoklarida oddiy operatsiyalarni bajarish; uy-ro'zg'or, turmush va maktab uchun metall materiallardan buyumlar tayyorlash; texnologik xaritalar tayyorlash, chizish, foydalanish.
Yog'ochga ishlov berish texnologiyasi: yog'ochga qo'lda ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ish jo'vini tashkil qilish; yog'ochga ishlov berishda tokarlik va parmalash stanoklarida operatsiyalarni bajarish; konussimon va fason burchak sathli detallarni va ularning eskizlarini tuzish va chizmalarini tayyorlash; tayyorlanadigan detallar, texnologik xaritalar; yog'och va metallga ishlov berishni uyg'unlashtiruvchi xalq hunarmandchilik turlaribo'yicha ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |