Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta'mirlash bo‘limi:o‘quvchilar pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash; oyna romlarini kichik ta’mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko'rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari; pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali vuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ish usullari; yurtimiz me’morchiligi tarixi, xona interyeri hamda jihozlanish dizayni: sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an'analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo'nalishlari; xona va fanlar bo'yicha o'quv xonalarida mebel va qo‘shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta’minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari; ta’mirlashda qo'llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo'llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta’minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo'mraklarni sozlashda mayda ta’mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta’mirlash bilan bog'Iiq kasb-hunarlar bo'yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega boiadilar.
«Servis xizmati» yo'nalishi
Elektronikaga bo'limi: o'quvchilar gazlama turlari, xususiyatlari, ularga ishlov berish, bichish-tikish asoslarini o‘rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, tikuv, yigiruv asbob-uskunalari va mashinalari, ularning turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishadilar; gazlamaga ishlov berish texnologiyasi xalq hunarmandchiligi tarmoqlari: kashtachilik, do‘ppido'zlik, zardo'zlik, quroqchilik, popopchilik, milliy o'yinchoqlar tayyorlash va boshqa yo'nalishlarning asoslarini egallaydilar; gazlamaga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to‘g‘risidagi m a’lumotlarga ega bo'ladilar.
Pazandachilik asoslari bo'limi:o'quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshpazlik va qandolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlarining hamda taomlarning inson hayotidagi o‘rni, xususiyatlari, to'yim 1 iligi, turlari, ovqatlanish m e’yori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish yo'llarini o'rganadilar; oshxonalarning jihozlanishi; oziq-ovqat sanoati, sanitariya-gigiyenahamda mehnat xavfsizlik texnika qoidalarini; uy-ro'zg'or yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jam g‘armasi va uni sarflash madaniyatini, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalaridagi keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari haqidagi tushunchalarga hamda pazandachilikka oid kasb-hunar turlari to'g'risidagi ma’lumotlarga ega bo'ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |