Avtomatlashgan loyihalash tizimi. Bundan 60 yil muqaddam paydo bo‘lgan avtomatlashgan loyihalash tizimi (ALT) o‘z mazmunini o‘zgartirib, uzluksiz tadrijiy rivojlandi. Dastlab u tugal avto-matlar metodining strukturali tahlili bilan bog‘landi. Keyinchalik asosiy e’tibor avtomatlashgan loyihalashga qaratildi.
Loyiha - konstruktorlik ishining asosiy turlari quyidagicha: bevosita loyihalash, chizib-yozish, eksperimentlash, tuzatishlar kiritish va hokazo. Bunda ishlab chiqishga ketadigan vaqtning yarimini hujjatlarni tayyorlash, sxema, chizmalarni chizish va tayyor-lash, ularni tahrir etish va to‘g‘rilashga ketadi.
Loyihalash jarayonida juda ulkan grafik axborotni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Uni yaratish va qayta ishlash ikki tarkibiy qism: bir tomondan sistemali va mantiqiy loyihalash va ikkinchi tomondan konstruktorlik loyshalashi hamda chizmachilikdan tashkil topadi. Bu ikkala bosqich juda mayda ishlarni o‘z ichiga oladiki, ular avtomatlashtirilishi mumkin. Ayniqsa, ikkinchi bosqichda mayda ishlar hajmi ancha ko‘p.
Loyihalash jarayoni nafaqat ishlab chiqaruvchi tomonidan ay-rim yangi axborotni yaratishni, balki loyihalash maqsadlarini o‘rga-nishni o‘z ichiga oluvchi muammoni tahlil etish, tanqidiy parametr-larni aniqlash va mavjud omillarni hisobga olish, ko‘zda tutilgan maqsadlar, loyihalashni tanlash, bog‘liq, joylar va komponentlarni hisob-kitob qilish, alohida jarayonlarni modellash, natijalarni u yoki bu shaklda namoyish etishni ham uz ichiga oladi. Bu barcha bos-knchlar avtomatlashgan loyihalash mazmunini tashkil etadi.
Avtomatlashgan loyihalashni EHMni dasturiy va texnik ta’minlash sohasidagi zarur ilmiy va texnik bilimlarni o‘z ichiga oluvchi soha sifatida ham, EHM dan foydalanilgan holda texnik tizimlarni loyihalash, rivojlantirish va amalga oshirish metodologiyasi deb ham aytish mumkin.
ALT yuqori malakali katta mehnatni talab etuvchi murakkab dasturiy-texnik komplekslarni o‘zida namoyon etadi. Ko‘pgina sanoat ALTlarining qiymati millionlab dollar turishi bejiz emas. Xatto shaxsiy kompyuterdan foydalanilgan holda shaxsiy hisoblashga yo‘naltirilgan ALT ham ancha qimmat turadi. Masalan, ALTning Avto Disk firmasi ishlab chikkan Avto CAD paketa versiya narxi 4000 dollar turadi.
Belgilangan maqsadlar va cheklanishlarni qondiruvchi yangi mahsulot yaratish vazifasi qo‘yilgan har bir joyda shundan foydalanish mumkin. Hozirgi paytda ALT mashinasozlik va radioelektronika kabi sohalarda eng ko‘p tarqalgan. Birok ALTdan yangi namunadagi texnologiyalar yaratiladigan boshqa ko‘plab sanoat tarmoqlarida ham foydalanish mumkin. Shu bois ALT qurilishda ham, o‘yinchoqlar ishlab chiqarishda ham, nozik avtomatlashgan tizimlar arxitekturasini loyihalashda ham bir xil muvaffaqiyat bilan qo‘llaniladi.
Halq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun ALTni loyihalash jarayonlari juda ko‘plab umumiy xususiyatlarga ega. Avtomatlashgan loyihalashga bunday qarash yagona tamoyillar tizimini ishlab chiqish uchun asos yaratadi.
Bundan tashqari, turli sohalarning o‘zaro bir-birini boyi-tishi juda foydali. Bir sohada to‘plangan loyihalashning oqilona qoida va usullari boshqalarida muvaffaqiyat bilan foydalanishi mumkin. Shu munosabat bilan loyihalash uchun zarur bo‘lgan muhandislik bilimlarining ma’lumotlar bankini yaratish va rivojlantirish dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bunday bankni yaratish sun’iy intellekt va ekspert tizimlar muammolari bilan yaqindan bog‘liq. ALTning kelajagi shaxsiy kompyuterlar rivojlanishi bilan aloqador. Albatta, uta murakkab bo‘lgan ob’ektlarni, masalan, atom elektrostansiyalari, kosmik kemalar kabilarni loyshalash vazifasi doimo mav-jud bo‘ladi va ular super EHMlarni loyihalashni talab etadi. Birok., juda ko‘plab boshqa vazifalar ham borki, ularni shax-siy kompyuterlar ham hal kila oladi. Bundan tashqari zaruriyat tug‘ilganda shaxsiy kompyuterlar loyihalash vazifalari dasturchi-lar jamoasi muvofiqlashuvini talab etsa, lokal tarmoqlarga bog‘lanishi mumkin.
Hozirgi paytda avtomatlashgan loyihalash tizimlari turli sohalardagi loyihalash ishlarini amalga oshirish uchun keng iste’molchilar ommasiga mo‘ljallab ishlab chiqilmoqda. ALT paketlarining rivojlanishi tufayli yarim ekranli menyu asosidagi interfeys, ikki va uch o‘lchovli grafikdan foydalanilmoqda, sintezlashgan ob’ektlarni modellash va testlash vositalari bilan ta’minlangan.
ALTning o‘ziga xos tomoni – bu turdagi tizimlar kompo-nentlari tarkibiga maxsus talablardir. ALT loyihalash bo‘yicha mutaxassislar foydalanishi uchun belgilangan ekan, ular loyiha-chining EHM bilan muloqotida maxsus rivojlangan vositalarga ega bo‘lishi lozim.
ALTning texnik vositalari tarkibi ixtisoslashgan va loyihalash jarayonida talab etiladigan barcha qurilmalar (grafik axborotni hisoblash qurilmalari, grafik va alifboli-raqamli displeylar)ni qamrab oladi. ALTdan qurilma vositasi sifatida foydalanish maxsus loyihalash mutaxassislarini tayyorlashni talab etadi.
ALT ni qo‘llashning eng ko‘p tarqalgan sohalari quyidagi-lardnr:
loyihalash jarayonida ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish;
mahsulotlarni sintez qilish vazifalari;
shakllarni loyihalash, jamlash, belgilash;
foydalanishda ob’ektlarni modellash;
muhandislik – texnik va texnik – iqtisodiy hisob – kitoblar;
loyihali hujjatlarni tayyorlab chiqarish;
smetalar hisob-kitobini avtomatlashtirish;
texnologik hujjatlarni (marshrutlar, haritalar, qayta ishlash rejimlari) tayyorlab chiqarish;
raqamli dasturiy boshqaruv (ALT)ga ega stanoklar uchun dasturlarni shakllantirish.
Bugungi loyihalash amaliy dasturlar paketlari (ADP) juda samaralidir, chunki ular konkret loyiha talablariga muvofiq turli komponentlarni o‘rnatish, boshqa joyga ko‘chirish va qayta taqsimlash imkoniyatini ta’minlaydi. Ular loyiha ishlab chiquvchiga keng ko‘lamda harakatlar erkinligini beradi va optimal variantni olish vaqtini ancha qisqartiradi. Masalan, Math Soft firmasining Math CAD paketi interaktiv rejimda displey ekranida qulay vazifalarni amalga oshirish, tahrir qilish va aks ettirish, shuningdek tahliliy yoki grafik shaklda berilgan tenglamalarni yechishga imkon yaratadi. Yaratilgan grafiklarga istalgan tushuntiruvchi matn kiritilishi mumkin, grafik-larning uzi esa ma’lumotlar bazasida saqlanadi va istalgan matnli hujjatda keyinchalik ham mavjud bo‘ladi. Math CAD tizimi trigonometrik funksiyalarga ega bo‘lib, masalan, Cu halqaro tizimidan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari qurilgan sintaksik analizatori kiritilayotgan formulalarning sintaksik jihatdan to‘g‘riligini tekshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |