5 – umumiy o`rta ta’lim maktabi Iqtisod fani o`qituvchisi Raxmonberganov Otabekning 8-sinfda “Tanlov va uning muqobil qiymati” mavzusida yozgan bir soatlik Aziz o`quvchilar! Sizlarga 8 sinfdan maktab dasturiga yangi fan- iqtisodiy bilim asoslari fani kiritilgan. Men o`tgan darslarimda ham ta’kidlaganimdek, bu fan mavzulari kundalik hayotimizdan, biz har kun duch keladigan hodisalar haqida bo`lib, maqsad sizlarga kundalik turmushimizda duch keladigan iqtisodiy jarayonlarga ilmiy jihatdan yondashishni o`rgatish, bu hodisa va jarayonlarning sabab va oqibatlari bilan tanishtirish hisoblanadi. - Aziz o`quvchilar! Sizlarga 8 sinfdan maktab dasturiga yangi fan- iqtisodiy bilim asoslari fani kiritilgan. Men o`tgan darslarimda ham ta’kidlaganimdek, bu fan mavzulari kundalik hayotimizdan, biz har kun duch keladigan hodisalar haqida bo`lib, maqsad sizlarga kundalik turmushimizda duch keladigan iqtisodiy jarayonlarga ilmiy jihatdan yondashishni o`rgatish, bu hodisa va jarayonlarning sabab va oqibatlari bilan tanishtirish hisoblanadi.
Bugungi dars shiori: Bugungi dars shiori: - Iqtisod so`zining ma’nosi nima?
- Iqtisodiyotning o`zi nima?
- Iqtisodiyot qachon paydo bo`lgan? Iqtisodiyot ilmiy jihatdan qachon va kim tomonidan o`rganila boshlangan? Iqtisodiyotning fan sifatida paydo bo`lish haqida ma’lumotga egamisiz?
- Iqtisodiyotning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
- Iqtisodiy jarayonlar nimalar? Ularga izoh bering.
- Iqtisodiyot o`rganish ko`lamiga ko`ra qanday turlarga bo`linishini bilasizmi?
- Ehtiyoj nima?
- Ehtiyojning qanday turlarini bilasiz?
- Resurs nima?
Takrorlash savollari - Iqtisodiyotning eng asosiy muammosi nima?
- Cheklanganlik muammosi nima sababdan vujudga keladi?
- Nimaga ehtiyojning chegarasi yo`q?Ehtiyoj qondirilsa nima bo`ladi?
- Cheklanganlik muammosini iqtisodiyot dvigateli deb atashadi. Siz buning sababini izohlab bera olasizmi?
- Kitobning 11 varag`idagi I. A. Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asaridan keltirilgan parchani o`qing va tushuntirib bering.
Yangi mavzu Reja: - Tanlov nima?
- Nima uchun tanlov zaruriyati vujudga keladi?
- Muqobil imkoniyatlar nima?
- Tanlovning muqobil qiymati.
- Murosali tanlov
1-vaziyat Do`stim yangi uy qurdi va ko`chib chiqdi. Unda yangi xo`jalik bo`lgani uchun yangi jihozlar olishi kerak bo`ladi. Unda jixozlar bor, lekin eski, eski televizor, eski xolodilnik. U jixoz olish uchun 2 mln so`m jamg`ardi. Do`konda esa mahsulotlar qiymati quyidagicha: Televizor-1mln 700 ming, Muzlatgich-2mln, Gaz plitasi-1,5 mln, Kompyuter-1mln 800 ming, Konditsiyoner-2mln, Kir yuvish mashinasi-1mln 800 ming so`m. Unga qanday harakat qilishni maslahat berasiz? 2-vaziyat Men uyimda qurilish ishlarini olib borish uchun ustalarni chaqirdim. Ular har kuni palov pishirib berishimni so`rashdi. Menga palovga xarajat qilishga yordam bering. Bir haftalik palov harajati qancha bo`ladi? Pulimiz hamma xarajatga yetmasa nima qilish kerak? 3-vaziyat Bozordan to`y uchun 300 000 so`mga 1 kg i 10 000 so`mdan konfet va 1 kg 15 000 so`mdan shakolad olish kerak. Qanday imkoniyatlar bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |