5 – mavzu: O`smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari


O’smirlarning intellektual rivojlanishi



Download 41,82 Kb.
bet2/4
Sana14.07.2022
Hajmi41,82 Kb.
#798399
1   2   3   4
Bog'liq
5-мавзу

2. O’smirlarning intellektual rivojlanishi
O’smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so’z boyligining oshishi hisobiga bo’lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari hisobiga bo’ladi. Bu davrda o’smir til yordamida atrof-borliqni aks ettirish bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan o’smirlik davridan boshlab, inson nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. O’smirni ko’pincha muomalada so’zlarni ishlatish qoidalari - ""qanday qilib to’g’ri yozish kerak" "qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin" , "Nima deyish kerak", kabi savollar juda qiziqtiradi. O’smirlar maktabdagi o’qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va televideniye diktorlari hatolariga tez e'tibor beradilar. Bu holat o’smirning bir tomondan o’z nutqini nazorat etishga o’rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o’zida mavjud hatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.
O’smir so’zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o’z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardan so’zlarni tanlab ishlatishga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o’smir uchun o’qituvchi, albatta, namuna bo’lishi shartdir.
Aynan maktab ta'limi o’smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo’nalishini sifat jijhatidan o’zgarishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq, ogʻzaki hamda yozma mavjud bo’lishi bilan kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o’quv jarayonlarining to’g’ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o’smir nutqining to’g’ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o’zlashtirishga harakat bu o’smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishishga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.
O’smirlik davrida o’qish malakalari, yozma va monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o’qish to’g’ri, tez va ifodali bo’lish darajasidan, yoddan ifodali, ta'sirli aytib bera olish darajasigacha ko’tariladi. Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so’zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, ogʻzaki - mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o’zgaradi. Yozma nutq ham yaxshilangan holda o’smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo’yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. O’smirlarning nutqi to’la tafakkur bilan bog’liq holatida amalga oshiriladi.
5-6 sinflardagi o’quvchilar og’zaki va yozma matn uchun reja tuzib, unga amal qila oladilar.
Diqqat. Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qilsa, o’smirlik davrida bola o’z diqqatini o’zi boshqara oladi. Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat hollarda o’quvchilar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. O’smir o’z diqqatini to’la ravishda o’zi uchun ahamiyatli bo’lgan va yuqori natijalarga erishishi mumkin bo’lgan faoliyatlarga хarata oladi. O’smirning diqqati yaxshi boshqariladigan va nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo’lishi mumkin. Bolaning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati o’qituvchi tomonidan doimo qo’llab-quvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga ko’tarish uchun bir qancha uslublar ishlab chiqilgan. Shuningdek, o’smirning dars jarayonida o’z tengdoshlari orasida o’zini ko’rsatishi uchun sharoitni yaratilishi ham o’smirdagi diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriyga aylanishida zamin bo’lib xizmat qilishi mumkin. Lekin, o’smirlik davrida juda qattiq charchash holatlari ham bo’ladi. Aynan 13-14 hamda 16 yoshlarda charchash chizig’i keskin ko’tariladi. Bunday holatlarda o’smir atrofdagi narsa va voqealarga to’liq diqqatini хarata olmaydi, diqqatning ko’rinishlariga o’smirlik erishish va yo’qotish bo’yicha to’la qarama-qarshi bo’lgan davr hisoblanadi. O’smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo’la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o’quvchilar atrof-olamdagi bog’lanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda o’smirning bilishga bo’lgan qiziqishida progress sodir bo’ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. Buning ta'sirida isbot, dalillar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyat paydo bo’ladi.
Maktabda o’qitiladigan fanlar o’smir uchun o’z taxminlarini yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo’lib xizmat qiladi.
J.Piajening ta'kidlashicha, "Ijtimoiy hayot uch narsaning ta'siri - til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi". Bu borada o’zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o’z-o’zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi.
11-12 yoshdan boshlab o’smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi. O’smir bu yoshda huddi kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni o’rgana boshlaydi. O’smir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez ko’tarila olishi, o’quv materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektini ham rivojlanishini belgilab beradi.
O’smirlik davri yuqori darajadagi intellektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik o’ta qiziquvchanlik hamda atrofdagilarga o’z layoqatlarini namoyish etish, shuningdek, ulardan yuqori baho olish ehtiyojining mavjudligi bilan belgilanadi. O’smirning kattalarga beradigan savollari mazmunli, mulohazali va aynan o’sha masala doirasida bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar turli farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib, tadqiqot o’tkaza oladilar hamda ma'lum bir masala bo’yicha muqobil variantlarni taqqoslay oladilar. O’smir tafakkuri ko’pincha umumlashtirishga moyil bo’ladi. Respublikamizning bozor iqtisodiyoti sharoitiga o’tishida kishilardagi amaliy tafakkurning ahamiyati oshmoqda. Amaliy tafakkur tizimiga quyidagi aqliy sifatlar kiradi:
- tadbirkorlik, tejamkorlik, hisob-kitoblik, yuzaga kelgan muammolarni tez yecha olishlik va boshqa shu kabi sifatlar mavjud bo’lgan taqdirdagina amaliy tafakkurni rivojlangan deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni 1-sinfdanoq rivojlantira borish nihoyatda muhim. O’smirlik davrida ishbilarmonlik sifatini o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarishni yo’lga qo’yishi, umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok etishi orqali rivojlantirish mumkin. Bu borada o’quvchi ijrochi rolida emas balki boshqaruvchi, mustaqil yo’l tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida o’zi ishtirokchi bo’lgan taqdirdagina rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu yoshda tadbirkorlikni rivojlantirishda ko’proq mustaqilikning berilishi o’smir amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. O’smir yoshdagi bolalarda tejamkorlikni rivojlantirish aqlning boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi, buni ko’proq ularni qiziqtiradigan narsalarga mustaqi ravishda hisob-kitob qilib borishga yo’llash orqali amalga oshirish mumkin, o’smirlarda yuzaga kelgan muammolarni tez va operativ holda yechish malakasini shakllantirish birmuncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu bolaning temperamentiga ham bog’liq. Barcha o’smirlarni ham tez yo’llab, tez harakat qilishga o’rgatish mushkul, lekin ularni biror muammo yuzaga kelishi bilan orqaga chekinmay, zudlik bilan yechishning umumiy qoidalariga o’rgatib borish mumkin. O’smirlik davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan bo’lishi qimmatli va obro’li hisoblanadi. O’smir shaxsida va uning bilishga qiziqishidagi o’zgarishlar o’zaro bog’liq bo’ladi. Ixtiyoriy psixik jarayonlarning rivojlanishi o’smirdagi shakllanib kelayotgan shaxs mustaqilligiga tayanadi, o’zining shaxsiy xususiyatlarini anglash va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi tafakkurni rivojlanishi bilan belgilanadi.



Download 41,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish