Maykl
va
Enid Balintlar
psixoterapevtlar seminarini tashkil etib, unda munozara
va muhokamaning amaliy ahamiyatini isbotlashgan. Ular har kuni klinikadagi
vrachlarning to‘planishlari va kundalik amaliyotlarida ro‘y bergan hodisalar, faktlar
haqida ma’lumotlar berib, keyin bildirilgan fikrlar o‘zaro muhokama qilingan. Shu
tufayli turli shifokorlar tajribasida tabiiy hisoblangan "o‘zbilarmonchilik"ning
oldi olingan va hozirgacha saqlanib qolgan "5 daqiqalik" shifokorlar yig‘ini
paydo bo‘lgan. Shifokorlar o‘zaro fikr almashinishlari tufayli ma’lum umumiy
foydali qarorlarga kelishlari tibbiyot ilmi va amaliyotining rivojiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatgan.
Har qanday sharoitda ham shaxsning o‘z boshidan kechirganlarini o‘zgalarga
ayta olishi va boshqa fikrlarni qabul qila olishi katga ijtimoiy ahamiyatga ega.
O‘sha G‘arb mamlakatlarida keng tarqalgan
"T-guruh"
lar metodi ham aynan turli
hayotiy kazuslarni taxlil qilish vositasida fikrlar uyg‘unligiga erishish va shaxsni
tarbiyalash imkoniyatini yaratadi.
Kichik va katta guruhlarda munozaralarni tashkil etish qoidalari shundaki, ular
har bir shaxsning o‘z nuqtai nazarini tahlil qilishga imkon yaratib, undagi
tashabbuskorlik, muloqotdagi bilimdonlik hamda o‘z aqliy potensialidan to‘liq
foydalanish imkoniyatini beradi. Ya’ni ushbu turkum metodlarning vazifalari ham
uning ahamiyatli maqsadlaridan kelib chiqadi:
a) munozara qatnashchilarini real vaziyatlarni tahlil qilishga, asosiy, muhim
narsani nomuhim narsadan ajratishga va muammoni anglashga o‘rgatadi;
b) o‘zgalar fikri, gapirish mahoratini kuzatish va shu asosida ular bilan
hamkorlikda ishlashga undaydi;
v) muammoga taalluqli rang-barang qirralarni ajratish, ular mohiyatini anglash
imkoniyatini yaratadi;
g) muammoning turli muqobil yechimlari bo‘lishi mumkinligini namoyish
qiladi.
Ayniqsa,
axloqiy-ma’naviy
mavzulardagi muammolarni hal qilishda
munozaraning roli katta. Bunday sharoitda bahslashuvchilarning yetuklik
darajalari, axloqiy qadriyatlarni anglash darajalari katta ahamiyatga egadir.
Axloqiy-ma’naviy masalalar yuzasidan munozarani tashkil etuvchi shaxsga
alohida talablar qo‘yilishini ta’kidlash kerak. Chunki u bahslashuvchilarga hech
qanday tazyiq ko‘rsatmasligi, har bir shaxsning erkin fikr bayon etishiga yo‘l
qo‘ygan holda ular fikrlarining tamoman zidlashib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi,
munozaradan kelib chiqadigan xulosani va qarorni guruhning o‘ziga havola qilish
lozimligini unutmasligi zarur. Bu usul maktablarda, turli bilim maskanlarida,
mahalla qo‘mitalari ish faoliyatida, turli maslahat shohobchalari, o‘spirinlar
tarbiyasi borasida keng qo‘llanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |