5- mavzu: Guruhiy treninglaming uslubiy muammolari Reja


Kurt  Levin ham  40-yillardayoq



Download 308,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana24.01.2022
Hajmi308,53 Kb.
#407463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5 Maruza

Kurt  Levin ham  40-yillardayoq

  guruhda  ko‘pchilikning  yagona  bir  qarorga 

kelishining  psixologik  tabiatini  o‘rganar  ekan,  unda  ana  shu  guruhlarda 

o‘tkaziladigan  tabiiy  munozaralarning  har  bir  shaxs  ijtimoiy  ustanovkalari, 

qarashlari  va  guruhga  munosabatiga  bevosita  ta’siri  borligini  isbotladi.  Uning 

fikricha, guruhdagi munozara har bir shaxsning guruhiy faoliyatga nisbatan moti-

vasiyasini  oshirib,  shu  bilan  birga  har  qaysi  a’zoning  guruhiy  jarayonlarga 

qo‘shilishi,  o‘z  mavqeini  anglash,  o‘zgalarga  nimanidir  deyish  kabi  ehtiyojini 

oshiradi.  Erkin,  demokratik  tarzda  fikr  almashinish  imkoniyatining  yaratilishi 

muhokama  qilinayotgan  muammo  bo‘yicha  guruh  a’zolaridagi  fikrlash  jarayonini 

tezlashtiradi, ularning ijtimoiy mavqelarini yanada faollashtiradi. 

K.  Levin  eksperimentlarining  real  hayotda  qanday  samara  berishi  bo‘yicha 

keyinchalik, ya’ni ikkinchi jahon urushi yillarida sinovlar o‘tkazilgan. O‘sha yillari 

bir guruh ayollarga ayrim oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, baliq konservasi va 

pashtetining  ham  foydali  ekanligi,  har  doim  ham  yangi  so‘yilgan  mol  yoki 

boshqa hayvon go‘shtini iste’mol qilish shart emasligi haqida chiroyli va ishonchli 

ma’ruzalar  o‘qilgan.  Lekin  ertasi  kuni  o‘sha  tinglovchilarning  3  foizigina 



do‘konlardan  yuqorida  targ‘ibot  qilingan  narsalarni  harid  qilganlar.  Boshqa  bir 

ayollar  guruhiga  esa  aynan  shu  mavzuda  munozaralar  o‘tkazish  sharoiti 

yaratilgan. Keyingi kuzatishlarning ko‘rsatishicha, munozara qatnashchilaridan 32 

foizi  o‘sha  oziq-ovqat  mahsulotlariga  nisbatan  o‘z  fikrlarini  o‘zgartirganlar  va 

taklif etilgan mahsulotarni harid qila boshlaganlar. 

Ilmiy  nuqtai  nazardan  olib  qaraganda,  munozaralarning  mohiyati  va  ahamiyati 

quyidagilarda  izoxlanadi:  an’anaviy  ma’ruza  tinglovchilari  tanishtirilayotgan 

muammoga  nisbatan  taxminan  bir  xil  neytral  mavqeni  bildiradilar,  ya’ni  o‘sha 

mavzu  yuzasidan  o‘zida  to‘g‘ri  fikr  mavjud  bo‘lgan  sharoitda  ham 

ma’ruzachining  bildirayotgan  fikrlarini  ishonchliroq  va  asoslanganroq,  deb 

hisoblab, mavzu yuzasidan shaxsiy fikrini past baholaydi. Agar bayon etilayotgan 

fikrlar mutlaqo yangi bo‘lsa, uning mohiyatiga to‘la tushunib yetish va tushunish 

qiyin,  degan  ma’noda  yana  fikriy  pasayish  yuzaga  keladi.  Fikrlar  to‘qnashuvini 

taqozo qiluvchi munozarada esa qarama-qarshi yoki monand fikrlarning borligini 

anglash ham shaxsda ushbu fikrlarga nisbatan ancha faol mavqeni shakllantiradi. 

Munozaraning  qanday  yakunlanishidan  qati  nazar,  ya’ni  unda  fikrlar 

kesishmasligi ham mumkin yoki ularda ma’lum uyg‘unlik bo‘lishi kuzatiladi, bunda 

nima  bo‘lganda  ham  bahsning  mazmuni  shaxsning  ijtimoiy  tasavvurlari  va 

qarashlarida mustahkam o‘rnashadi hamda xotirada qoladi. 

Bahsli  munozaraning  predmeti  yoki  ob’yekti  sifatida  maxsus  tarzda  tanlab 

olingan  muammo  yoki  amaliy  faoliyatda  uchraydigan  turli  hodisalar  va  qarama-

qarshi  g‘oyalar  qabul  qilinishi  mumkin. Masalan,  50  -  yillarda  ingliz  shifokorlari 




Download 308,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish