5- mavzu. Bilish falsafasi (Gnoseologiya) Reja



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/28
Sana14.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#796625
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
Маъруза матн (2)

Ob'ektiv haqiqat
– 
bilimlarimizning inson insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan mazmuni. 
Bizning bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy guruhga bog‘liq 
bo‘lgan unsur mavjud bo‘ladi. Binobarin, o‘z bilimlarimizda sub'ektiv unsurlarga bog‘liq 
bo‘lmagan va shu sababli ob'ektiv hisoblanadigan mazmunni qayd etishimiz lozim. Ob'ektiv 
haqiqat rivojlanib, ikki shakl: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi.
8
Qarang. Gegel G. Fenomenologiya duxa. -M.: Nauka, 1994. –S.196


Mutlaq haqiqat
– 
predmetni kelajakda to‘ldirilishi yoki unga aniqlik kiritilishi mumkin 
bo‘lmagan tarzda to‘la, mukammal bilishdir
. Olam vaqt va makonda cheksizligi tufayli bunday 
bilimga amalda erishish mumkin emas. Haqiqat tushunchasini mutlaq haqiqat tushunchasi bilan 
tenglashtirib, biz unga erishib bo‘lmasligi, demak, umuman bilish mumkin emasligi haqida 
gapiramiz. Biroq fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlanadi, 
chunki u nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifatida tushuniladigan haqiqatni bilishga qodir. 
Boshqacha aytganda, ob'ektiv haqiqat to‘la va mukammal ko‘rinishdagi mutlaq haqiqatdir. 
Ayrim hollarda, agar haqiqat vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, ya'ni vqat shart-sharoitlariga bog‘liq 
bo‘lmasa, u boqiy haqiqat deb ataladi.
Nisbiy haqiqat
– 
borliqni asosan to‘g‘ri aks ettirsa-da, obraz ob'ektga uncha mos 
emasligi bilan ajralib turadigan bilim
. Nisbiy haqiqat to‘g‘ri, biroq noto‘liq, taxminiy, vaqt va 
joyning muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir.
Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Nisbiy haqiqatlar bilish 
taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o‘z chegarasi bo‘lgan mutlaq haqiqatga yaqinlashadi. 
Biroq bilishning tarixiy rivojlanish jarayoni nafaqat nisbiy haqiqatlarning mutlaq 
haqiqatga aylanish jarayoni, balki ayrim mutlaq haqiqatlarning yuzaga kelish jarayoni hamdir. 
Bu fikrni fizikada atom va uning tuzilishi haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi misolida ko‘rish 
mumkin. Yuz yil muqaddam fiziklar va ximiklar atomlar amalda mavjud va ajralmas sharchalar 
ko‘rinishida, deb taxmin qilar edilar. Bu tasavvur zamirida mutlaq haqiqat unsurlari mavjud edi. 
Bundan: «Kimyoviy elementlarning atomlari amalda mavjud», degan xulosa kelib chiqadi. 
Fizika va kimyoning keyingi rivojlanishi mutlaq haqiqatning bu elementini bekor qilmadi. Biroq 
bu tasavvurlarda xatolar mavjudligi (taranglik, ajralmaslik va h.k.) aniqlandi.
XIX asr oxirida elektronlar kashf etilishi natijasida atom tuzilishining yangi manzarasi 
yaratildi. Tomson musbat zarralar va manfiy zaryadli elektronlardan tashkil topgan atom 
modelini yaratdi. Atomning bu nisbatan haqiqiy manzarasida mutlaq haqiqatning yangi unsurlari 
paydo bo‘ldi: Darhaqiqat atom musbat zaryadli zarralardan iborat.
Atom haqidagi tasavvur rivojlanishining uchinchi bosqichi Rezerford-Bor modeli bilan 
bog‘liq. Bu modelda atom yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan tashkil topadi. 
Umuman olganda, avvalgi modellardan aniqroq bo‘lgan bu modelda mutlaq haqiqat unsurlari 
mavjud. Hozirgi zamonda atom tuzilishi haqidagi tasavvurlar zamirida kvant mexanikasi va 
atom yadrosini o‘rganish natijalari yotadi. Hozirda elektronlarning atom yadrosi atrofidagi 
harakatini zichligi notekis bo‘lgan bulut harakatiga o‘xshatish mumkinligi, chunki elektronlar 
korpuskulyar va to‘lqin xossalariga ega ekanligi, yadro esa protonlar va neytronlardan iborat 
tizim hisoblanishi va hokazolar ma'lum. Hozirgi zamon fizikasida atom manzarasi N. Bor 
nazariyasidagiga qaraganda to‘liqroq va aniqroq, unda mutlaq haqiqat unsurlari ko‘proq. Biroq 
atomning hozirgi manzarasi kelajakda o‘zgarishi, unga aniqlik kiritilishi, unda yangi haqiqat va 
xatolar aniqlanishi shubhasiz. Haqiqatda nisbiy va mutlaq jihatlar uzviy, o‘zaro bog‘langan: bir 
tomondan, nisbiy haqiqatda doim mutlaq haqiqat unsurlari mavjud bo‘lsa, boshqa tomondan, 
inson bilimlarining rivojlanishi jarayonida nisbiy haqiqatlardan mutlaq haqiqat yuzaga keladi.
Nisbiy va mutlaq haqiqat dialektikasi bizning bilimimiz atrofimizdagi olamni har 
tomonlama va aniq qamrab olishga intilib, qarama-qarshiliklarni yechib, ob'ektiv borliqni yanada 
teranroq va mukammalroq aks ettirishini ko‘rsatadi. 
Haqiqat bilishning mezonidir. Inson amaliy faoliyati haqiqatni aniqlashga yo‘naltirilgan. 
Biroq haqiqat yolg‘on bilan yonma-yon turadi. Yolg‘on inson hayotining tarkibiy qismi sifatida 
amal qiladi.


Amaliyot va bilishning rivojlanishi u yoki bu yanglishishlar ertami, kechmi bartaraf 
etilishi: yo sahnadan tushishi (masalan, «abadiy dvigatel» haqidagi ta'limot kabi), yo haqiqiy 
bilimga aylanishi (alximiyaning kimyoga aylanishi)ni ko‘rsatadi. Yanglishishlarni yuzaga 
keltirgan ijtimoiy sharoitlarni o‘zgartirish va takomillashtirish, ijtimoiy-tarixiy amaliyotning 
yetukligi, bilimning rivojlanishi va teranlashuvi yanglishishlarni bartaraf etishning muhim 
omillaridir. Bu esa borliqqa nisbatan apologetik (himoyalovchi-oqlovchi) yondashuvni emas, 
balki konstruktiv-tanqidiy yondashuvni, «sinovlar va xatolar» metodini amalga oshirishni 
(Popper) taqozo etadi. 

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish