Evolventaviy profilning tishli g’ildiraklar profilidan farqi reyka profili burchagining 30° gacha ko’payishida (20° o’rniga) va tish balandligining kamayishidadir. Evolventaviy profilli valni tayyorlashda to’g’ri yonlilarga nisbatan kamroq frezalar to’plami ishlatiladi, shuning uchun ular aniqroq tayyorlanadi. Evolventaviy valini tayyorlashda tishli g’ildiraklar uchun qo’llaniladigan mukammalroq texnologik jarayonlardan foydalanish mumkin. Lekin evolventaviy tortilmalar qimmat va shlisalarni jilvirlashda to’g’ri yonlilarga nisbatan ko’p mehnat sarf bo’ladi. Evolventaviy birikmalarning o’lchamlari GOST 6033-80ga binoan modullari m=0,5...10 mm, tashqi diametrlari D=4...500 mm va tishlar soni z=6...82 oraliqda bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |