Interfaol metod – bu ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro teng muloqot va ta’sirdagi dars jarayonini amalga oshirish usuli. «Interfaol» so‘zi «interaktiv» so‘zining o‘zbek tilidagi bayoni. «Interaktiv» so‘zi inglizchadagi Interakt so‘zidan olingan bo‘lib, u Inter – «o‘zaro», akt – «harakat, ta’sir, faollik» ma’nolarini bildiradi.
Interfaol usul – bu ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi faol hamkorlikdagi ta’lim usuli bo‘lib, unda ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi bir-birini to‘liq tushunishga erishiladi.«Inter» so‘zi lotincha bo‘lib, o‘zbek tilidagi «oraliq», «o‘rtasi», «o‘zaro» kabi ma’nolarni bildiradi. Shu sababli interfaol usullar ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi faollikka asoslangan ta’lim uslubiyati deb atash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |