hollarida bir nechta tugunlarni ulash uchun markaziy nuqta sifatida kontsentratorni
o‘rnini bosadi. Murakkabrooq hollarda rezerv kanallarni hosil qilish, nazorat va
xizmat ko’rsatish, hamda VLAN larni birlashtirish uchun kommutator bir yoki bir
2
nechta kommutatorga ulanadi. Kommutator uning vazifasidan qatiy nazar barcha
tipdagi trafikni birday qayta ishlaydi.
Kommutator MAC-adresga mos holda trafikni uzatadi. Har bir kommutator
yuqori ishlab chiqaruvchi xotirada MAC-adreslar jadvalini yuritadi, u assotsiativ
xotira deb ataladi (CAM). Kommutator kiruvchi kadrlar va ular olingan port
raqamlarining manba MAC-adreslaridan foydalanib har aktivlashganda jadvalni
qayta tuzadi
Agar ma’lum bir vaqt oralig‘ida MAC-adreslar jadvalidagi yozuvlardan
foydalanilmasa kommutator ularni jadvaldan o‘chirib tashlaydi. Bu vaqt eskirish
taymeri deb ataladi, yozuvning o‘chirilishi eskirish deb ataladi.
Bir adresli kadr portga kelishi bilanoq kommutator kadrda manba MAC-
adresini topadi. So’ng u MAC-adreslar jadvalida qidiruvni amalga oshiradi va
adresga mos yozuvni topadi.
Agar jadvalda MAC-adres bo‘lmasa, kommutator MAC-adresni va port
raqamini qo‘shadi, hamda eskirish taymerini qo‘shadi. Agar manbaning MAC-
adresi bo‘lsa, kommutator eskirish taymerini tashlab ketadi.
Tugun kommutator portiga ulanganida ajratilgan ulanish hosil qilinadi.
Qachonki ikkita ulangan tugunlar bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashganda, kommutator
kommutatsiyalash jadvaliga murojat qiladi va virtual ulanish yoki portlar orasida
mikrosegment hosil qiladi.
Kommutator to seans tugaguncha virtual kanalni uzmay ushlab turadi. Bir
nechta virtual kanallar bir vaqtning o‘zida aktiv bo‘lishi mumkin. Kolliziyalar
miqdorini kamaytirilishi va bir nechta parallel ulanishlarni uzmay ushlab turilishi
hisobiga mikrosegmentatsiya o‘tkazish polosasidan foydalanish koeffitsiyentini
yaxshilaydi.
Kommutatorlar simmetrik va asimetrik kommutatsiyani ushlab turishi
mumkin. Barcha portlari bir xil tezlikda ishlovchi kommutatorlar simmetrik deb
ataladi. Biroq ko‘pgina kommutatorlar ikki yoki undan ortiq yuqori tezlikdagi
portlarga ega bo‘ladi. Bu yuqori tezlikdagi portlar yoki pog‘onalashga mo‘ljallangan
3
portlar o‘tkazish polosasiga talab yuqori bo‘lgan chegaralarga ulanish uchun
ishlatiladi. Bunday portlarni qo‘llanilish sohalari:
• boshqa kommutatorlarga ulanish;
• serverlar yoki server fermalari bilan aloqa kanallari;
• boshqa tarmoqlarga ulanish.
Turli tezlikda ishlovchi portlarni ulash uchun assimetrik kommutatsiydan
foydalaniladi. Turli tezlikdagi portlar orasida bufer hosil qilish uchun kommutator
zarur bo‘lganda xotirada axborotni saqlab qoladi. Assimetrik kommutatorlar
birlashgan tarmoqlarda keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: